Mustaqillik darsi


Download 493 Kb.
bet2/5
Sana26.01.2023
Hajmi493 Kb.
#1127784
1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqillik darsi

Darsning borishi:

O’quvchilarning ko’ksida O’zbekiston Respublikasi bayrog’i rasmi qadalgan holda, dars O’zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlanadi.(5 daqiqa)


(O’quvchilar guruhlarga bo’linib o’tiradi)
I. O’qituvchi
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda.
Chappar urib gullagan bog’in,
O’par edim Vatan tuprog’in.


Odamlardan tinglab hikoya,
O’sar edi shoirda g’oya.
Daryolardan kuylab o’tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.

Hammasini tinglardim ammo,


O’xshashini topmasdim aslo.
O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston,
Dostonlarda bitgan guliston.

O’zbekiston deya atalur,


Uni sevib el tilga olur.


II. Aqliy hujum: Bolalar, siz Vatan deganda nimani tushunasiz?



  • Vatan bu – kindik qonimiz to’kilgan tuproq;

  • Vatan bu – beshigimiz, ko’chayu-mahallamiz, uyimiz, turar joyimiz;

  • Vatan bu – muqaddas ona tilimiz;

  • Vatan bu – buyuk millatimiz;

  • Vatan bu – ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar, nozu- ne’matlar.



“1991 yil 1 sentabr O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kun. Endi u o’z bayrog’i, gerbi, milliy valyutasi, Konstitutsiyasi, milliy urf – odatlari, qadriyatlariga ega. O’zbekiston Respublikasini Mustaqil davlat sifatida 120 davlat tan oldi. Mana yigirma olti yildirki, shu mustaqillikni mustahkamlash uchun barcha sohalarda qizg’in ishlar olib borilmoqda. Istiqlol davrida Vatanimizda juda katta o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bizning erksevar, ko’p millatli , mehnatsevar xalqimiz haqiqiy vatanparvar bo’lib, ona yurt ravnaqi, obro’yi uchun hamisha tinmasdan mehnat qilishga harakat qilmoqda. Ilm-fan yo’lida, san’atda, sport madaniyatida, sanoat, qurilish, harbiy, xalqaro sohalarda ham o’zining olamshumul yutuqlarini qo’lga kiritmoqda.
Yoshlarimiz jahon arenalarida ko’pdan ko’p yutuqlarni qo’lga kiritmoqdalar. Ularga qarab turib shu aziz Vatanda har bir inson baxtli bo’lsin, baxtimizga hech qachon ko’z tegmasin degimiz keladi.



Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling