Mustaqilliik​​ – buyuk ne’mat


Download 389.9 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi389.9 Kb.
#1371415
Bog'liq
MUSTAQILLIIK


MUSTAQILLIIK​​ – BUYUK NE’MAT

2) O’zbekistonda milliy- ma’naviy-tiklanishga e’tiborning zaruriyati.


3) Milliy- ma’naviy-tiklanish jarayonida amalga oshirilgan ishlar.


Bizga ulkan ne’mat, yaqin o’tmishda o’tgan bobolarimiz uchun armon bo’lgan ozodlik, mustaqilligimizni qaytarib bergani uchun Alloh subhanahu va taologa cheksiz hamdu sanolar bo’lsin. Darhaqiqat, bugun Vatanimizdagi rivojlanish, tub islohotlar, shahar-qishloqlarimizning zamonaviy chiroy kasb etishi, albatta, mustaqilligimizning sharofatidir. Barchamiz mustaqillik bayramini katta xursandchilik bilan kutib olamiz. Chunki, bu istiqlol Alloh taoloning bizga bergan buyuk ne’matidir. Shu ne’mat tufayli bizni ikki dunyo saodatiga yetaklovchi iymonimiz qaytdi. Besh mahal namoz va jum’a namozlarini xohlagan masjidda o’qiyapmiz. Ramazon ro’zasi, iftorliklar, tarovehlar bayramdek o’tmoqda. Haj va umra safariga nafaqat borish, balki, haj va umra kvotalarining oshirilishi, yurtimizda ko’plab masjid-madrasalar ochilishi, xususan, biz buxoroliklar va barcha yurtdoshlarimiz uchun quvonchli voqea – Buxoro shahrida shaxsan yurtboshimiz tashabbuslari bilan Mir Arab oliy madrasasining tashkil etilishi – bularning barchasiga mustaqillik tufayli erishdik. Mana, yaqinda yurtboshimiz tomonidan qurbon hayiti munosabati bilan 21-23-avgust kunlari dam olish kuni deb e’lon qilinganining o’zi ham mustaqillik davrida dinimizga qilingan e’tiborning bir ko’rinishidir. Qolaversa, o’tgan 2018-yil xalqimiz va yurtimiz musulmonlari uchun barakali va sermazmun yil bo’ldi. Buning boisi, birinchi bor O’zbekistonda qur’on musoboqasining o’tkazilishi yurtdoshlarimiz va xorijlik musulmonlar tomonidan yuqori baholandi. Ha, azizlar! Uyidan bir parcha “eskicha” yozuv topilib “quloq” qilingan bobolarning nabiralari bugun Qur’oni karimni tajvid bilan o’qib, bir-birlari bilan musobaqa qilyapti. Ozodlik, mustaqillikni orzu qilib, qonli ko’z yoshlarini to’kkan ajdodlarning avlodlari bugun ko’ksini qalqon qilib, Vatan xizmatiga shay turibdi. Bilim olishni orzu qilib, orzusi ushalmay umri paxta dalasida o’tgan momolarning navnihollari bugun shinam, keng, yorug’ va barcha qulayliklarga ega bo’lgan xonalarda ilm olyapti. Davlat boshliqlari tomonidan “Din – afyun, eskilik sarqiti” deb uqtirilgan xalqning bugungi kundagi sarboni “Qur’onni eshitish, eshita olish – yuksak ma’naviyat, ma’rifat. Qur’on hech qachon yomonlikka da’vat qilmaydi. Agar Qur’oni karimni eshita olsak, eshittira olsak bu muvaffaqiyat bo’ladi. Elimizga nur keladi”-demoqda!!! Subhanalloh, Alloh taolo bizga mustaqillikni berib, ortidan shuncha yaxshiliklarni ato qilgan ekan bu ne’matlarning qadriga yetib, shukr qilmog’imiz lozim. Zero, Alloh taolo O’zining bandalarini hidoyatga boshlovchi Kitobida marhamat qilib aytadiki: ”Agar shukr qilsangiz, ko’paytirib beraman”. Demak, biz bandalar mudom Alloh taoloning ne’matlariga shukr qilarkanmiz, Alloh bizga ziyoda qilib beraveradi. Alloh taoloning va’dasi haq va u va’dasiga xilof qilmaydi.
Payg’ambarimiz s.a.v ham hadisi muboraklarida “Kim dunyo tufayli xafa bo’lib tong ottirsa, robbisi undan g’azablangan holda tong ottiribdi. Kim musibatidan shikoyat qilib tong ottirsa, robbisidan shikoyat qilibdi’ - dedilar.
Shunday ekan, Alloh taoloning bizga bergan ne’matlariga shukr qilib, yaqin o’tmishda o’tgan ota-bobolarimizning duolari, iztirobu mashaqqatlari tufayli erishilgan mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, yurtimiz, xalqimiz, jonajon O’zbekistonimizning gullab-yashnashi va nurli istiqboli, yoshlarimizning ertangi kuni uchun beminnat xizmat qilish yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning burchidir.
Alloh taolo mustaqilligimizni abadiy qilsin!
Shu kunlarda yurtimizning har bir go‘shasida bayram shukuhi kezib yuribdi. Shodiyona kunlarda xalqimiz mustaqillik in’om etgan har bir ne’matni e’tirof etib, shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytmoqda.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yanada yuksalib bormoqda.
O
ʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom maʼnodagi buyuk, olamshumul voqea — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi eʼlon qilinganining oʻttiz yilligini munosib nishonlash maqsadida mamlakatimizda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Mustaqillik — huquq, imkoniyat va burch” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, Davlat xizmatlari markazi va FHDYO boʻlimi xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Jasur Qayumov mustaqillik buyuk neʼmat ekanligi, istiqlol yillarida koʻhna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklanganligi, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʻusi yuragimizning tub-tubidan oʻrin olganligini taʼkidladi. Shuningdek, Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning ijod va hayot yoʻli haqida yigʻilganlarga qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.
Shoir oʻz soʻzida Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida toʻxtalib, Davlat xizmatlari markazi va FHDYO boʻlim xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotdan mamnunligini izhor etdi. Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʻlida tarixiy ishlar amalga oshirilayotganligi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etilganligi, xalqimizning ogʻirini yengil qilish, uning muammolarini vaqtida va samarali yechish, odamlarimizning hayot darajasi va sifatini yaxshilash barcha islohotlarimizning bosh maqsadi etib belgilanginligi, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega xizmat binolarining qad koʻtarayotgani har bir ijodkor koʻnglini toʻlqinlantirishini aytib oʻtdi.
Bugun oʻzbek sheʼriyatiga xalq ohanglarini, mumtoz adabiyotimizning goʻzal anʼanalarini olib kirgan shoirni sheʼriyat muxlislari juda yaxshi bilishadi. Oʻzbek xalqining buyuk qalbini, kechmishini, betakror tabiatiyu unga hayratla boqayotgan begʻubor nigohlarini, erki va ozodligini, Vatan sogʻinchini tarannum qilayotgan shoirning har misrasi bizga tanish va qadrdon boʻlib ketgan.
— Mahmud Toir sheʼrlari xalqqa juda yaqin boʻlib, oddiy, ammo goʻzal ifodalar, tashbehlar bor, — deydi Angren shahar Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi Zuhriddin Malikov. — Vatan, ota-ona sogʻinchlariga toʻla bu otashin misralar har bir oʻquvchi qalbini sehrlaydi. Shu yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga, ota-ona, aka-uka, yaqinlar qadrini baland tutishga undaydi. Bugungi uchrashuvdan bir olam taassurot oldik. Inson har doim ezgu niyat qilib, yaxshilikni diliga tugib yashaydi. Shoir bilan uchrashuvda ana shunday tuygʻularni his qildim. Haqiqatan ham, biz Davlat xizmatlari markazi xodimlari xalq eʼtiboridagi, nazaridagi insonlarmiz. Shunday ekan, nafaqat muomalamiz, odobimiz, balki yurish-turishimiz, xulqimiz bilan ham boshqalarga namuna boʻlishimiz lozim.
Samimiy ruhda kechgan sheʼriyat oqshomida sheʼrlar oʻqildi. Uchrashuvda Mahmud Toir Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi kutubxonasi uchun kitoblar sovgʻa qildi. Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan xalq shoiriga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Xulosa qilib shuni aytish kеrakki, xalqimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, mamlakat o’tmishiga, boy tarixiy mеrosiga, ma'naviy qadriyatlarga bo’lgan munosabat tubdaan o’zgardi. Islom Karimov ta'kidlayganidеk: “insonni ruqan poklaniish, qalban ulqayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini o’yqotadishgan bеqiyos kuch, uning barcha harashlarining mеzoni” bo’lgan-ma'naviyatga eng ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida e'tibor haratildi.
Download 389.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling