Mustaqillik darsi
Download 493 Kb.
|
mustaqillik darsi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod
- Maqsadlar
- Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
- Tarbiyaviy
Sana: 2-sentabr Sinf: 10-“D” sinf Mustaqillik darsi: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston! Mavzu: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston! Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, ota-ona Mavzuning qisqacha ta`rifi :vatan haqida ma’lumot beriladi, uni sevishga, avaylab-asrashga o‘rganadilar. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: suhbat, tushuntirish, ko’rsatish metodi. Shakl: jamoa, guruhda ishlash Jihoz: darslik, multimediali ilovali disk, ko‘rgazma va tarqatma materiallar. Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi. Baholash: O‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi. Maqsadlar: O`quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish va milliy g`urur tuyg`ularini uyg`otish. Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Darsning maqsadi (2 daqiqa) Ta`limiy: O’quvchilarga Vatan, mustaqillik so’zining mazmun mohiyati va mustaqil yurtimizning yuksalishi va o’zgarishlari, ta’lim sohasidagi o’zgarishlar haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy: Mustaqillik darsi orqali o’quvchilarni o’z yurtiga, tuprog’iga, ona vatanga mehr-muhabbatlarini, xalqini sevishga o’zbek so’zidan faxrlanishga, tarixni asrash, yosh mustaqil diyorimizni asrab avaylashga o’rgatish. Rivojlantiruvchi: Kelajakda xalqim, yurtim deb yashashga uning taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shishiga undash. Download 493 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling