Mustaqillik arafasida Sovet ittifoqidagi inqirozli holat va uning Oʻzbekistonga taʼsiri


Download 48.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.11.2023
Hajmi48.89 Kb.
#1794586
  1   2   3   4
Bog'liq
MMT 02 23 Qurbonov Ozodbek O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan



Mustaqillik arafasida 
Sovet ittifoqidagi 
inqirozli holat va uning 
Oʻzbekistonga taʼsiri


Reja
1. SSSR tugatilganiga 30 yil bo‘ldi. Zulm 
imperiyasining parchalanish sabablari
2. 1989 yil Farg‘ona voqealari. 
O‘zbekistonda ijtimoiy
inqirozning
avj olishi.
3.Mustaqillikka erishganda Prezidentimizga
kelgan xatlar va unga berilgan javob.


Tarixdan ma’lum, zo‘ravonlikda haddidan oshgan davlatlarning hech biri uzoq 
yashamagan. SSSR ham bundan mustasno bo‘lmadi. Bu davlat 69 yil umr ko‘rib, 
parchalanib ketdi.
Bu parchalanishga 1985 yil 11 mart sanasida KPSS Markaziy Qo‘mitasining Bosh 
sekretari etib tayinlangan Mixail Gorbachyov ham tom ma’noda «yaxshi» hissa 
qo‘shdi.
Gorbachyov rahbar bo‘lgan paytda bir tarafdan afg‘on urushi, ikkinchi tarafdan 
G‘arbning o‘sha urush tufayli SSSRga joriy qilgan iqtisodiy sanksiyalari ortidan 
mamlakat og‘ir ahvolga tushgan edi.



vaziyatni o‘nglash uchun Gorbachyov bir qator islohotlarni o‘tkazishga urindi. 
Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish reja qilindi. Mamlakatdagi ko‘plab taqiqlar 
bekor qilindi. Hatto 1990 yilda KPSSning gegemonligiga chek qo‘yilib, unga muxolif 
bo‘lgan partiyalar tuzishga ham ruxsat berildi. Xalqaro maydonda AQSh bilan 
munosabatlar yaxshilanib, Brejnev davrida boshlangan «sovuq urush»ga barham 
berildi


Ana shunday holatda ittifoqdosh respublikalarda milliy uyg‘onish harakatlari 
boshlandi. Har bir respublikada milliy til davlat tili deb e’lon qilindi. Voqealar, 
ayniqsa 1990 yildan keyin juda tezlashib ketdi. O‘sha yili nafaqat ittifoqdosh 
respublikalar, balki ularning tarkibida bo‘lgan avtonom hududlarning 
aksariyati o‘z mustaqillik deklaratsiyasini e’lon qilgan bo‘lsa, yana bir qismi 
kengaytirilgan avtonomiya talabi bilan chiqdi. Shu tariqa SSSR so‘nggi 
kunlarini yashayotgani aniq bo‘la boshladi

Bu orada ma’lum va mashhur GKChP hodisasi ro‘y berdi va SSSRni saqlab qolmoqchi 
bo‘lganlar tomonidan uyushtirilgan davlat to‘ntarishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Shundan so‘ng ittifoqdosh respublikalar birin-ketin o‘z mustaqilliklarini e’lon qila 
boshladi.

SSSR tarkibidan eng birinchi Boltiqbo‘yi respublikalari 1990 yildayoq — 11 martda Litva
4 mayda Latviya, 8 mayda Estoniya chiqib ketgan. Qolgan ittifoqdosh respublikalar 
1991 yil avgustidagi GKChP voqeasidan keyin ittifoqni tark etishdi. Turkmaniston 27 
oktabr, Qozog‘iston 16 dekabrda o‘z mustaqilligini eng oxirida e’lon qilishgan.



KChP a’zolari televideniye orqali xalqqa GKChP haqida ma’lumot 
beryapti. 1991 yil 19 avgust

19–21 avgust kunlari ro‘y bergan GKChP hodisasi ortidan ittifoqdosh 
respublikalarning aksariyati o‘z mustaqilligini e’lon qilgani bilan SSSR hali 
hujjatlarda yashashda davom etaverdi.

1991 yil 8 dekabr kuni Belarus o‘rmonlarida joylashgan Belovej qarorgohida 
Rossiya prezidenti Boris Yelsin, Ukraina prezidenti Leonid Kravchuk, Belarus 
Oliy Kengashi raisi Stanislav Shushkevich tomonidan SSSRni tarqatib yuborish 
va uning o‘rniga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilmasini tuzish haqida 
hujjatlar imzolandi.


Belovej qarorgohida SSSRni tarqatish haqidagi bitim imzolanyapti
25–26 dekabr kunlari SSSR Oliy Soveti Respublika Kengashi ittifoq tugatilgani haqida deklaratsiya qabul 
qildi. Gorbachyov SSSR prezidenti lavozimidan ketganini e’lon qildi va shu tariqa 69 yil dunyoning 
ikkinchi qutbi sifatida yashab kelgan qudratli davlat parchalanib ketdi. Jahon xaritasida esa o‘n beshta 
yangi mustaqil davlat paydo bo‘ldi.
Ko‘plab tarixchilar va tahlilchilar SSSRdek katta va ko‘p millatli davlat qurolli mojarolarsiz, qon to‘kilmay 
tinchgina tarqab ketishini shu davlatda yashagan xalqlar uchun ham, tarix uchun ham muvaffaqiyatli 
hodisa deb baholaydi.



Download 48.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling