Mustaqillik darsi: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston! Mavzu


Download 488.5 Kb.
bet1/4
Sana14.08.2020
Hajmi488.5 Kb.
#126242
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5453952272226582672


Mustaqillik darsi: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!
Mavzu: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, ota-ona

Mavzuningqisqachata`rifi :vatanhaqidama’lumotberiladi, unisevishga, avaylab-asrashgao‘rganadilar.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: suhbat, tushuntirish, ko’rsatish metodi.

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: darslik, multimedialiilovali disk, ko‘rgazma va tarqatma materiallar.

Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Maqsadlar: O`quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish va milliy g`urur tuyg`ularini uyg`otish.

Tayanchkompetensiyaelementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radiyo,telefon orqali

berilgan xabarlarni gapirib bera olish.



O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:kattalarni hurmat qilish, ularning

nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Darsning maqsadi (2 daqiqa)

Ta`limiy: O’quvchilarga Vatan, mustaqillik so’zining mazmun mohiyati va mustaqil yurtimizning yuksalishi va o’zgarishlari, ta’lim sohasidagi o’zgarishlar haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy: Mustaqillik darsi orqali o’quvchilarni o’z yurtiga, tuprog’iga, ona vatanga mehr-muhabbatlarini, xalqini sevishga o’zbek so’zidan faxrlanishga, tarixni asrash, yosh mustaqil diyorimizni asrab avaylashga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: Kelajakda xalqim, yurtim deb yashashga uning taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shishiga undash.
Darsning borishi:
O’quvchilarning ko’ksida O’zbekiston Respublikasi bayrog’i rasmi qadalgan xolda, dars O’zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlanadi.(5 daqiqa)

(O’quvchilar guruhlarga bo’linib o’tiradi)



I. Oqituvchi

Vodiylarni yayov kezganda,

Bir ajib his bor edi menda.

Chappar urib gullagan bog’in,

O’par edim Vatan tuprog’in.



Odamlardan tinglab hikoya,

O’sar edi shoirda g’oya.

Daryolardan kuylab o’tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim ammo,

O’xshashini topmasdim aslo.

O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston,
Dostonlarda bitgan guliston.
O’zbekiston deya atalur,

Uni sevib el tilga olur.


Download 488.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling