Mustaqillik arafasida sobiq cccp hamda o'zbekiston cccp dagi siyosiy iqtisodiy vaziyat reja
Download 32.14 Kb.
|
MUSTAQILLIK ARAFASIDA SOBIQ CCCP HAMDA O'ZBEKISTON CCCP DAGI SIYOSIY IQTISODIY VAZIYAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raislari
- OʻzSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining raisi
- OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raislari
- OʻzSSR Oliy Soveti raisi
Boshqaruv tizimi
Oʻzbekiston SSR siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925-yil fevralda Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Oliy Soveti (1937 yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946 yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi – Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. OʻzKP(b) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan. Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi. Mehnat ahlining eng ommaviy tashkiloti – kasaba uyushmalari ham partiya qoʻmitalariga toʻla-toʻkis qaram boʻlib qolgan. Mustabid tuzum yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalashga muntazam eʼtibor qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (VLKSM) ning Oʻzbekistondagi organi – Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (OʻzLKSM) shugʻullangan. Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasida Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqi tarkibidagi teng huquqli suveren respublika sifatida oʻz hududida davlat hokimiyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi, chet davlatlar bilan aloqa bogʻlash, ular bilan shartnomalar tuzish hamda diplomatik va konsullik vakillari ayirboshlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa ham, amalda Oʻzbekistonning huquqi Rossiya SFSR tarkibidagi oblastlar yoki avtonom respublikalar huquqi bilan tenglashtirilib qoʻyilgan edi. Yuqori lavozimdagi kadrlarni tayinlash yoki olib tashlash markazdan turib hal qilinar edi. OʻzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raislariFayzulla Xoʻjayev (1925–37) Abdulla Karimov (1937) Sulton Segizboyev (1937–38) Abdujabbor Abdurahmonov (1938–46-yilgacha) OʻzSSR Ministrlar Sovetining raislariAbdujabbor Abdurahmonov (1946–50) Abdurazzoq Mavlonov (1950–51) Nuriddin Muhiddinov (1951–53; 1954–55) Usmon Yusupov (1953–54) Sobir Kamolov (1955–57) Mansur Mirzaahmedov (1957–59) Orif Alimov (1959–61) Rahmonqul Qurbonov (1961–71) Narmaxonmadi Xudoyberdiyev (1971–84) Gʻayrat Qodirov (1984–89) Mirahad Mirqosimov (1989–90) OʻzSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining raisiIslom Karimov (1990-yil 1-noyabrdan) OʻzSSR Kompartiyasi MKning birinchi kotiblariVladimir Ivanov (1925–27) Nikolay Gikalo (1929) Akmal Ikromov (1929–37) Usmon Yusupov (1937–50) Amin Niyozov (1950–55) Nuriddin Muhiddinov (1955–57) Sobir Kamolov (1957–59) Sharof Rashidov (1959–83) Inomjon Usmonxoʻjayev (1983–88) Rafiq Nishonov (1988–89) Islom Karimov (1989–91) OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raislariYoʻldosh Oxunboboyev (1925–37-yilgacha) OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi raislariYoʻldosh Oxunboboyev (1937–43) Abduvali Moʻminov (1943–47) Amin Niyozov (1947–50) Sharof Rashidov (1950–59) Yodgor Nasriddinova (1959–70) Nazar Matchonov (1970–78) Inomjon Usmonxoʻjayev (1978–83) Olimjon Salimov (1983–86) Rafiq Nishonov (1986–88) Poʻlat Habibullayev (1988–89) Mirzaolim Ibrohimov (1989–91) OʻzSSR Oliy Soveti raisiShukrulla Yoʻldoshev (1991-yil 12-iyundan) Download 32.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling