Mustaqillik davri O'zbekiston xaykaltroshligi
Download 66.69 Kb.
|
BEK KURS ISHI
Mustaqillik davri O'zbekiston xaykaltroshligi Kirish: О‘zbekistondagi tо‘rtinchi uyg‘onish istiqlol davrida milliy madaniyatning ravnaq topishi” bilan talabalarni tanishtirish davomida mustaqillik sharofati tufayli xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bо‘lgani, erkin fikrga, milliy tafakkurga, milliy tiklanishga keng yо‘l ochilganligi xususida sо‘z yuritiladi. Bunda milliy tiklanish о‘z-о‘zidan sodir bо‘lmasliga, buning uchun xalq dunyoqarashini milliy istiqlol ruhida shakllantirish zarurligi xususida gapiriladi. Bu, avvalo, kо‘p jihatdan ma’naviyatga bog‘liq ekanligini xar bir talaba chuqur anglab olishiga erishish kerak. Shu boisdan mustaqqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma’naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketganligiga e’tibor qaratiladi. Zero, jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron bir mamlakat о‘z ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak madaniyat taraqiyoti darajasiga kо‘tarila olmaydi. Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob meyorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlar majmuidir. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yaratish va о‘rganish masalalari partiyaviy, sinfiy yondashuvlardan halos etildi, tarixiy voqealarni xolislik, haqqoniylik, tarixiylik tamoyillari asosida tadqiq etishga kirishildi. Mustaqillik sharofati bilan Abduholiq Rijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Imom al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Burhoniddin Marg‘inoniyning ruhi shod etildi. A.Qodiriy, CHо‘lpon, Fitrat, Usmon Nosirlarning nomi, xurmati joyiga qо‘yildi. YUNESKO qaroriga binoan, 1994 yilda ulug‘ olim Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida Amir Temurga haykal о‘rnatildi. Temuriylar tarixi Davlat muzeyi tashkil etildi. 1997 yilda Buhoro va Hiva, 2000 yili Termiz shaharlarining 2500 yillik, Shahrisabz shahrining 2700 yillik bayrami keng nishonlandi. 1998 yilda Imom al-Buhoriy, Ahmad al-Farg‘oniylarning 1200 yilligi, 1999 yilda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, Alpomish dostonining 1000 yilligi, 2001 yilda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi »Avesto»ning 2700 yilligi tantana qilindi. Diniy qadriyatlar qayta tiklandi. Ramazon va Qurbon hayitlari, Navrо‘z bayramlari dam olish, bayram kuni bо‘lib qoldi. О‘zbekiston fuqarolari Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bо‘ldilar. Qur’oni Karim va xadislar chop etildi. Mamlakatimizda о‘zbek tiliga davlat maqomi berildi. Kurs ishimizning metodologik asosi: Ma’naviyat va madaniyatimizni rivojlantirish yо‘lida qо‘yilgan muhim qadamlardan biri 1994 yilda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining tashkil etilishi bо‘ldi. 1999 yilda Toshkentda «Hotira va Qadrlash kuni» munosabati bilan Mustaqillik maydonida «Xotira obidasi», 2005 yil dekabrida «Mustaqillik va Ezgulik» monumenti, 2000 yilda Yunusobod tumani hududida «Shahidlar xotirasi» maydoni majmui yaratildi. Bu ishlarning barchasiga mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bosh-qosh bо‘lmoqda. О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan sо‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tabor berildi. Kurs ishining maqsadi: Mustaqillik davrida O’zbekistonda xaykaltaroshlikning rivojlanish bosqichlarini o’rganish va tadbiq qilish. Kurs ishining vazifalari: - Mustaqillik yillarida O’zbekistonda madaniy hayot. - Haykaltaroshlik san’ati. - Mustaqillik yillari amaliy san’at rivoji. - Me’morchilik san’ati. Me’morlikda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lishi. 1.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda madaniy hayot. О‘zbekistondagi tо‘rtinchi uyg‘onish istiqlol davrida milliy madaniyatning ravnaq topishi” bilan talabalarni tanishtirish davomida mustaqillik sharofati tufayli xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bо‘lgani, erkin fikrga, milliy tafakkurga, milliy tiklanishga keng yо‘l ochilganligi xususida sо‘z yuritiladi. Bunda milliy tiklanish о‘z-о‘zidan sodir bо‘lmasliga, buning uchun xalq dunyoqarashini milliy istiqlol ruhida shakllantirish zarurligi xususida gapiriladi. Bu, avvalo, kо‘p jihatdan ma’naviyatga bog‘liq ekanligini xar bir talaba chuqur anglab olishiga erishish kerak. Shu boisdan mustaqqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma’naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketganligiga e’tibor qaratiladi. Zero, jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron bir mamlakat о‘z ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak madaniyat taraqiyoti darajasiga kо‘tarila olmaydi. Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob meyorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlar majmuidir. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yaratish va о‘rganish masalalari partiyaviy, sinfiy yondashuvlardan halos etildi, tarixiy voqealarni xolislik, haqqoniylik, tarixiylik tamoyillari asosida tadqiq etishga kirishildi. Mustaqillik sharofati bilan Abduholiq Rijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Imom al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Burhoniddin Marg‘inoniyning ruhi shod etildi. A.Qodiriy, CHо‘lpon, Fitrat, Usmon Nosirlarning nomi, xurmati joyiga qо‘yildi. YUNESKO qaroriga binoan, 1994 yilda ulug‘ olim Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida Amir Temurga haykal о‘rnatildi. Temuriylar tarixi Davlat muzeyi tashkil etildi. 1997 yilda Buhoro va Hiva, 2000 yili Termiz shaharlarining 2500 yillik, Shahrisabz shahrining 2700 yillik bayrami keng nishonlandi. 1998 yilda Imom al-Buhoriy, Ahmad al-Farg‘oniylarning 1200 yilligi, 1999 yilda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, Alpomish dostonining 1000 yilligi, 2001 yilda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi »Avesto»ning 2700 yilligi tantana qilindi. Diniy qadriyatlar qayta tiklandi. Ramazon va Qurbon hayitlari, Navrо‘z bayramlari dam olish, bayram kuni bо‘lib qoldi. О‘zbekiston fuqarolari Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bо‘ldilar. Qur’oni Karim va xadislar chop etildi. Mamlakatimizda о‘zbek tiliga davlat maqomi berildi. Ma’naviyat va madaniyatimizni rivojlantirish yо‘lida qо‘yilgan muhim qadamlardan biri 1994 yilda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining tashkil etilishi bо‘ldi. 1999 yilda Toshkentda «Hotira va Qadrlash kuni» munosabati bilan Mustaqillik maydonida «Xotira obidasi», 2005 yil dekabrida «Mustaqillik va Ezgulik» monumenti, 2000 yilda Yunusobod tumani hududida «Shahidlar xotirasi» maydoni majmui yaratildi. Bu ishlarning barchasiga mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bosh-qosh bо‘lmoqda. О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan sо‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tabor berildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 iyuldagi Farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fanni rivojlantarishni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida»gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirshida katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Shu yili respublika Vazirlar Mahkamasi xuzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etilishi munosabati bilan Fanlar akademiyasining mavqei ortdi. Hozirgi kunda О‘zbekiston Fanlar akademiyasi bozor iqdisodiyoti sharoitida fan va texnika, madaniyat va ma’rifat sohasida chuqur va amaliy tadqiqotlarning samarali olib borilishiga asosiy e’tiborni qaratib, 11 ta ilmiy jurnal nashr etmoqda. Ta’lim sohasida ham katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1997 yilda «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayerlash milliy dasturi» hamda «2004 — 2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy-madaniy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat. Uni bajarish esa umumdavlat, umummillat ishiga aylandi. Isge’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda о‘qishni qо‘llab-quvvatlash maqsadida «Sog‘lom avlod uchun», «Respublika bolalar fondi», «Ulug‘bek», «Istedod» jamg‘armalari tashkil topdi. Madaniyat sohasidagi tub о‘zgarishlar, avvalo, teatr san’ata, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol kо‘zga tashlanadi. Mustaqillik yillarida “Turkiston” saroyi, «Milliy teatr», Davlat konservatoriyasining yangi binolarining ochilishi, «О‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi», «Xalq amaliy san’ati muzeyi»ning qayta jihozlanishi bu sohaga bо‘lgan e’tiborning oshganidan dalolatdir. Ayni paytda о‘zbek milliy teatr san’ati rivojlanish va takomillashish jarayonni boshdan kechirmoqda. Respublikada musiqa va raqs san’atini rivojlantirish maqsadida «О‘zbekiston — Vatanim manim», «Ofarin», «Nihol» qо‘rik tanlovlari, an’anaviy «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivallarining tashkil etilishi ayni muddao bо‘ldi. Bu sohada kо‘plab yosh ijodiy guruhlarning tuzilishi va ular faoliyatini istiqlol sharofatidan deb bilish darkor. Bugun milliy-an’anaviy qо‘shiqchiligimiz bilan milliy estrada san’ati ham tabora rivojlanmoqda. Mustaqillik о‘zbek adabiyoti rivojida, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Endi adabiyotga kommunistik partiyaviylik, sinfiylik singari prinsiplar nuqtai nazaridan qarashlarga barham berildi. Yangi ilmiy va badiiy meyorlarga о‘tish boshlandi. Mumtoz adabiyotga munosabatda diniy adabiyot, feodal-klerikal adabiyot, saroy adabiyoti deyilgan tushuncha va millat adabiyotinint reaksion va progressiv deb ikkiga bо‘linib о‘rganishdek metodologik xato nazariyalarga chek qо‘yildi. Mustaqqillik davri adabiyoti ayni jamiyat yangilanayottan, hayot yangicha mazmun kasb egayotgan bir paytda ozod sо‘z, fikr va ozod inson taqdiri bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab hodisani qamrab oldi. Milliy istiqlol adabiyoti shakllanishida badiiy publitsistika о‘z imkoniyaglarini kо‘rsata bildi. Shuningdek, ushbu adabiyotning shakllanishida B.Ahmedovning «Amir Temur», T.Malikning «Shaytanat» romanlari, E.Vohidov, O.Matjon, A.Oripov, O.Dojiyeva, U.Doshimov, SH.Holmirzayev, Tog‘ay Murod, X.Dustmuxammad, О‘.Xoshimov, M.Yusuf singari shoir va adiblarning badiiy, barkamol asarlari muhim hissa bо‘lib qо‘shildi. О‘qituvchi mustaqqillik sharofati bilan haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, tasviriy san’at, raqs va kino san’atida ham ijobiy о‘zgarishlar yuz berib, davr bilan hamnafas, an’anaviy va zamonaviy usullar uyg‘unlashgan yetuk asarlar yaratilayotgani haqida qisqacha tо‘xtalib о‘tishi lozim. Yosh iste’dodlarni tarbiyalash, milliy tasviriy, amaliy, miniatyura san’atimizning noyob an’analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsadida tashkil etilgan О‘zbekistan Badiiy akademiyasi bu borada jidsiy faoliyat kо‘rsatmoqda. Masalan, Badiiy akademiyaning a’zolari tomonidan katta mahorat bilan ishlangan sohibqiron Amir Temur, Ahmad al-Farg‘oniy, Jaloliddin Manguberdi, Alpomish kabi haykaltaroshlik san’atining gо‘zal namunalari xalqimiz milliy g‘ururi, iftixorini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Sо‘nggi yillarda yosh rassomlar G‘apb tasviriy san’atini puxta о‘rganib, avangardizm, modernizm yо‘nalishlarida samarali ijod qilmoqdalar. Albatta, bu milliylik nazardan soqit qilindi, degan gap emas. Tasviriy san’at milliylik о‘zanida zamonaga moslanmoqda. Arxitektura va qurilish sohasida Sharq va Fapb me’morchiligi uyg‘unlashgan О‘zbekiston Oliy Majlisi, Oq Saroy, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolarini, Toshkentning Chorsu bozori maydoni atrofidagi bino va inshootlarni misol tariqasida qо‘rsatib о‘tish muhim. Kino san’ati ustalari ham, mustabidlik va mustaqillik davrining mohiyatiga badiiyat vositasi bilan ochib berish yо‘lida tinmay izlanmoqdalar. Sо‘nggi yillarda ular tomonidan yaratilgan «Otamdan qolgan dalalar», «Kichkina tabib», «Vois», “Vatan”, “Shaytanat” kabi badiiy filmlar tomoshabinlarga manzur bо‘ldi. Milliy-madaniy merosimizni о‘rganish, an’analarimizni saqlash va rivojlantirish, allomalarimiz, fidoyi ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning asarlarini yosh avlodga tanishtirish yо‘lida «Oltin meros», «Amir Temur», «Ulug‘bek», «Shahidlar xotirasi», «О‘zbek muzey» kabi bir qator jamg‘armalar barakali faoliyat kо‘rsatib kelmoqdalar. Bu yо‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari ham muhim rol о‘ynaydi. Bugungi kunda matbuot, televideniye, radio faoliyatini yanada erkinlashtirish bilan tele-radio industriya bozorini rivojlantirish, tijorat va xududiy nodavlat tele-radiostudiyalarning faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xulosa qilganda, О‘zbekiston о‘zining qisqa vaqtidagi mustaqillik yillari davomida iqdisodiy-ijtimoiy sohadagi yutuqlari bilan bir qatorda, mafkuraviy-ma’naviy, madaniy ishlarga e’tiborini kuchaytirib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida о‘z nufuzi va obrо‘sini yuqori kо‘tarmoqda. O`zbеkiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanmb, katta yutuqilarga erishdi. O`zbеkiston sam'ati zafarli yo`lni bosib o`tdi. Rеspublikamiz rassomlari ko’pgina ko`rgazmalarda faol ishtirok etib, san'atimiz ta'sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko’pgina janrlarda ijod qilib kеlmokdalar, manzara, natyurmort, portrеt va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning tulib toshgan noz-nе'matlarini, manzara janrida esa, ulkamizning go`zalligini va bеpoyonligini, oddiy tabiat kurinishidagi go`zallikni tulakrnli ifodalashga harakat kilmoklar. Shu bilan birga kdtsimdan qolgan butun dunyoga tanikli ajibmе'morchilikning nodir yodgorliklarini o`z asarlarida ko’rsatdilar. Portrеt janrida esa Vatanimizning ilg’or kishilarini, mеxnatkash xalq,ni, shoir, rassom, musikdchilarni tasvirladilar. Bizning O`zbеkiston Vatanimiz ajoyib istе'dodli rassom va haykaltaroshlarni еtkazib berdi. Bo`lar ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Axmarov, Malik Nabiеv, Mannoy Saidov, Damir Ro`ziboеv, Ilxrm Jabborov, Javlon Umarbеkov, Baxodir Jalolov, Alishyer Mirzaеv, Akmal Ikromjonov, Nе'mat Xakimov, Osimxon Vosixonov, Tеmur Sa'dullaеv, Rofur Abduraxmonovlar aloxida mavkеga ega. O`zbеkiston xal q rassomi Alishyer Mirzaеv rangtasvir ustasi xalq,imiz an'analariga, boy va syermazmun o’tmish tasviriy san'at myerosiga xurmat bilan qaraydi. Rassom o`z xalqyaga xos psixologik kеchinmalarni chuqur taxlil kila oladi. Rassom ona-tabiat bagrida o`zbеkona an'analarni, to`ylarni, bеgubor o`zbеk bolalarini, lobar kizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo`ldi. Jumladan, "Toshkеnt - tinchlik va do`stlik shaxri" triptixi, "Bola xonada", "Intizorlik", "Yosh oila haqida qo`sh i q" kabi o`nlab asarlar moybo`yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo`layotgan o`zgarishlarni e'tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag`ishlaydiki, undagi go`zallik sirlari odamlarni ezgulikka еtaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalq,imiz xurmatini qozonish bilan birga, ko’pgina xorijiy davlatlarda hamma'lum va mashxurdir, Bahodir Jalolov ham O`zbеkiston xalq, rassomi bo`lib, zamonaviy rangtasvir san'ati rivojiga katta hissa qo`shib kеlayotgan istе'dodli rassomlardan biridir. B.Jalolov tasviriy san'at borasidagi tahsilni davom egtirib, kеyinchalyk Ch.Ahmarov, R.Choriеv, Е.P.Mеlnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san'at sirlarini o`rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portrеtlarda yuksak maxorat aniq ko`zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg`ular uyg`unligi tomoshabinni o`ziga maxliyo etib quyadi. U portrеt san'atida ; ko’p yutuqlarga erishdi. Uning tulaqonli asarlarida o`zbеk xzlkining sеvimli farzandlari siymosi o`z ifodasini topgan. U bir katta syeriya portrеtlarni yaratadi, bo`lar ichida akadеmyklar, rassom va boshqa taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o`zgacha talqin etiladi. Bunga, "Gul va Rayxon afsonasi", "Nido", "Baxt qushi", "Abadiy va navqiron Hindiston", "XXI asr Madonnasi" kabi ko’plab asarlarini misol qilib kеltirish mumkin. Mustaqil O`zbеkiston tarixiga bag`ishlangan O`zbеkiston xalqlari tarixiy muzеyi dеvoriga ishlangan monumеntal ko`ri- nishdagi surat jiddiy va mazmunli tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e'tiborini o`ziga jalb qila oladi. Polotnoni ko`zatgan tomoshabin boy tarix saxifalariga ega bo`lgan o`zbеk xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. B.Jalolov ijodi shu jixati bilan qadrlidir. Haykaltaroshlik san'atining ulkamiz xududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro`ziboеv faoliyatida yaqqol ko`rish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san'ati bilan shug`ullangan D. Ro`ziboеv haykataroshlik olamiga asoan 60 yillarda kirib kеldi. San'atkor ijodida shakl va hajmlarning o`ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvir- lanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va kеng qamrov- ligidan ham yaqqol sеzish mumkin. Uning bir qancha haykal- larida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kеlamiz. Shu bilan birga u portrеt janrida ham ijod qiladi. San'atshunos olim R.Toqdash obrazi, rassom V.Savitskiy va Saiyda portrеtlarida zamondoshlarimiz obrazlari tulaqonli o`z ifodasini topgan. D.Ro`ziboеv haykaltaroshlik san'atida katta bir maktabni o`tab kеlayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy. Buni biz san'atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san'atining yo`zaga kеlganligi orqali guvoҳi bo`lishimiz mumkin. Ro`ziboеv haykallaridagi shakl va hajmlarga bo`yoq berish bilan ularning sеhirli olamini yanada mo'jizali qila oladi. San'atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqеani rangin sirlarini matolarda yanada to`ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro`ziboеvning izlanishlari kеlajak muammolarini talqin qil- ishga qaratilgan. San'atkor ko’tarinki ruh bilan musiqa,rang- tasvir asarlarini o`rganib, o`z haykallarida mujassamlashga intiladi. Hykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u inson ma'naviyatini tobora tularoq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O`zbеkiston tasviriy san'ati tarixi - jahon tasviriy san'ati tarixining ajralmas qismidir. O`zbеkiston san'ati boy myerosga ega. Xozirgi za- monda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo`lib qolgan.Dekorativ-amaliy san'atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kеlgan. Ustalarimiz ijodi nafakatgina mustaqil O`zbеkistonda, balki boshqa mam- lakatlarda ham o`z obru-e'tiboriga ega. O’zbekistonda yangi ma’naviy-g’oyaviy yo’nalishlarining shakllanishi o’z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g’oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy san’at sohalarida yaqqol namoyon bo’lmoqda. 90-yillarda mahobatli va landshaftli haykaltaroshlik, devoriy rangtasvir va vitraj, mozaika va me’morlik bilan uzviy bog’liq mahobatli bezak san’atining boshqa turlari turar-joy muhiti estetikasi shakllanishiga salmoqli hissasini qo’shdi. SHu davrda barpo etilgan yirik inshootlar mahobatli rangtasvirchilarning faol ishtirokida bunyod bo’ldi. Misol tariqasida Toshkentdagi «Turkiston» saroyi (devoriy suratlar, vitraj, bezakli haykaltaroshlik, sopolli pannolar), Biznes-tsentr va Interkontinental mehmonhonasi (devoriy suratlar, bezakli plastika), «Meridian» va «SHeraton» mehmonxonalari (devoriy suratlar, koshinlar, bezakli plastika), Temuriylar tarixi Davlat muzeyi (devoriy suratlar, badiiy shisha, sopol plitkalar), Toshkent shahri hokimiyati binosi va Oliy majlis binosi (devoriy suratlar, koshinlar, badiiy shisha), Olimpiya sporti muzeyi, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi «Afrosiyob», «Buxoro» mehmonxonalari hamda poytaxt va respublikaning boshqa shaharlaridagi zamonaviy me’moriy inshootlarni keltirish mumkin. Mazkur davrda san’atkor B.Jalolov bir qator ahamiyatli asarlarni yaratdi. SHuningdek, yosh iste’dodli musavvir A.Aliqulov boshchiligidagi ijodiy guruh yaratgan tarixiy xarakterdagi muhabbatli pannolar ham yuksak badiiyati va ijro mahorati bilan ajralib turadi. Samarqandlik musavvirlar tomonidan ham turli inshootlar uchun qiziqarli devoriy rasmlar turkumi yaratildi Mustaqillikning ilk yodgorliklaridan biri Toshkent markazidagi xiyobonda o’rnatilgan Amir Temurning otliq haykali (I.Jabborov, K.Jabborov, 1993) bo’lib, Samarqand va SHahrisabzda ham (haykaltarosh I.Jabborov, K.Jabborov, 1996) sohibqironga haykallar barpo etilgan. Xuddi shu davrda o’tmishda yashab o’tgan buyuk allomalar, davlat va din arboblari, shoirlar va musavvirlar timsolini muhrlagan qator yodgorliklar qad ko’tardi. Ular orasida o’rta asrlarda yashab o’tgan buyuk alloma al-Farg’oniyga Farg’ona (1998) va Quva (1998) shaharlarida, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda (1999), ulug’ xadisnavis imom al-Buxoriyga Samarqandda (1998), Toshkentning mustaqillik maydonida «Motamsaro Ona» majmuasi, «SHahidlar xotirasi» me’moriy yodgorliklari (2000) qad ko’tardi. Alpomishga Termizda xaykaltaroshlik majmua-kompozitsiyasi yaratildi (A.Rahma-tullaev, Q.Norxo’rozov, U.Mardiev, T.Podosinnikov, 1998). O’zbekiston haykaltaroshlari yaratgan Belgiyaning Kortreyk shahrida Abu Ali ibn Sino haykali tantanali ravishda ochildi. Dastgohli haykaltaroshlilik ancha jonlanganligini ko’ramiz. D.Ro’ziboev, T.Tojixo’jaev, I.Jabborov, R.Avakyan, M.Borodi-na, R.Mirtojievlar ijodida shakl, rang bilan bir o’rinda xaykaltaroshlikka xos bo’lmagan materiallarni samarali ravishda qo’llash ustida ijodiy tajribalar davom etmoqda. Grafikada an’anaviy texnologiya bilan bir qatorda ifoda etishning avangard vositalarini faol izlash jadallashdi. (E.Ishoqov, V.Apuxtin, M.Kagarov, M.Sodiqov, L.Zufariy, L.Tio-ra). XX asrda O’zbekistonda kuchli rangtasvir maktabi shakllandi. Ayni paytda ularning avvalgi davrlar ko’rsatish mumkin bo’lmagan o’z falsafiy qarashlarini ifoda etish imkoniyati, davrlarning aloqadorligini ko’rsatish, tarixiy xotirani parchalab bo’lmasligini isbotlashga intilishlari ko’zga tashlana boshladi. Rangtasvirning zamonaviy falsafiy plastik tizimi 80-yillarda Tamal toshi qo’yilgan qochirimli-razmli uslub rivoji jadallashdi. 90-yillar rasngtasvir san’ati o’tish davriga xos bo’lgan turli tuman uslublar ko’lamining kengligi bilan farqlanadi. Bu ko’lamda akademik realzm, dekorativizm va milliy-romantizm (ko’p hollarda miniatyura talqini ohanglarida) qiyofasiz rangtasvir, instalyatsiya yechimi tarzidagi avangardizm yonma-yon mavjuddir. Bu ko’p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishi va teranlashuvi, mualliflarning belgilangan qoliplar chegarasidan chiqishga intilishi bilan izohlanadi. 1997 yilda O’zbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil etilishi Respublika madaniy hayotida muhim voqea bo’ldi. Uning faoliyati badiiy ta’lim, ko’rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy merosni hamda zamonaviy san’atni targ’ib qilish istiqbolini ta’minlashga yo’naltirilgan. Akademiklar orasida ustoz rassomlar- fahriy akademiklar R.Ahmedov, A.Abdullaev, N.Qo’ziboev, M.Saidov, R.CHoriev, M.Nabiev hamda haqiqiy a’zolari – V.Burmakin, A.Ikromjonov, T.Qo’ziev, T.Mirjalilov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Mirzaev, J.Izintaev, L.Ibragimov, B.Boboev, Y.Tursunnazarov, S.Abdullaev, A.Nur va boshqalar bor. Turli avlod rassomlaridan iborat akademiklar tarkibi ramziy ma’noda mamlakat tasviriy san’atining XX asrda bosib o’tgan turli xil uslubiy yo’nalishlarini, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini ifoda etdi. XX asrga kelib ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar o’zaro borishi bilan bog’liq hodisa xalq ustalarining kamayishiga, hunarmandchilik buyumlarining iste’moldan chiqishiga olib kelsada, amaliy bezak san’ati an’analari sanoqli ustalar ijodida o’zining mualliflik va kasbiy mahorati darajasini saqlab qoldi. O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan so’ng an’anaviy hunarmandchilik taqdiri tubdan o’zgardi va xalq san’ati rivoji tubdan o’zgardi. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy bezak san’ati rivojida O’zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzolangan «Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikning kelgusidagi rivojini davlat tomonidan qo’llay-quvvatlash tadbirlari to’g’risida»gi farmoni joriy etildi. Bu farmonga muvofiq, uy sharoitida yuksak saviyadagi badiiy buyumlar ishlab chiqarayotgan xalq ustalariga joylardagi hokimlarning amaliy yordamlari muhim vazifalardan biri sifatida ko’rsatiladi. Xalq ustalarining ijtimoiy huquqiy maqomi ham sezilarli darajada o’zgardi. Bir qator xalq ustalari Badiiy Akademiya akademigi degan sharafli unvonga sazovor bo’ldi. Ganch o’ymakorligi ustalari Mahmud Usmonov va Abduraxim Umarov, kulollar SHarif Azimov, Hudayberdi Haqberdiev (Samarqand), SHarofiddin Yusupov (Rishton), Botir Boltaboev (Xiva), Akbar Hakimov (Toshkent), SHahnoza Mo’’minova (Toshkent), miniatyurachi rassomlar Niyozali Xolmatov va SHomahmud Muhammadjonov, Naqqosh Saidmahmud Mahmudovlar shular jumlasidandir. «O’zbekiston Respublikasi xalq ustasi» ta’sis etilib, unga birinchi bo’lib. Zargar Fashiddin Dadamuxamedov sazovor bo’ldi. Haykaltaroshlikda yaratilgan asarlarda yangi g’oyaviy-mafkuraviy muhit ta’siri, milliy hamda tarixiy mavzular ustivorligi o’z aksini topdi va yirik badiiy yodgorlik haykallar barpo etildi. Milliy bog’ning eng so’lim go’shasidan o’rin olgan Alisher Navoiy yodgorligida (E.Aliev, N.Bandeladze, V.Degtyarov. 1991) esa, sharqona yaratilganligi bilan ajralib turadi. Bronzadan yasalgan haykalda fozillik alomatlari o’z ifodasini topgan. Ramziy ma’noda barpo etilgan me’mor detal esa, shoirning mahobatli qiyofasini yanada jonlantiradi. Haykal ishlanish uslubiga ko’ra umumlashma tarzda amalga oshirilgan. Ya’ni, mayda detallar faqat ko’krakdan tepa qismida, liboslar harakterida va yuz qiyofasida qo’llanilgan. SHoirning o’ng qo’lida xassa bilan tasvirlanishi dinamik xarakatni yuzaga keltiradi. Birgina ushbu detal orqali haykaltaroshlar turli ma’nolarni ochib berishga harakat qilganlar. Toshkentning gavjum hiyoboniga o’rnatilgan Sohibqiron Amir Temurning mahobatli otliq haykali badiiyligi bilan ajralib turadi (I.Jabborov, K.Jabborov, 1993 yil). Realistik uslubda ishlangan mazkur monumentda kuchli plastik harakterlar ko’zga tashlanadi. Amir Temurning jo’shqin ichki hissiyoti otning biroz badiiylashtirilgan ko’rinishi bilan birlashib, uning kompozitsion tuzilishini mukammallashtiradi. Haykal shaklan betakror va mayda bezakli unsurlar bilan boyitilgan. Temurning bu otliq xaykali 2 metrli takkursiga o’rnatilgan bo’lib, uning «kuch adolatdadir» hikmati bitilgan. I.Jabborov mazkur asarini «Yurtga qaytish», «Pandnasihat» g’oyalari asosida yaratilganligini ta’kidlaydi. Monumentda go’yoki dushmanlarni yengib jang maydonidan poytaxtga kirib kelgan Sohibqiron fuqarolarga bundan buyon davlat xavf-xatardan xoli bo’lgani, tinchlik va farovon hayot bo’lajagini e’lon qilayotgandek tasvirlagan. Sohibqironning ruhiy holati yuzida, undagi imoda yaxshi ifodalangan. Farg’ona shahrida o’rnatilgan yodgorlik haykal ochiq osmon ostida zinalar bilan ko’tarilgan sun’iy balandlik ustida qad rostlagan. Haykal orqasi yarimdoira ko’rinishda olti ustun va uning ustidagi uch qavat zinasimon sharafa-karniz bilan bajarilgan. Bu milliy uslubdagi me’moriy detallar yodgorlikning salobatini oshiradi. Quvadagi yodgorlik biroz vazmin, o’ychan bo’lib, romondo uslubida bajarilgan. Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykali “tog’ning ustida turgan burgutday turadi”. CHingizxondek yovuz bosqinchiga qarshi kurashda mislsiz matonat, jasorat namunalarini ko’rsatgan Xorazmshohlar sulolasidan Jaloliddin Manguberdining ona shunday mard qiyofasini I.Jabborov tomonidan yaratildi (1998). R.Mirtojiev tomonidan esa, “Zahiriddin Muhammad Bobur” (1993y, Andijon shahriga o’rnatilgan), “Abdulla Qodiriy” (1994 y., Toshkent shahriga o’rnatilgan), “CHo’lpon” (1997 y., Andijon shahriga o’rnatilgan), “Ona” (1999 y., Jizzax shahriga o’rnatilgan) kabi qator badiiy nuqtai nazardan yirik yodgorliklarni yaratgan. Termiz shahrida epik qahramon Alpomishning ramziy haykali bunyod etildi. Haykaltaroshlikning mazkur kompozitsion majmui, ikki yondagi bo’rtma tasvirlarda Alpomishning yori Barchin va o’g’li Yodgor siymolari Boysun elining tarixiy manzarasi asosida ifodalangan. Alpomishning mahobatli qiyofasini ochib berish uchun turli unsurlardan unumli foydalanilgan. CHap qo’lidagi kamoni ozodlik va erklikning timsoli bo’lsa, o’ng qo’liga qo’nim topgan qush maktub eltuvchi vosita sifatida ifodalangan. Bu majmua A.Rahmatullaev, Q.Norxo’rozov, U.Mardiev, P.Podosin-nikov kabi haykaltaroshlar tomonidan bunyod etildi. Dastgohni haykaltaroshlikda T.Tojixo’jaeav Navoiy, Ulug’bek, Furqat, Mashrab kabi ruhiy va ma’naviy jihatdan o’ta murakkab shaxslar qiyofasini, ularning ichki hislarini, yuz mimikalari va qarashlari orqali ko’rsatishga harakat qiladi. Uning tomonidan «Kurash», «Raqs», «CHavandoz» kabi kichik xajmdagi plas-tik ishlari portretlar san’ati realistik bo’lmay, balki, romantik, impression va ekspression oqimga mansubdir. «Baxt qo’shi» asari esa «ilon izi» toshidan ishlangan bo’lib, qushning qifasida g’ayrioddiy, shu bilan, erksevar xalqning asrlar davomida ichki tuyg’ularida saqlanib kelayotgan hissiyotlari o’z ifodasini topgan. D.Ro’ziboevning kompozitsiyalarini kuzatar ekanmiz haykaltaroshlik bilan rangtasvirninng o’zaro uyg’unligiga guvoh bo’lamiz. Uning keyingi yillarda yaratilgan «Jaz ijrosiga hamohang badihalar» (1998) turkumiga yangi badiiy jarayoni o’zida to’laqonli ifodalaydi. Bundan tashqari «Navro’z malikasi» bahoriy his tuyg’ular bilan bayramona kayfiyatda ifodalangan. Haykaltarosh bu asari orqali tarixga murojaat etib, ajdodlarimizning tipik liboslaridan unumli foydalanish orqali obrazni zamon ruhiga moslashtiradi. Haykaltaroshlik san’ati. Mirtojievning dastgohli haykaltaroshlik sohasidagi tajriba va ko’nikmalari yetarli darajada ekanligini u yaratgan «Bobur-Vatan sog’inchi», «SHayh Bobur va Temur Malik» (1990 y), «Yomg’ir» (1995 y.), «Behzod» (2000) kabi asarlarida ko’rish mumkin. Umuman olganda, 1990 – yillar haykaltaroshligida, asosan, tarixiy siymolar gavdalandi va ularning soni ko’payishi bora-bora uslub jihatlarining yangilanishi bilan bir qator asarlarda ko’zga tashlanadi. SHuning bilan birgalikda, zamonaviy mavzular, qahramonlar obrazlariga nisbatan kam ahamiyat berildi. Rangtasvirda badiiy jarayon shiddatli va serharakat kechdi. 1991-2001 yillarda bo’lib o’tgan ko’p sonli ko’rgazmalar mazkur davr rangtasviri uslub va kompozitsion yechimning turli tumanligini tasdiqlaydi. Respublika umummilliy ko’rgazmalarda Toshkentlik rangtasvirchilar asosiy guruhni tashkil etib kelmoqda, so’nggi yillarda esa rangtasvirning geografik hududi Samarqand, Andijon, Buxoro, Namangan, Nukuslar ko’zga kuringan markazga aylandilar. Samarqandda eng yorqin va iste’dodli rassom A.Isaev hisoblanadi. Namanganda esa I.Valixo’jaev, P. Jalilov, M.Ashurmatovlarni ko’rsatish mumkin. Buxoroda M.Abdullaev, B.Salomov, Z.Saidjonovlari alohida ko’rsatish mumkin. Zamonaviy hayotda asosiy mavzu bo’lib kelayotgan Amir Temur obrazi, mazkur davr faoliyatlari bu galeriyalarda asosiy o’rin egallaydi. Bu obrazga M.Nabiev va N.Qo’ziboevlar murojaat qildilar. Ular o’ziga ishongan, jahongir hukmdor obrazini yaratdilar. M.Nabiev tomonidan yaratilgan Amir Temur (1999) obrazi o’zining sehrli jozibasi va kuchli ta’siri bilan zamonaviy tarixiy rangtasvirning o’ziga xos mumtoz asariga aylanib, etalon sifatida qabul qilindi Ushbu rassom tomonidan yaratilgan Zahiriddin Mahammad Bobur portreti romantik tarzda yechilgan. A.Mamatova polotnosida ham Bobur obrazi – ajoyib shoir sifatida o’ziga xos talqin etiladi. Taniqli portretchi rassom S.Rahmetov Temuriylar davri tarixiy shaxslar obrazlarini mahorat bilan yaratadi (71-rasm). Temuriylar davri buyuk miniatyurachi rassom K.Behzxodning hayotligida ishlangan va hozirgacha saqlanib qolgan portreti A.Ikromjonov «Kamoliddin Behzod»ga (1997 y.) bag’ishlangan kompozitsiyasi, shuningdek A.Abdullaevning A.Navoiyga (1997) bag’ishlangan polotnosining asosi bo’ldi. Temuriy malikalarga atalgan turkum portretlar O.Mo’minovning qalamiga mansubdir. Bu kompozitsiyalarida rassom «SHarq ayollari» (Bibixonim, 1997)ga xos romantik va ehtirosli jihatlarini talqin etadi. CH.Ahmarov shoira Nodira (1992)ning jozibali qiyofasini yaratadi. Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda rassom oldida mushkul vazifa turadi. CHunki kamdan-kam holatlardan mustasno tarzdagina tarixda ularning tashqi qiyofalari haqida hech qanday dalillar saqlanib qolmagan. Buning natijasida o’zida zamonasi ruhini timsollashtiruvchi umumlashma tarzdagi ramziy portretlar vujudga kelmoqda. «Jaloliddin Manguberdi»ga (1997) bag’ishlangan T.Kuryazov va E.Masharipovlarning ishlari, M.Yo’ldoshevning «Alpomish» (1998-2000) dostoni qahramoniga bag’ishlangan turkum asarlari, E.Masharipovning «Alpomish» (1998), Q.Basharovning «Spitamen» polotnolari shular jumlasidandir. A.Ikromjonov, T.Qo’ziev, M.Nuriddinov, S.Raxmetovlar jadidlar portrelari turkumlarini yaratdilar. E.Masharipov va A.Aliqulovlarning «Amir Temurning To’xtatamishxon ustidan g’alabasi» (996), Z.Fahriddinovning «Zafar» (1997), M.Nuriddinovning «Said Baraka Amir Temurni hokimiyat ramzi -nog’ora va g’alaba bayrog’i bilan taqdirlamoqda» singari syujetli asarlarda Amir Temur yengilmas sarkarda, o’z xalqining shavkatli o’g’loni sifatida gavdalantirilgan. Bu ko’p figurali kompozitsiyalar o’zida ochiq harakat maydonini namoyon etadiki, Amir Temur doimiy tarzda markaziy, bosh qiyofa tarzida talqin etiladi. Buyuk sarkardaning yaratuvchanlik faoliyati S.Abdullaev polotnolarida aks etgan bo’lib, mazkur asarlarda u buyuk me’moriy obidalar fonida tasvirlanadi. («Amir Temur Bibixonim masjidi qurilishida», «Osmoning beg’ubor bo’lsin Turkiston»). Ushbu kompozitsiyalarni shakllantirishda tarixiy vositalar va liboslar ham ahamiyat kasb etadi. Bunda mazkur davrga tegishli bo’lgan yozma manbalar, me’moriy va san’at obidalari talqin etilishi muhim o’rin egallaydi. Fikrimizning dalili sifatida A.Aliqulovning etnografiyaga urg’u berilgani - ya’ni maishiy hayot buyumlari, davr binolari interьeri, kashtachiligi, gilam, qurol-aslahalari qunt bilan ishlangan «Asov ot», «Dor», «Mashshoqlar» (1997) kabi kompozitsiyalarini keltirishimiz mumkin. O’zbekistonda kuchli realistik maktab tarkib topishi ajoyib portretnavis-rassomlar sulolasini vujudga keltirdi. Ular orasida A.Abdullaev, R.Ahmedov, R.CHoriev, T.Oganesov, V.Burmakin kabi portret ustalari jahonda keng tan olinganligi e’tirof etildi. O’zbek rangtasvirida portret janrining asoschisi, yetakchi portretnavis, akademik A.Abdullaevning qalamiga mansub har bir portret kishilarning chuqur ma’naviy dunyosini akslantiruvchi, rassom bilan portret qahramoni va portret bilan tomoshabin o’rtasida haqiqiy va ochiq munosabatni taqozo etadi. 1999 yilda A.Abdullaevning 1984 yilda ishlangan mashhur avtoportretini turli davr va xalqlarga mansub buyuk rassomlar avtoportretlari saqlanayotgan dunyoning yirik to’plami, Uffitsidagi (Italiya) kartina galereyasiga berishi O’zbekiston san’ati uchun olamshumul voqea bo’ldi. Akademiklar R.Ahmedovning «Jizzahlik ayol» (1992) «Nigina» (1993) portretlarida oddiy insonlar, qishloq kishilari bo’lib, aynan ularda musavvir donishmandlikni ma’naviy poklikni, yuksak ahloqiy qoidalarni gavdalantirsa, R.CHorievning esa «Boysunlik qariya» (1996), «Sayroblik go’zal» (1997) kabi o’zbek xalqining eng yaxshi ma’naviy-axloqiy fazilatlarini tarannum etuvchi murakkab kompozitsion yechimdagi portretlari yaratildi. Ajoyib rangtasvirchi A.Ikromjonovning ilk ishlarida realistik asos kuchli ta’sir ko’rsatadi. Uning portretlari yuksak mahorat va diqqat bilan ishlanganligi, bo’yoqlarning fakturali qo’yilishi, naturani, hatto, fotosuratgacha tahlil etib chizilganligi, shuningdek, obrazning ruhiy to’laqonligi («Malika portreti» (1993), «Madina» (1993)) bilan ajralib turadi. Rassom R.Hudoyberdievni portretlari ham kishini befarq qoldirmaydi. («Xajar xola) (1999). Avvalgi ustalar uslubini qo’llagan holda musavvir hech qanday yordamchi vositalarsiz, to’q fonda portretlar yaratadiki, ular qahramon qiyofasini yanada mukammalroq chiqishida yetakchilik qiladi. Uning ajoyib asarlaridan biri «Bastakor R.Abdullaev portreti»dir. Portret janrida B.Jalolov realistik chizmalar yaratishda mislsiz darajaga erishadiki, bu borada «Saudiya Arabistoni qiroli Araviy faxd ibn Abdul Aziz» (1992), «Akademik S.Azimov portreti» (1998) va boshqa polotnolarni musavvirning o’zbek rangtasvirchilari orasida dunyo talablari darajasida yaratgan asarlari sirasiga qo’yish mumkin. S.Raxmetovning keyingi yillarda yaratgan eng yaxshi portretlari qatorida «Yunus Rajabiy portreti» (1993), «GFRning O’zbekistondagi elchisi G.Kun portreti» (1999) alohida ahamiyat kasb etadi. Ayol rassomlar A.Mamatovaning «Yulduz Usmonova portreti», SH.Abdullaevaning «O’zbek madonnasi», M.SHuvaevaning «Lola» portreti, Z.SHaripovaning «Avtoportret»lari ham shu davrlarda yaratilgan. Portretchi rassomlar qatorida o’z matolarida zamondoshlarimiz obrazlarini muhrlagan Y.Tursunnazarov, B.Salomov, I.Bahromov, CH.Bekmirov, M.Nuriddinov, O.Bakirov, B.Nazarov va boshqalarni ham sanab o’tish mumkin. Vodiy va tog’larning lirik manzaralari (R.Ahmedov, N.Qo’ziev, M.Saidov, Yu.Strelьnikov) va qishloq, shaharlardagi yangi hayotning alomat va xususiyatlarini namoyon etuvchi (V.Ziyoev, V.Enin, Yu.Taldikin, A.Jiboedov, M.Toshmurodov) janrli manzaralar yaratildi. Rassomlarning yangi avlodiga mansub realistik yo’nalishida R.SHodiev o’z ijodiy g’oyalarini birmuncha ehtiroslarga burkagan tarzda namoyon etadi. Musavvirning «Manzara» (1999), «Bayram» (1999) singari qarama-qarshi ijodiga xos bo’lgan yorqin ranglarda bajarilgan asarlarga qaraganda, 1999 yilda ishlangan «Dashtda tong» kartinasi ko’k-kulrang qora sovuq gammada yaratilganligiga qaramay, kutilmaganda o’zida mukammal kompozitsiyani gavdalantiradi. A.Mirzaeving «O’tmishdan ertaklar», «So’qmoqda» (1995), «Qizil tog’ etagidagi uchrashuv» (1996) asarlarida oddiy mavzular asosida rangin ifodaviy vositalarni kuchaytirishga intilish seziladi. O.Qozoqov milliy romantiklik biroz yorqinroq ranglar va murakkablashtirilgan kompozitsion yechimda shakllantirgan asarlar yaratdi. Uning aksariyat asarlari xalq folьklori va dostonlari asosida vujudga kelgandir. Bu borada «Kanizaklar» triptixi (1996) alohida e’tiborlidir. Rangtasvirli bezaklik, keskin plastik yechimlik, shuningdek chiziqlilik CHingiz Axmarov va uning shogirdlari S.Rahmonov va SH.Abdullaeva ijodida miniatyura an’analari singdirilgan. SHuningdek, shunday xususiyatlar samarqandlik T.SHoymardanovning («Hayotnoma» triptixi, 1991 y) va Toshkentlik rassom E.Zayniddinovning («Xalqimga» 1991 y) kartinalarida kuzatish mumkin. Miniatyurachi rassomlar N.Xolmatov, B.Yo’ldashevlar o’zlarini dastgohli rangtasvirda ham sinovdan o’tkazdilar. Yirik rangtasvirchi rassom Nikolay SHining teran g’oyali asarlari bir vaqtning o’zida fojeaviy ohang beradi. «Xotira yo’li» nomli turkum asarlaridagi kayfiyatga salbiy ta’sir etuvchi ohanglar «So’qoq» turkumlarida quvnoq bezakdor ohanglar bilan almashinadi. So’qoq manzaralari turkumida uslubning shartligi va bezakdorligi manbai - bu Koreyada ham, O’zbekistonda ham xalq amaliy san’atining an’analariga o’xshashlikdir. Bular folьklor mavzulari va naqshlar, turli xil xalqlarga mansub to’qilgan matolar va kashtalarning chekmalari, milliy o’yinchoqlarinng uslubiy o’xshashligi, inson va tabiat uyg’unlashuvining belgisidir. Ulardan N.SHin o’z nigohidan o’tkazgan holda aslan mavjud bo’lmagan, ammo chinakamiga g’aroyib real olamga aylanadigan san’at asarlarida foydalanadi. Umuman olganda izlanish ishlari olib borilayotgan mazkur davrda O’zbekiston rangtasvirning milliy-romantik yo’nalishi rivojlanishning yangi qobig’iga kirdi va zamonaviy rangtasvirning yorqin badiiy jihatlaridan biri bo’lib qoldi. V.Oxunov, S.Alibekov, B.Jalol, G’.Boymatov, J.Umarbekov, L.Ibroximov, A.Isaev, Z.Saidjonov, V.Kim,, J.Usmonov, G’.Qodirov, N.Imomov, A.Turdiev, F.Ahmadaliev, R.Akromov, A.Nur, SH.Hakimov, M.Qoraboev, T.Ahmedov, B.Muhamedov, B.Ismoilov, N.SHoabduraximov, T.Karimov va bir qator boshqa rassomlar ijodida falsafiy-tahliliy va assotsiativ-majoziy yo’nalishlar o’zining to’la aksini topdi. SHu bilan birga tahlil mobaynida ushbu rassomlarning ijodiga alohida baho berishda o’ziga xos yondoshilib, mavjud umumiy yo’nalishga xos alohida xususiyatlar bilan birga, ularning har birining shaxsiy uslubi hamda rangtasvirni ko’ra bilish qobiliyatga ega ekani namoyon bo’ladi. To’la ma’noda ularni avangardchilar deyish mumkin bo’lmasada, aynan shu guruh rassomlari O’zbekistonning 90-yillardagi rangtasvirininng yangi uslubiyatini vajudga kelishida asosiy o’rin egalladilar. Oxirgi o’n yillikda V.Oxunov ijodida 90-yillar boshida yaratgan («SHarqona qiyofalar», «Inkrustatsiya» «Buddaning tonggi sayri» 1991) mavsumiy-bezakdor mavzudagi turkum asarlari, uning keyingi g’oyaviy murakkab asarlariga asos bo’ldi («Meditatsiya» turkumi 2000). Bu asarlardagi chuqur falsafiy g’oya o’zining mazmunini nodir ijod shaklida namoyon qiladi. V.Oxunovning yangi plastik yechimlar izlanishi natijasida vujudga kelgan noyob loyihali installyatsiyalari, 2000 yilda Olmaotadagi xalqaro tanlovda Gran-priga sazovor bo’ldi. Respublikaning yetakchi rangstavirchisi B.Jalolovning shu davrda yaratilgan asarlari 80-yillarda yuzaga kelgan asarlarining tadrijiy davomi tarzida shakllanib, mutloq yangi shakliy va yorqin g’oyaviy plastik yechimlarini o’zida namoyon etdi. Binobarin, musavvirning ijodiga yuksak mahorat, rangtasvir plastik yechimlarning betakror nafosati, koinot va tabiat, inson va borliq uyg’unlashuvi, mavjudlik va ruhiyat musaffoligi kabi mavzular o’z muhimligini saqlab qoldi. Uning chizmakashlik iste’dodi yana takror shakliy rangtasvirga murojaat etishga undaydi. Rassomning ijodiy zakovati evrishlarga hamohangdir. B.Jalolovning yangi tarixiy voqeaning g’oyaviy qadriyatlarini aks ettiruvchi «Oltin asr» (1999) asari siyosiy voqelikka munosabat tarzida vujudga kelgan bo’lgan, unda Xumo qushining qanoti ostida otliq Amir Temur hamilador ayol hamrohligida tasvirlangan kompozitsiya, rasm va ranglar majmuasi nazokati Salьvador Dalining hayoliy asarlarini yodga soladi. Milliy timsollarning G’arb estetikasi bilan uyg’unlashuvida musavvirga xos SHarq bilan G’arbni uzviylikda mushohada etish xususiyati ayon bo’ladi. Musavvirning hayotiy shakllar olami chegaralarini buzib, beintihom fantaziyalarini gavdalantirish istagi ma’joziy silsilaviy talqindagi ko’plab asarlarning yaratilishiga olib keladi. U mahobatli rangtasvir sohasida avvalgidek shakliy ifodaga mo-yilligini saqlab qolsada, dastgohli rangtasvirda o’z hayolotiga cheksiz erk berdi. Biroq, u rang, shakl, chiziqlarni jilolantirar ekan, har safar rangtasvirning yangi imkoniyatlarini ishga solib, o’zini hech takrorlamaydi. Xullas, uning «Borliq sirlari» (1991), «Muhabbat bog’i» (1992), «Koinot ustunlari» «Buxoro» (1991), «Temur minorasi» (1996) asarlarida dekorativlik boshchilik qilar edi. Ushbu asarlarda chuqur falsafiy yechim yorqin dekorativ va aplikatsion kompozitsiya tamoyillari bilan uyg’unlashgan. B.Jalolov ayrim kompozitsiyalarida yumshoq chizgilarni afzal ko’rib, («Me’roj» (1996), «SHoir va ilhom parisi» (1996)) ularda islom san’ati estetikasini targ’ib etsa, boshqalarida esa o’tkir va aniq shakl, hamda chizgilarni tasvirlash bilan mudroq tuyg’ularni uyg’otishga harakat qiladi. («Oy nuri» (1995), «Kushonlar xotirasiga» (1998)). 1999 yilda Badiiy Akademiyaning Markaziy ko’rgazmalar zalida bo’lib o’tgan B.Jalolovning shaxsiy ko’rgazmasi, uning yorqin va to’kin iqtidori namoyishi bo’ldi. 1980 yillar o’rtalariga kelib «Inson tafakkuri» va «Men insonman» singari oddiy, shuningdek, tasvirni oliyjanob, yuksak kayfiyat va xitob bilan ifoda etuvchi rassom J.Umarbekov, yana o’n yillar o’tgach tomoshabinga quvnoq va hatto nimasi bilandir g’ayritabiiy asar («Taomil», «Ko’cha charxchisi» «Lo’li»)larni namoyish etishi uning ijodiga bo’lgan qiziqishni yanada jonlantirdi. 1980 yillar o’rtalari 1980 yillar boshlari san’ati kishilar ongida hayoliy, maishiy-ijtimoiy g’oya tarqatuvchi pozitivizm estetikasining inqiroziga uchraganligi o’z aksini topa boshladi. Lekin, J.Umarbekov rangtasvirni baholashga oshiqmadi, balki o’z mulohaza va hissiyotlari bilan unga sodiq qolib, o’zining ichki kechinmalarini hech qanday hovliqishsiz izxor eta oldi. Bu esa o’zining fojiaviy ohangi bilan P.Pikassoning mashhur «Gernika»siga juda yaqin bo’lgan «Zilzila» nomli kompozitsiyasida yorqin namoyon etilgan. O’zining koloriti bilan ohangrabo qo’shiq singari jaranglab turuvchi «Havorang musiqachilar» kartinasi, go’yo uzoq vaqt kutilgan tongdan darak berayotgandek tasavvur uyg’otadi. Bu asar ma’lum darajada uning 1990 yillar boshlarida vujudga kelgan turkum kartinalarining mantiqan zid tomonlarini tushuntirishga hizmat qiladi. Milliy hususiyatga ega bo’lgan palitraning barcha qudratli tomonini ko’rsatishga bo’lgan intilish J.Umarbekovni tor doiradagi milliy uslubiy «chegara»dan chiqib ketishga undaydi (ushbu chegarada-yorqin bezaklar ranglar, maishiy atributlar, shuningdek hayotga ijobiy munosabat bir-biriga aralashib, fikran bog’lanadi). Ruhiy kayfiyatning rangin jilosi va o’zbekona milliy hususiyatlar shubhasiz keng va boydir. J.Umarbekov buni his qiladi, uning ishlarida kayfiyatning keng gammasi, ohang, jo’shqin qiyofali nozik ranglar, xalqning o’ziga xos milliy fazilatlari ishtirok etadi. 90-yillar boshlarida yaratilgan yangi masrur ohangdagi asarlar yuqoridagi fikrlarin to’la tasdiqlaydi, ya’ni o’z-o’zini anglash va uni ijodda erkin ko’rsatish mantiqan O’zbekiston davlati mustaqilligi jarayoni bilan bog’lanadi. S.Alibekov asarlarida go’yo voqealikdek tez o’zgaradigan, o’tmishdek mustahkam narsa yo’q demoqchi bo’ladi. Ammo, uchlik - tarixdan, madaniyat uning va’zxonlik yo’li bilan o’zgartirishga qaratilgan intilish mavjudkim, bunda nasixatgo’ylik alomatlari mavjud. S.Alibekov ishlari nafis ranglarga boyligi va jozibadorligi, obrazlarning ko’tarinki ruhdaligi, ajoyib koloriti bilan farqlanib turadi. Uning kompozitsiyalaridagi tarixiy unsurlar, afsonaviy va ma’joziy personajlar hamda ohanglar alohida bir hayolot olamini tashkil etadiki, uni o’ziga xos sehrli doston deyish mumkin. Voqealar ta’sirida tom ma’noda fikrlar munosabatida rassomlik, o’ylab topilgan sahnalar zamirida ichki ma’no, izchil teranlik mavjud bo’lib, hikoya bayoni lo’nda, ma’joziy va hikmatli fikrlarga uyg’unlashib ketadi. Rassomning so’nggi yillarda yaratgan turkum asarlarida inson his-tuyg’ulari va qalb iztiroblari ajoyib hayoliy afsonaviy talqinda ifoda etilgan. Har bir kompozitsion asar - katta spektaklning bir parchasi - yaxlit badiiy voqealikning negizi mazmunini ifoda etuvchi jozibaga ega. S.Alibekovning g’ayri-oddiy, shoirona, chuqur mushohadalarga undovchi ishlari ham borki, ularda rassomning nafis hayoliy olami va badiiy iste’dodi yo’g’rilgan bo’lib, bu uning o’zini (ya’ni rassom shaxsini to’la namoyon etadi. «Piyongul gullagan lahza» (1995), «G’aroyib sharbat hidi» (1996), «Suzayotgan flamingo uchun xarorat» (1996) «Muvozanat bog’i» (1997) va boshqalar shular jumlasidandir. S.Alibekov ijodida bosh yo’nalish-shoirona fikrlash, ijodiy fikrinng yorqin parvozidir. Ularda ko’proq iliq-sovuq ranglar o’yiniga urg’u berilib, makon va rivojlanishdagi yechimlar: harakatni, sur’atni yoki aksincha to’xtab qolgan vaqtning (yiqilayotgan tayoqcha, askar holati, kapalaklar parvozi, qadimgi triton yuqori qismi odam, yarmi baliq dumi shaklidagi dengiz xudosi, toshga aylangan niqob va boshqalar) his qilish xususiyatlari ustunlik qiladi. Grafikachi rassom Lekim Ibragimovning o’zi uchun yangi ijodiy yo’nalishda o’z uslubiga sodiq qoladi: ishlanmagan matoda, shiddatkor chizgilarda ko’xna Turfon devoriy suratlaridan ilxomlanib, yengil va nafis shakllarni yaratadi. L.Ibragimov rangtasvirida ayollar obrazi yetakchi o’rin egallagan bo’lib, Buyuk uyg’ur malikasi («Malika», 1997), tabiat qo’ynidagi orom olayotgan yoki sahnada raqs tushayotgan qizlar («Sohilda» 1989, «Sahrodagi raqs» 1998). Qadimgi Xo’ton ayollari («Xo’ton ayoli» (1995), rangdor xonatlas kiygan raqqosalar («Atlas qushlar», 2000) bunga misol bo’ladi. Uning «Amudaryo» (2000) asarining kompozitsiyasida jannatmakon Osiyo zaminini tarannum etgan daryo obrazi ayol qiyofasida ifodalangan. Barcha mavjudot va maxluqot uning tevaragida mujassamdir. Sokin ranglar majmui, doimiy ranglar nafosati, chizmalarga xos shartlilik, ayon voqealikdan nusxa ko’chirmasa-da, musavvirning individual dunyoqarashini o’ziga xos betakror kompozitsiyalarda tarannum etish va nafaqat musavvirlik, balki shoirona iste’dod sohibi bo’lgan L.Ibragimov asarlarining belgilovchi xususiyatidir. Musavvir Akmal Nur ijodida muhabbat mavzui va uning umuminsoniy ahamiyati yetakchilik qiladi. «Sevgi olmasi», «Muhabbat bog’i», «Muhabbat daryosi» (1995), «Muhabbat oroli» (1998) asarlari jozibli nomlangan. Mazkur asarlarda musavvir turli ramziy ma’joziy timsollar, ya’ni oy, ho’kiz shohi, baliq, qayiq kabilarni qo’llaydi. Biroq, ushbu kartinalarda asosiy ma’no va umumiy plastik yo’sinni olma mavzusi egallaydi. Ba’zan esa olma bo’lingan xolda, uning fonida esa sevishganlar, ba’zan esa olma havoda muallaq holatda tasvirlangan. Mavzuning botiniy mazmuni asta-sekin ikkinchi planda berilib, olma tasviri muvaffaqiyatli joylashtirilib, uslubni mahorat bilan almashtirib turadi. Bu davrda yaratilgan asarlarning bosqichlari sezilarli darajada bo’lib, musavvirning 1998-yilda yaratilgan «Muhabbat oroli» polotnosi, 1995 yildagi asarlaridan tomoshabinga yengil kayfiyat baxsh etishi va kompozitsion yechimning nafisligi bilan ajralib turadi. Rassomning bu turkumdagi kartinalari bezakdorlik uslubining nozikligi bilan 1998 yilda bajarilgan «Ilhom parisi», «Rishton natyurmorti», «Dahldorlik», «Doira chalayotgan qiz» asarlariga juda yaqin turadi. SHunday qilib, mazkur asarlar rangtasvir vazifalarini rasmiylashtirishga urinish, yanada muayyan va mavhumroq plastik formulalarning izlanish bilan A.Nur ijodidagi yangi yo’nalishini aniqlaydi. Asliddin Isaevning «Bibixonim» (1992) polotnosining badiiy zamirida qandaydir sirli va hayotiy ohang bor. Mazkur asar va shu siraga kiradigan «Dohil bo’lish», «Yo’lda», «SHam» kabi asarlar sir-asrorga chulg’angan bo’lib, o’zida ko’p ma’nolik, rejadorlik sirini mujassamlashtirgandir. Iste’dodli rassom J.Usmonovning («Qushlar» «Yolg’izlik vodiysi», 1992, «Sevishganlar», 1992; «Anglash», 1993; «Mushohada», 1994) deb nomlangan turkum asarlari o’zgacha she’riy ohang taratadi. Musulmon madaniyatida qush - «qalb» timsoli, so’fiy ruhini qalbning doimiy mangulikka ketishi oldidagi o’z asli bilan qayta birlashishga intilishi. So’fiy tilining tilining qo’sh tili «zaboni murg’on» deb an’anaviy nomlanishi tasodifiy emas. O’rta asrlar miniatyura manzaralarini ifoda etish an’analarini davom ettirib, J.Usmonov tabiat va uning bir butunligini, cheksizlik va o’zgaruvchanlikni yaxlit mukammal o’yg’unlik singari talqin etadi («Kuzgi zikr», 1994. Uchlik, «Bahorgi shiddat», 1996; «Uyg’onish», 1997). J.Usmonov asarlarini yashirin va moddiy dunyo orasilagi uyg’unlikka ega ekanligi bilan SHarqning o’ziga xos mumtoz san’atining yorqin namunasi sifatida qabul qilindi. Temur Ahmedov rangtasvirida shakliy ijod nafisligi, ranglarning nozik bezakdorligi, istehzo va tuyg’u samimiyligi, yengil kulgu mavjud. T.Karimov ijodida realistik uslubdagi ishlar bilan birga ekspressionistik asarlar yonma-yon bo’lib, kishida aql va tuyg’ularning zo’riqqan qarama-qarshiligini, chizgilar va rangli dog’lar bo’rtishini, kompozitsiyaning ko’lamli modellashuvi va yakka bezak talqinini, shoirona tashbehlarni hosil qiladi. Qalam chizgining bejirimligi va lo’nda, zid ranglarning barala jaranglashi uning bir necha asarlariga xos. Balki bu turkumdagi asarlar markazida latiflik ramzi sifatida otlarning tasvir etilishi tasodif emasdir («Zarg’aldoq tusda» 1999). Mavhumlashtirilgan rang va muhit yetakchi mayin chiziqlar uyg’unligida shoirona kayfiyat hosil qiladi. Go’yo bir qarashda hech qanday fikr singdirilmaganday tuyulgan syujetlar, otni quchoqlab turgan bola, qo’lida olma ushlagan qizcha - hayotning haqiqiy qadriyatlari haqida mulohaza yuritishga undaydi. N.SHoabduraximov kartinalarida ayol, muhabbat, oila asosiy mavzu hisoblanadi. U ham boshqa yosh rassomlar qatori rangtasvirda yo’l qidira boshladi va u shaxsiy ijodiy uslubining asosi sifatida xalq amaliy san’atida ommaviy bo’lgan «quroq» texnikasini tanladi, bu uslub shabhasiz hech yo’qotishlarga yo’l bermaydi. Xalq san’atining mumtoz merosi bo’lgan bu ijod turli rangtasvirda shakl izlanishlariga mos tarzda atalib zamonaviy rassomlarni ilhomlantirgan, undan turli xil darajada muvaffaqiyat bilan foydalaniladi. Bir qaraganda oson tuyuladigan bu uslub alohida rang uyg’unligini va kompozitsiya tuzish mahoratini talab etadi. N.SHoabdurahimov rangtasvir muhitini, unda joylashtirilgan figuralarni rangli mozaikaga o’xshatadi, bunda ranglar o’zaro zid holda yoxud yagona tusga bo’ysundiriladi («Odam Ato olgan olma», 1992; 1998). Har bir kompozitsiya xuddi dekorativ panno sifatida qabul qilinadi, undagi syujet ko’proq ikkinchi darajaga tushib qoladi. B.Ismoilovning «Anor suvi» (1998) nomli asarida qo’ng’iroq ustasi o’ziga o’xshagan niqob yasovchi o’z qahramonlari orasida singib ketmoqda. Uning «Odam-qushlar» degan kartinasi esa hayotning mangu bayrami haqida so’ylab, tushlarimizda oralab yuradigan daydi masxaravozlar va sozandalar, odamlar, hayvonlar, mevalar, olti qanotli qushlar afsonaviy bir dunyoni aks ettiradi. Tushlarning rango-rang xazinasi bizga yangidan-yangi g’aroyib-ajoyib naqshlarni taqdim etaveradi. U dunyoni davrlar, taqdirlar va his-tuyg’ular almashib, intihosiz harakat paydo qiluvchi ulkan sahna timsolida ko’rinadi. Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, 1990 yillarga kelib, ko’pgina rassomlarning dunyoqarashlari o’zgardi, rangtasvirda yangi badiiy shakl va g’oyalar paydo bo’ldi. Ko’k otlarni (T.Karimov), sariq tovuslarni (G’.Qodirov) yoki o’rkachlarida o’sgan butalarda qizil olmalarni ko’targan tuyalarni (F.Ahmadaliev) qora, yarim oq oy ostida tinch turishini kutilmagan, zid ranglarda qachon ko’rish mumkin edi. Bu guruhning boshqa rassomlarida esa realikka baho, tavsiya berish deyarli istisno deyish mumkin. Biz ularning asarlarida xolis, beor, loqayd dunyonigina ko’ramiz. Go’zal manzara yetarli bo’lsa-da, qushlar hech nima haqida kuylashmaydi (J.Usmonov). Sevishganlar baxslashmaydi, rashk qilishmaydi, faqat o’zlarining shirin o’y-hayollariga g’arq holatda (SH.Hakimov, L.Ibragimov) gavdalanishadi. Syujetlarning rang-barangligi asarlardagi dekorativ yo’nalishlarga zid kelmaydi, ularni murakkablashtirmaydi (J.Umarbekov). Va hattoki, faol timsollar (qizil va oq atirgullar fojeaviy qora yoki ko’k liboslar fonida, zid ranglar munosabatida). Bu guruh rassomlari asarlaridagi ichki xotirjamlik va rohat farog’atni buzmaydi (G’.Qodirov). Ana shunday guruh vakillaridan biri - A.Nurning 1997-1998 yillarda ishlangan «Evrilish», «Humsan munchoqlari», Xumsanning kumush tongi», «Kuz bo’ylab chopayotgan» asarlarida ahloqiy-falsafiy xulosalarga intilmaydi. Uning turkum kartinalarida oydinlik, sharqona nafislik, ko’rkamlik ufurib turadi. («Oq she’r», «Malika», «Ohang»), shaxsiy falsafa, pand-nasixat ko’rinmaydi. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan so’ng shaxsiy uslubning, boshqacha plastik ifoda tili, alohida tashbehli usullar va timsollar doirasida izlanishlar dunyoga keldi. Buning ustiga avvalgi san’at falsafasidan farqli o’laroq, turli yoshdagi rassomlar ijodida bir-biriga o’xshamagan uslublar yaratishga intilish ishtiyoqi seziladi. Yangi rangtasvirdagi falsafiy-ijodiy munosabatda didaktik ohanglar istisno qilinmaydi, ammo, ular an’anaviy pand-nasihatdan ko’ra ko’proq faol mushohada qilishni yodga soladi. Rangtasvirdagi realistik yo’nalish zamonaviy badiiy jarayonda o’z mohiyatini saqlab turibdi. Mustaqillik sharofati bilan rangli tasvirdagi badiiy uslubiy manzara yangi xususiyatlarga ega bo’ldi va boyidi. Umuman olganda, O’zbekistonning milliy san’ati, jahon, Yevropa va sobiq sovet hududidagi respublikalar san’ati orasida mahalliy ham, o’ta novatorki, avangard ham bo’lmagan holda namoyon bo’ladi. 90-yillar rangtasvirchilari badiiy yo’nalishda to’ntarish yasaydigan harakatlarga kirishmadilar, ularning kiritgan yangiliklari «sokin inqilob» tusini kasb etdi. O’zbekistonda 90-yillarda uslubiy jihatdan o’ziga xos rassomlar guruhi shakllandi, ularning ijodiga qiziqish ham susaygani yo’q. Rassomlar ijodida evrilishlar sodir bo’lmoqda. Yangi plastik yo’nalishlarda jo qilgan hayoliy ertagu-dostonlar, xalq og’zaki ijodi va matallardagi timsollar, syujetlar, turli xil rasm-rusm va marosimlar bilan bog’liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirininng yangi bosqichini belgilab berdi. 1990 yillarga kelib maxobatli rangtasvir san’ati rivojini asosiy mezonlarda ijodiy erkinlikni, mavzu, holat va uslubiy usullarning erkin tanlanishi, eng muximi esa badiiy merosimizning boy an’analariga murojaat qilinishini namoyish etuvchi yangi saxifa ochildi, badiiy jarayon birmuncha qiziqarli va serharakatlik bilan kechdi. Bu davrda mahobatli rangtasvir sohasida alohida ahamiyat kasb etuvchi bir qator turkum devoriy suratlar B.Jalolov tomonidan yaratildi. Rassom Toshkentdagi «Turkiston» kontsert saroyining ichki interьerida SHarq lirikasi mavzusida ishlangan «Umar Hayyom tushi» asarida u kompozitsiyaning ajoyib plastik va ranglar yechimiga erishgan. O’zbekiston Milliy banki binosi ichki qismdagi «Nimaga tug’ilganimni hech kim aytmadi» (1993). Interkontinental mehmonhonasi interьeridagi «Navro’z», «Afrosiyob», «Tun ma’budasi» (1996) kabi pannolarida dabdaba va ko’pfiguralilik takrorlanmaydi. Tarkidunyochilikni ifoda etuvchi atributlar, qandaydir «so’fiyona» muhit vujudga keladi, rassom o’rta asr diniy mistik ta’limotining boqiy dunyoviy ruhini o’z mushohadasida aks ettirishga intila boshlaydi. Mahobatli rangtasvir kompozitsiyalarida avvalari ko’p murojaat etgan qiyofalar, ya’ni tarixiy arboblar, masxarabozlar va serviqor raqqoslar o’rnini endilikda navo qilayotgan faylasuf-shoirlar va darvishlar egallay boshlaydi. 1995 yil O’zbekiston xalqlari tarixi Davlat muzeyi ichki devorida u ilk marotaba yirik hajmda O’zbekiston tarixi va o’tmish madaniyati haqida retrospektiv tarzda hikoya qiluvchi «Abadiyat gumbazi ostida» nomli kompozitsion asarini yaratdi (74-rasm). Bu panno yangi O’zbekistonning ramziy g’oyasini ifodalashda, tarixiy va madaniy merosini e’lon qilishda o’ziga xos ahamiyatga egadir. Tomoshabinlar ko’zi o’ngida buyuk vatandoshlarimiz siymolari, O’zbekistonning badiiy merosidagi shoh asarlar, boy milliy tariximizni o’ziga xos bosqichlarini aniqlab keluvchi davrlar gavdalanadi. O’zbekistonning qadimgi shaharlarida juda keng tarqalgan mavzular B.Jalolov ishlarida kutilmagan nozik matnda aks etadi. O’z fikrlarini dunyoni xis etishi milliy anglash orqali berishga intilishi uning bosh vazifasiga aylanib qoldi. Bu borada muallif shunday yozadi: «Buxoro, Samarqand madaniyat merosidir, ularni men minoralar orqali emas, qiyofa va milliy hususiyatlar orqali mohiyatan anglashga harakat qilaman». B.Jalolovning asarlarida akademik maktabning mustahkam an’analari, shuningdek, boy hayoliy tafakkurga ega rassomning G’arb va SHarq san’ati estetikasini ustalik bilan uyg’unlash-tirgani seziladi. A.Aliqulov va u bilan hamkorlikdagi mualliflarning ke-yingi yillarda ishlarida ularni o’z plastik tillarini topishga uringanliklari natijasida birmuncha boshqacharoq uslubda ishlanganligini e’tirof etish joiz. Rassomlar yosh tomoshabinlar teatri interьeri uchun ishlangan «Jahon xalqlari ertaklari» mavzusidagi devoriy suratda yorqin yassi-bezakdorlik tarzida mashhur ertaklar qahramonlari dunyosini gavdalantiradi. Rassomlar interьerning ma’lum me’moriy qismlaridan shunchalar muvaffaqiyatli va unumli foydalanishganki, kirish eshiklari, shunindek devoriy yassi qismlari kompozitsiyaning mazmuniy va plastik jihatlari bilan uyg’unlashtirilgan. Devoriy rangtasvirning kompozitsiya va rangdagi yechimi yuksak mahorat bilan bajarilgan. A.Aliqulov boshchiligidagi guruh (A.Agahanyan, B.Olimxonov, SH.Bahriddinov) Toshkentdagi Olimpiya shuhrati muzeyi interьerining devoriy surati yechimi o’ziga xos, ya’ni harakatchan tarzda yechilgan ilk rejali kompozitsiyaning monoxrom siluetidagi antik atletlarga qarama-qarshi holatda sharq kurashchilari, kamondozlari va chavandozlari qiyofalari tasvirlangan. SHuningdek, shu guruh rassomlari tomonidan Mudofaa muzeyi interьeri uchun (1990 yillar oxiri) ham mahobatli jangga oid rangtasvir eng yaxshi sifatlarini aks ettiruvchi asarlar yaratildi. A.Aliqulov guruhining O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi uchun ishlangan oxirgi ishlaridan biri «Xalq ko’zg’olonlari va jadidchilik harakati» (2000) devoriy suratida yaqingacha «yopiq» bo’lgan O’zbekistondagi 1920-30 yillardagi milliy ozodlik harakatlari mavzusiga murojaat qilinganlik bilan ajralib turadi. U fuqarolik va vatanparvarlik tuyg’usi jarangi bilan sug’orilgan. Devoriy surat tili keng qamrovli va serma’no bo’lib, qarama-qarshi ranglarni uyg’unlashtirish orqali o’sha davrlar tarixiy muhiti beriladi. Bu ish mavzu va uslubiy jihatdan rangtasvir asariga yaqinligi bilan avvalgi devoriy suratlardan ajralib turadi (75- rasm). Toshkentdagi «Turkiston» kontsert saroyi interьerida O’zbekistonning ko’xna shaharlari tarixiy obidalari mavzusida ishlangan A.Ganning devoriy suratlarini Yu.CHernishovning Urganchda «Jayxun» mehmonxonasi, shuningdek, O.Xabibulinning O’zbekiston Respublikasi xalq ijodiyoti Davlat qo’mitasi, milliy matbuot-markazi, hamda A.Ikromov tumani banki binosi interьeriga ishlangan devoriy kompozitsiyalarini eslab o’tish ham joizdir. Qadim Xorazm tsivilizatsiyasi tarixiga bag’ishlab ishlangan mahobatli asari hajman kattaligi (200 kv.m.) bilan kishini hayratga soladi. Asar keyingi yillarda O’zbekistonda ishlangan yirik ko’lamdagi devoriy suratlardan deb e’tirof etilib, Yu.CHernishov dastgohli rangtasvir ustasi sifatida mashhur bo’lishiga qaramasdan mazkur kompozitsion asarda u o’zini mohir mahobatli rangtasvirchi rassom sifatida namoyish etadi. O.Habibulin ishlari, asosan, tarixiy mavzuga bag’ishlangan bo’lib, Amur Temur davri va Buyuk Ipak yo’liga oid bo’lgan O’zbekiston xalqlarining boy madaniy me’rosi bilan izviy aloqadordir. Uning enkaustika texnikasida ishlangan asarlari o’ziga xos tarzda O’zbekistonning naqsh san’ati yo’sinini boyitadi. 1990 yillar oxirlarida ko’pgina rangtasvirchi rassomlar o’zlarini mahobatli rangtasvirda sinab ko’rdilar. Bu borada samarqandlik rassom A.Isaev ijodi e’tiborga molikdir. U tempera texnikasida qator devoriy suratlar yaratdi. 1998 yilda Samarqand Davlat chet tillar instituti interьeriga uning tomonidan «Buyuk Ipak yo’li» nomli yirik kompozitsiya (uzunligi 43 metr; markaziy qismining buyi 2 metrdan 8 metrgacha) yaratilgan (73-rasm). Devoriy surat deyarli binoning butun vestibyulini egallaydi, uning markaziy qismi («Mehmonlar uchrashuvi») Samarqandga bag’ishlanadi, yon tomonlarida esa Buyuk Ipak yo’li bo’ylab joylashgan Hindiston, Hitoy, Misr, Italiya kabi mamlkatlarga bag’ishlangan sahnaviylik o’z ifodasini topgan. Devoriy surat cheklangan tarzdagi och-sariq va havorang tuslardan foydalanib amalga oshirilgan. 2000 yil A.Isaev Turkiston (Qozog’iston) shahridagi Xo’ja Ahmad Yassaviy me’moriy majmuasidagi uch zalni ramziy ma’noda uch davlat Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’istonga bag’ishlab ishladi. Devoriy surat tempera texnikasidan ishlangan. Samarqandlik mahobatli rangtasvirchilar E.Muhammadiev va N.Sultonovlar 2000-2001 yillarda A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti interьerida ishlangan «Ma’naviyat bo’stoni» nomli yirik hajmli (192 kv.m.) devoriy kompozitsiya ham shu uslubda yaratilgan. Beshta alohida kompozitsiyadan iborat bu devoriy surat qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo’lgan O’zbekiston madaniyati tarixiga bag’ishlanadi. 1970-80 yillar oxiriga kelib, «Usto» xalq ustalari birlashmasining ijodiy labarotariyasi faoliyati tashabbusi bilan CH.Ahmarov rahbarligida hamda N.Xolmatov va SH. Muhammadjonovlar ishtirokida miniatyura an’analarini qayta tiklash yangidan avj oldi. 1980 yillar oxiriga kelib miniatyura san’ati uslubida birinchi marotaba mahobatli devoriy suratlar yaratish «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan muomilaga kiritildi. Guruhning deyarli barcha a’zolari - T.Boltaboev, H.Nazirov, G’.Kamolov, va S.Qoraboevlar o’z faoliyatini lokli miniatyurada boshlaganlar, biroq birgina o’z ustozi va rahbarlari mashhur mahobatli rangtasvirchi rassom CH.Ahmarov tajribalaridan ilhomlanib, Angren shahridagi 100 kv.m. hajmida «Ulug’bek maktabi» devoriy suratini yaratdilar. 1996 yil «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan Toshkentdagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi interьerini bezatildi. Interьerdagi 200 kv.m. o’lchovi Amir Temurga bag’ishlab ishlangan «Buyuk sohibqiron - buyuk bunyodkor» uchligi (1 levkas, tempera, oltin) Interьerning markaziy qismida 200 kv.m. joylashtirilgan va o’zida: «Tug’ilish», Ulg’ayish», «Meros» mavzularini birlashtiradi. Devoriy surat ranglar va kompozitsion-makoniy yechimiga ko’ra muvaffaqiyatli chiqqan. Tilla hal bilan bezaklangan hoshiyali ichki gumbaz, markaziy zal ustunlari va ulkan billur qandillar bilan uchlik juda nozik tarzda uyg’unlashgan. Devoriy surat o’zining tantanavor jarangi bilan unutilmas taassurot qoldiradi. Asosiy qahramon, ya’ni Amir Temur qiyofasini aks ettirishda rassomlarning sohta kayfiyat, dabdabalilikdan chetlashgan holda, shuningdek, salobatli tasvirlay olganliklari, ayniqsa, muhimdir. Devoriy suratda Amir Temurning asosiy xususiyati, hukmdor shaxsini o’ziga xos jihatlarini ta’kidlovchi yaratuvchilik va bunyodkorlik faoliyati sahna va personajlar bilan muvofiqlashtirilgan (76-rasm). Guruh rassomlari o’zlarining yuqori malakalarini namoyish etdilar. Qiyofalar o’lchovi umumiy kompozitsiyaga muvofiq tarzda olinganligi bois ular ushbu makoniy kenglikda yo’qolib ketmaydilar. Kompozitsiyaning yuqori qismi shitob bilan parvoz qilayotgan farishtalar (markaziy qismida), fenikslar (uchlikning chap qismi) yoki opoq «xitoy» bulutchalar (uchlikning o’ng qismi) bilan tabiiy ravishda bir maromda va yengil tarzda uyg’unlashtirilgan. Bu esa butun uchlikka zaruriy bo’shliq va makonni yaratib beradi. Bunday yirik ish uchun «Sanoyi-nafisa» guruhi rassomlari Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’ldilar. 1991 yili A.Ahmedshin Urgench shahridagi «Jayxun» mehmonxonasi interьeri uchun binoga o’rinli ravishda qo’shimcha me’moriy-badiiy ko’rinish bag’ishlovchi «Flora» nomli vitraj ishlaydi. Oxirgi yillarda O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar binosi (1998 y). Vashingtondagi O’zbekiston elchixonasi uchun «Ipak yo’li» (1997 y. A.Boltaboev eskizlari asosida), shuningdek milliy mavzularni targ’ib etuvchi qator kichik xajmli va xususiy buyurtmalar asosidagi vitrajlar A.Ahmedshin tomonidan yaratildi. SH.Jamilova esa Toshkentdagi ximiya va fizika molimerlash instituti (1986y., «Havo Yer, Suv» uchligi, 50 kv.m.), Namangan viloyati Kosonsoy shahridagi ipak to’qish fabrikasi (1988 y., «Yil fasllari» turkumi, 100 kv.m), Toshkentdagi Beruniy metro bekati, Samarqanddagi temir yo’l vokzali (1994 y., «Tong, Kun, Oqshom, Tun», 150 kv.m) inter’erini uning vitraj va qandillari bezab turibdi. Vitrajlar beton bog’lamlarda quyma shisha quyish texnikasida bajarilgan. A.Buxorboev esa, Florentsiya mazaikasi texnikasida lazurit, bronza, nefritdan foydalanib Toshkentdagi «Le-Meridian» mehmonxonasi dahlizida uch qismli kompozitsiya yaratadi. Hindiston badiiy hunarmandchiligini ramziylashtiruvchi ikki ayol qiyofasini ishlashda lazurit, bronza, nefritdan foydalanadi. Osiyo banki hozirgi qimmatbaho toshlar va ma’danlar bo’yicha Qo’mita zalini ta’mirlash ishlarida keng fazoviy kompozitsiya yaratar ekan, V.Gan ham xuddi shunday masalani xal etdi. O’z o’lchovi bilan ahamiyatli bo’lgan billurdan qilingan bu ikki kompozitsiya interьerda asosiy yorug’lik va kompozitsion urg’u sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yillardagi O’zbekiston mahobatli rangtasviri o’z rivojiga ko’ra yangi bosqichni egallaydi. Uslubiy loyihada miniatyura rangtasvirining ta’siri ahamiyatli o’rin egallaganligi; vatanimizning tarixiy va madaniy o’tmishi bilan bog’liq bo’lgan mavzularga murojaat etilishi zamonaviy mahobatli rangtasvir san’atining alohida xususiyatlari bo’lib qoldi. Dastgohli grafika san’ati rivoji ilgarigi ko’lamda bo’lmasa-da, rassomlar suvbo’yoq, chizmatasvir, linogravyura, afort texnikasida ishladilar. 1990 yillar oxiriga kelib grafika san’atida ijodiy yuksak ishlar ro’y berganligi ta’kidlanadi. Bunda, grafika san’ati haqidagi odatdagi tasavvurlarni rad etgan holda butunlay yangi shakl va badiiy uslublar vujudga keldiki, ularda grafika, an’analaridan butunlay chetga chiqib ketganliligi va rangtasvir hamda mahobatli rangtasvirga yaqinlashganlikni kuzatish mumkin. Masalan, bu narsa M.Kagarov ijodida, uning klassik realistik grafikadan uzoqlashib, «monoprint» texnikasida kollaj yoki applikatsiyani eslatuvchi («Ibodatxonaga yo’l», 1997 y., «Qayta tirilgan Orol», 1999 y.) kompozitsiyalarida namoyon bo’ladi. Bu mavhum kompozitsiyalarda chiziqlar emas, balki rangtasvirga xos yondoshish ustunlik qiladi. V.Apuxtin 1980 yillardayoq qog’ozdagi grafik tasvirlar mohiyatini tasvirning muqobil kompozitsion yechimi, obrazlar ramzligi, ekspression shakliy vositalar orqali chuqur hal etgan. Bular bilan bir qatorda ekspressiv va ramziy xususiyatga ega bo’lgan abstrakt (mavhumiy) va yarim abstrakt asarlarni grafik usulda ishlashni davom ettiradi («Koinot - Inson», 1998 y., «Ma’naviyat darvozasi», 2000 y. turkum kompozitsiyalar). Mustaqillik yillari amaliy san’at rivoji. Rassomning bu turkumdagi kartinalari bezakdorlik uslubining nozikligi bilan 1998 yilda bajarilgan «Ilhom parisi», «Rishton natyurmorti», «Dahldorlik», «Doira chalayotgan qiz» asarlariga juda yaqin turadi. SHunday qilib, mazkur asarlar rangtasvir vazifalarini rasmiylashtirishga urinish, yanada muayyan va mavhumroq plastik formulalarning izlanish bilan A.Nur ijodidagi yangi yo’nalishini aniqlaydi. Asliddin Isaevning «Bibixonim» (1992) polotnosining badiiy zamirida qandaydir sirli va hayotiy ohang bor. Mazkur asar va shu siraga kiradigan «Dohil bo’lish», «Yo’lda», «SHam» kabi asarlar sir-asrorga chulg’angan bo’lib, o’zida ko’p ma’nolik, rejadorlik sirini mujassamlashtirgandir. Iste’dodli rassom J.Usmonovning («Qushlar» «Yolg’izlik vodiysi», 1992, «Sevishganlar», 1992; «Anglash», 1993; «Mushohada», 1994) deb nomlangan turkum asarlari o’zgacha she’riy ohang taratadi. Musulmon madaniyatida qush - «qalb» timsoli, so’fiy ruhini qalbning doimiy mangulikka ketishi oldidagi o’z asli bilan qayta birlashishga intilishi. So’fiy tilining tilining qo’sh tili «zaboni murg’on» deb an’anaviy nomlanishi tasodifiy emas. O’rta asrlar miniatyura manzaralarini ifoda etish an’analarini davom ettirib, J.Usmonov tabiat va uning bir butunligini, cheksizlik va o’zgaruvchanlikni yaxlit mukammal o’yg’unlik singari talqin etadi («Kuzgi zikr», 1994. Uchlik, «Bahorgi shiddat», 1996; «Uyg’onish», 1997). J.Usmonov asarlarini yashirin va moddiy dunyo orasilagi uyg’unlikka ega ekanligi bilan SHarqning o’ziga xos mumtoz san’atining yorqin namunasi sifatida qabul qilindi. Temur Ahmedov rangtasvirida shakliy ijod nafisligi, ranglarning nozik bezakdorligi, istehzo va tuyg’u samimiyligi, yengil kulgu mavjud. T.Karimov ijodida realistik uslubdagi ishlar bilan birga ekspressionistik asarlar yonma-yon bo’lib, kishida aql va tuyg’ularning zo’riqqan qarama-qarshiligini, chizgilar va rangli dog’lar bo’rtishini, kompozitsiyaning ko’lamli modellashuvi va yakka bezak talqinini, shoirona tashbehlarni hosil qiladi. Qalam chizgining bejirimligi va lo’nda, zid ranglarning barala jaranglashi uning bir necha asarlariga xos. Balki bu turkumdagi asarlar markazida latiflik ramzi sifatida otlarning tasvir etilishi tasodif emasdir («Zarg’aldoq tusda» 1999). Mavhumlashtirilgan rang va muhit yetakchi mayin chiziqlar uyg’unligida shoirona kayfiyat hosil qiladi. Go’yo bir qarashda hech qanday fikr singdirilmaganday tuyulgan syujetlar, otni quchoqlab turgan bola, qo’lida olma ushlagan qizcha - hayotning haqiqiy qadriyatlari haqida mulohaza yuritishga undaydi. N.SHoabduraximov kartinalarida ayol, muhabbat, oila asosiy mavzu hisoblanadi. U ham boshqa yosh rassomlar qatori rangtasvirda yo’l qidira boshladi va u shaxsiy ijodiy uslubining asosi sifatida xalq amaliy san’atida ommaviy bo’lgan «quroq» texnikasini tanladi, bu uslub shabhasiz hech yo’qotishlarga yo’l bermaydi. Xalq san’atining mumtoz merosi bo’lgan bu ijod turli rangtasvirda shakl izlanishlariga mos tarzda atalib zamonaviy rassomlarni ilhomlantirgan, undan turli xil darajada muvaffaqiyat bilan foydalaniladi. Bir qaraganda oson tuyuladigan bu uslub alohida rang uyg’unligini va kompozitsiya tuzish mahoratini talab etadi. N.SHoabdurahimov rangtasvir muhitini, unda joylashtirilgan figuralarni rangli mozaikaga o’xshatadi, bunda ranglar o’zaro zid holda yoxud yagona tusga bo’ysundiriladi («Odam Ato olgan olma», 1992; 1998). Har bir kompozitsiya xuddi dekorativ panno sifatida qabul qilinadi, undagi syujet ko’proq ikkinchi darajaga tushib qoladi. B.Ismoilovning «Anor suvi» (1998) nomli asarida qo’ng’iroq ustasi o’ziga o’xshagan niqob yasovchi o’z qahramonlari orasida singib ketmoqda. Uning «Odam-qushlar» degan kartinasi esa hayotning mangu bayrami haqida so’ylab, tushlarimizda oralab yuradigan daydi masxaravozlar va sozandalar, odamlar, hayvonlar, mevalar, olti qanotli qushlar afsonaviy bir dunyoni aks ettiradi. Tushlarning rango-rang xazinasi bizga yangidan-yangi g’aroyib-ajoyib naqshlarni taqdim etaveradi. U dunyoni davrlar, taqdirlar va his-tuyg’ular almashib, intihosiz harakat paydo qiluvchi ulkan sahna timsolida ko’rinadi. Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, 1990 yillarga kelib, ko’pgina rassomlarning dunyoqarashlari o’zgardi, rangtasvirda yangi badiiy shakl va g’oyalar paydo bo’ldi. Ko’k otlarni (T.Karimov), sariq tovuslarni (G’.Qodirov) yoki o’rkachlarida o’sgan butalarda qizil olmalarni ko’targan tuyalarni (F.Ahmadaliev) qora, yarim oq oy ostida tinch turishini kutilmagan, zid ranglarda qachon ko’rish mumkin edi. Bu guruhning boshqa rassomlarida esa realikka baho, tavsiya berish deyarli istisno deyish mumkin. Biz ularning asarlarida xolis, beor, loqayd dunyonigina ko’ramiz. Go’zal manzara yetarli bo’lsa-da, qushlar hech nima haqida kuylashmaydi (J.Usmonov). Sevishganlar baxslashmaydi, rashk qilishmaydi, faqat o’zlarining shirin o’y-hayollariga g’arq holatda (SH.Hakimov, L.Ibragimov) gavdalanishadi. Syujetlarning rang-barangligi asarlardagi dekorativ yo’nalishlarga zid kelmaydi, ularni murakkablashtirmaydi (J.Umarbekov). Va hattoki, faol timsollar (qizil va oq atirgullar fojeaviy qora yoki ko’k liboslar fonida, zid ranglar munosabatida). Bu guruh rassomlari asarlaridagi ichki xotirjamlik va rohat farog’atni buzmaydi (G’.Qodirov). Ana shunday guruh vakillaridan biri - A.Nurning 1997-1998 yillarda ishlangan «Evrilish», «Humsan munchoqlari», Xumsanning kumush tongi», «Kuz bo’ylab chopayotgan» asarlarida ahloqiy-falsafiy xulosalarga intilmaydi. Uning turkum kartinalarida oydinlik, sharqona nafislik, ko’rkamlik ufurib turadi. («Oq she’r», «Malika», «Ohang»), shaxsiy falsafa, pand-nasixat ko’rinmaydi. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan so’ng shaxsiy uslubning, boshqacha plastik ifoda tili, alohida tashbehli usullar va timsollar doirasida izlanishlar dunyoga keldi. Buning ustiga avvalgi san’at falsafasidan farqli o’laroq, turli yoshdagi rassomlar ijodida bir-biriga o’xshamagan uslublar yaratishga intilish ishtiyoqi seziladi. Yangi rangtasvirdagi falsafiy-ijodiy munosabatda didaktik ohanglar istisno qilinmaydi, ammo, ular an’anaviy pand-nasihatdan ko’ra ko’proq faol mushohada qilishni yodga soladi. Rangtasvirdagi realistik yo’nalish zamonaviy badiiy jarayonda o’z mohiyatini saqlab turibdi. Mustaqillik sharofati bilan rangli tasvirdagi badiiy uslubiy manzara yangi xususiyatlarga ega bo’ldi va boyidi. Umuman olganda, O’zbekistonning milliy san’ati, jahon, Yevropa va sobiq sovet hududidagi respublikalar san’ati orasida mahalliy ham, o’ta novatorki, avangard ham bo’lmagan holda namoyon bo’ladi. 90-yillar rangtasvirchilari badiiy yo’nalishda to’ntarish yasaydigan harakatlarga kirishmadilar, ularning kiritgan yangiliklari «sokin inqilob» tusini kasb etdi. O’zbekistonda 90-yillarda uslubiy jihatdan o’ziga xos rassomlar guruhi shakllandi, ularning ijodiga qiziqish ham susaygani yo’q. Rassomlar ijodida evrilishlar sodir bo’lmoqda. Yangi plastik yo’nalishlarda jo qilgan hayoliy ertagu-dostonlar, xalq og’zaki ijodi va matallardagi timsollar, syujetlar, turli xil rasm-rusm va marosimlar bilan bog’liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirininng yangi bosqichini belgilab berdi. 1990 yillarga kelib maxobatli rangtasvir san’ati rivojini asosiy mezonlarda ijodiy erkinlikni, mavzu, holat va uslubiy usullarning erkin tanlanishi, eng muximi esa badiiy merosimizning boy an’analariga murojaat qilinishini namoyish etuvchi yangi saxifa ochildi, badiiy jarayon birmuncha qiziqarli va serharakatlik bilan kechdi. Bu davrda mahobatli rangtasvir sohasida alohida ahamiyat kasb etuvchi bir qator turkum devoriy suratlar B.Jalolov tomonidan yaratildi. Rassom Toshkentdagi «Turkiston» kontsert saroyining ichki interьerida SHarq lirikasi mavzusida ishlangan «Umar Hayyom tushi» asarida u kompozitsiyaning ajoyib plastik va ranglar yechimiga erishgan. O’zbekiston Milliy banki binosi ichki qismdagi «Nimaga tug’ilganimni hech kim aytmadi» (1993). Interkontinental mehmonhonasi interьeridagi «Navro’z», «Afrosiyob», «Tun ma’budasi» (1996) kabi pannolarida dabdaba va ko’pfiguralilik takrorlanmaydi. Tarkidunyochilikni ifoda etuvchi atributlar, qandaydir «so’fiyona» muhit vujudga keladi, rassom o’rta asr diniy mistik ta’limotining boqiy dunyoviy ruhini o’z mushohadasida aks ettirishga intila boshlaydi. Mahobatli rangtasvir kompozitsiyalarida avvalari ko’p murojaat etgan qiyofalar, ya’ni tarixiy arboblar, masxarabozlar va serviqor raqqoslar o’rnini endilikda navo qilayotgan faylasuf-shoirlar va darvishlar egallay boshlaydi. 1995 yil O’zbekiston xalqlari tarixi Davlat muzeyi ichki devorida u ilk marotaba yirik hajmda O’zbekiston tarixi va o’tmish madaniyati haqida retrospektiv tarzda hikoya qiluvchi «Abadiyat gumbazi ostida» nomli kompozitsion asarini yaratdi (74-rasm). Bu panno yangi O’zbekistonning ramziy g’oyasini ifodalashda, tarixiy va madaniy merosini e’lon qilishda o’ziga xos ahamiyatga egadir. Tomoshabinlar ko’zi o’ngida buyuk vatandoshlarimiz siymolari, O’zbekistonning badiiy merosidagi shoh asarlar, boy milliy tariximizni o’ziga xos bosqichlarini aniqlab keluvchi davrlar gavdalanadi. O’zbekistonning qadimgi shaharlarida juda keng tarqalgan mavzular B.Jalolov ishlarida kutilmagan nozik matnda aks etadi. O’z fikrlarini dunyoni xis etishi milliy anglash orqali berishga intilishi uning bosh vazifasiga aylanib qoldi. Bu borada muallif shunday yozadi: «Buxoro, Samarqand madaniyat merosidir, ularni men minoralar orqali emas, qiyofa va milliy hususiyatlar orqali mohiyatan anglashga harakat qilaman». B.Jalolovning asarlarida akademik maktabning mustahkam an’analari, shuningdek, boy hayoliy tafakkurga ega rassomning G’arb va SHarq san’ati estetikasini ustalik bilan uyg’unlash-tirgani seziladi. A.Aliqulov va u bilan hamkorlikdagi mualliflarning ke-yingi yillarda ishlarida ularni o’z plastik tillarini topishga uringanliklari natijasida birmuncha boshqacharoq uslubda ishlanganligini e’tirof etish joiz. Rassomlar yosh tomoshabinlar teatri interьeri uchun ishlangan «Jahon xalqlari ertaklari» mavzusidagi devoriy suratda yorqin yassi-bezakdorlik tarzida mashhur ertaklar qahramonlari dunyosini gavdalantiradi. Rassomlar interьerning ma’lum me’moriy qismlaridan shunchalar muvaffaqiyatli va unumli foydalanishganki, kirish eshiklari, shunindek devoriy yassi qismlari kompozitsiyaning mazmuniy va plastik jihatlari bilan uyg’unlashtirilgan. Devoriy rangtasvirning kompozitsiya va rangdagi yechimi yuksak mahorat bilan bajarilgan. A.Aliqulov boshchiligidagi guruh (A.Agahanyan, B.Olimxonov, SH.Bahriddinov) Toshkentdagi Olimpiya shuhrati muzeyi interьerining devoriy surati yechimi o’ziga xos, ya’ni harakatchan tarzda yechilgan ilk rejali kompozitsiyaning monoxrom siluetidagi antik atletlarga qarama-qarshi holatda sharq kurashchilari, kamondozlari va chavandozlari qiyofalari tasvirlangan. SHuningdek, shu guruh rassomlari tomonidan Mudofaa muzeyi interьeri uchun (1990 yillar oxiri) ham mahobatli jangga oid rangtasvir eng yaxshi sifatlarini aks ettiruvchi asarlar yaratildi. A.Aliqulov guruhining O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi uchun ishlangan oxirgi ishlaridan biri «Xalq ko’zg’olonlari va jadidchilik harakati» (2000) devoriy suratida yaqingacha «yopiq» bo’lgan O’zbekistondagi 1920-30 yillardagi milliy ozodlik harakatlari mavzusiga murojaat qilinganlik bilan ajralib turadi. U fuqarolik va vatanparvarlik tuyg’usi jarangi bilan sug’orilgan. Devoriy surat tili keng qamrovli va serma’no bo’lib, qarama-qarshi ranglarni uyg’unlashtirish orqali o’sha davrlar tarixiy muhiti beriladi. Bu ish mavzu va uslubiy jihatdan rangtasvir asariga yaqinligi bilan avvalgi devoriy suratlardan ajralib turadi (75- rasm). Toshkentdagi «Turkiston» kontsert saroyi interьerida O’zbekistonning ko’xna shaharlari tarixiy obidalari mavzusida ishlangan A.Ganning devoriy suratlarini Yu.CHernishovning Urganchda «Jayxun» mehmonxonasi, shuningdek, O.Xabibulinning O’zbekiston Respublikasi xalq ijodiyoti Davlat qo’mitasi, milliy matbuot-markazi, hamda A.Ikromov tumani banki binosi interьeriga ishlangan devoriy kompozitsiyalarini eslab o’tish ham joizdir. Qadim Xorazm tsivilizatsiyasi tarixiga bag’ishlab ishlangan mahobatli asari hajman kattaligi (200 kv.m.) bilan kishini hayratga soladi. Asar keyingi yillarda O’zbekistonda ishlangan yirik ko’lamdagi devoriy suratlardan deb e’tirof etilib, Yu.CHernishov dastgohli rangtasvir ustasi sifatida mashhur bo’lishiga qaramasdan mazkur kompozitsion asarda u o’zini mohir mahobatli rangtasvirchi rassom sifatida namoyish etadi. O.Habibulin ishlari, asosan, tarixiy mavzuga bag’ishlangan bo’lib, Amur Temur davri va Buyuk Ipak yo’liga oid bo’lgan O’zbekiston xalqlarining boy madaniy me’rosi bilan izviy aloqadordir. Uning enkaustika texnikasida ishlangan asarlari o’ziga xos tarzda O’zbekistonning naqsh san’ati yo’sinini boyitadi. 1990 yillar oxirlarida ko’pgina rangtasvirchi rassomlar o’zlarini mahobatli rangtasvirda sinab ko’rdilar. Bu borada samarqandlik rassom A.Isaev ijodi e’tiborga molikdir. U tempera texnikasida qator devoriy suratlar yaratdi. 1998 yilda Samarqand Davlat chet tillar instituti interьeriga uning tomonidan «Buyuk Ipak yo’li» nomli yirik kompozitsiya (uzunligi 43 metr; markaziy qismining buyi 2 metrdan 8 metrgacha) yaratilgan (73-rasm). Devoriy surat deyarli binoning butun vestibyulini egallaydi, uning markaziy qismi («Mehmonlar uchrashuvi») Samarqandga bag’ishlanadi, yon tomonlarida esa Buyuk Ipak yo’li bo’ylab joylashgan Hindiston, Hitoy, Misr, Italiya kabi mamlkatlarga bag’ishlangan sahnaviylik o’z ifodasini topgan. Devoriy surat cheklangan tarzdagi och-sariq va havorang tuslardan foydalanib amalga oshirilgan. 2000 yil A.Isaev Turkiston (Qozog’iston) shahridagi Xo’ja Ahmad Yassaviy me’moriy majmuasidagi uch zalni ramziy ma’noda uch davlat Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’istonga bag’ishlab ishladi. Devoriy surat tempera texnikasidan ishlangan. Samarqandlik mahobatli rangtasvirchilar E.Muhammadiev va N.Sultonovlar 2000-2001 yillarda A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti interьerida ishlangan «Ma’naviyat bo’stoni» nomli yirik hajmli (192 kv.m.) devoriy kompozitsiya ham shu uslubda yaratilgan. Beshta alohida kompozitsiyadan iborat bu devoriy surat qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo’lgan O’zbekiston madaniyati tarixiga bag’ishlanadi. 1970-80 yillar oxiriga kelib, «Usto» xalq ustalari birlashmasining ijodiy labarotariyasi faoliyati tashabbusi bilan CH.Ahmarov rahbarligida hamda N.Xolmatov va SH. Muhammadjonovlar ishtirokida miniatyura an’analarini qayta tiklash yangidan avj oldi. 1980 yillar oxiriga kelib miniatyura san’ati uslubida birinchi marotaba mahobatli devoriy suratlar yaratish «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan muomilaga kiritildi. Guruhning deyarli barcha a’zolari - T.Boltaboev, H.Nazirov, G’.Kamolov, va S.Qoraboevlar o’z faoliyatini lokli miniatyurada boshlaganlar, biroq birgina o’z ustozi va rahbarlari mashhur mahobatli rangtasvirchi rassom CH.Ahmarov tajribalaridan ilhomlanib, Angren shahridagi 100 kv.m. hajmida «Ulug’bek maktabi» devoriy suratini yaratdilar. 1996 yil «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan Toshkentdagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi interьerini bezatildi. Interьerdagi 200 kv.m. o’lchovi Amir Temurga bag’ishlab ishlangan «Buyuk sohibqiron - buyuk bunyodkor» uchligi (1 levkas, tempera, oltin) Interьerning markaziy qismida 200 kv.m. joylashtirilgan va o’zida: «Tug’ilish», Ulg’ayish», «Meros» mavzularini birlashtiradi. Devoriy surat ranglar va kompozitsion-makoniy yechimiga ko’ra muvaffaqiyatli chiqqan. Tilla hal bilan bezaklangan hoshiyali ichki gumbaz, markaziy zal ustunlari va ulkan billur qandillar bilan uchlik juda nozik tarzda uyg’unlashgan. Devoriy surat o’zining tantanavor jarangi bilan unutilmas taassurot qoldiradi. Asosiy qahramon, ya’ni Amir Temur qiyofasini aks ettirishda rassomlarning sohta kayfiyat, dabdabalilikdan chetlashgan holda, shuningdek, salobatli tasvirlay olganliklari, ayniqsa, muhimdir. Devoriy suratda Amir Temurning asosiy xususiyati, hukmdor shaxsini o’ziga xos jihatlarini ta’kidlovchi yaratuvchilik va bunyodkorlik faoliyati sahna va personajlar bilan muvofiqlashtirilgan (76-rasm). Guruh rassomlari o’zlarining yuqori malakalarini namoyish etdilar. Qiyofalar o’lchovi umumiy kompozitsiyaga muvofiq tarzda olinganligi bois ular ushbu makoniy kenglikda yo’qolib ketmaydilar. Kompozitsiyaning yuqori qismi shitob bilan parvoz qilayotgan farishtalar (markaziy qismida), fenikslar (uchlikning chap qismi) yoki opoq «xitoy» bulutchalar (uchlikning o’ng qismi) bilan tabiiy ravishda bir maromda va yengil tarzda uyg’unlashtirilgan. Bu esa butun uchlikka zaruriy bo’shliq va makonni yaratib beradi. Bunday yirik ish uchun «Sanoyi-nafisa» guruhi rassomlari Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’ldilar. 1991 yili A.Ahmedshin Urgench shahridagi «Jayxun» mehmonxonasi interьeri uchun binoga o’rinli ravishda qo’shimcha me’moriy-badiiy ko’rinish bag’ishlovchi «Flora» nomli vitraj ishlaydi. Oxirgi yillarda O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar binosi (1998 y). Vashingtondagi O’zbekiston elchixonasi uchun «Ipak yo’li» (1997 y. A.Boltaboev eskizlari asosida), shuningdek milliy mavzularni targ’ib etuvchi qator kichik xajmli va xususiy buyurtmalar asosidagi vitrajlar A.Ahmedshin tomonidan yaratildi. SH.Jamilova esa Toshkentdagi ximiya va fizika molimerlash instituti (1986y., «Havo Yer, Suv» uchligi, 50 kv.m.), Namangan viloyati Kosonsoy shahridagi ipak to’qish fabrikasi (1988 y., «Yil fasllari» turkumi, 100 kv.m), Toshkentdagi Beruniy metro bekati, Samarqanddagi temir yo’l vokzali (1994 y., «Tong, Kun, Oqshom, Tun», 150 kv.m) inter’erini uning vitraj va qandillari bezab turibdi. Vitrajlar beton bog’lamlarda quyma shisha quyish texnikasida bajarilgan. A.Buxorboev esa, Florentsiya mazaikasi texnikasida lazurit, bronza, nefritdan foydalanib Toshkentdagi «Le-Meridian» mehmonxonasi dahlizida uch qismli kompozitsiya yaratadi. Hindiston badiiy hunarmandchiligini ramziylashtiruvchi ikki ayol qiyofasini ishlashda lazurit, bronza, nefritdan foydalanadi. Osiyo banki hozirgi qimmatbaho toshlar va ma’danlar bo’yicha Qo’mita zalini ta’mirlash ishlarida keng fazoviy kompozitsiya yaratar ekan, V.Gan ham xuddi shunday masalani xal etdi. O’z o’lchovi bilan ahamiyatli bo’lgan billurdan qilingan bu ikki kompozitsiya interьerda asosiy yorug’lik va kompozitsion urg’u sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yillardagi O’zbekiston mahobatli rangtasviri o’z rivojiga ko’ra yangi bosqichni egallaydi. Uslubiy loyihada miniatyura rangtasvirining ta’siri ahamiyatli o’rin egallaganligi; vatanimizning tarixiy va madaniy o’tmishi bilan bog’liq bo’lgan mavzularga murojaat etilishi zamonaviy mahobatli rangtasvir san’atining alohida xususiyatlari bo’lib qoldi. Dastgohli grafika san’ati rivoji ilgarigi ko’lamda bo’lmasa-da, rassomlar suvbo’yoq, chizmatasvir, linogravyura, afort texnikasida ishladilar. 1990 yillar oxiriga kelib grafika san’atida ijodiy yuksak ishlar ro’y berganligi ta’kidlanadi. Bunda, grafika san’ati haqidagi odatdagi tasavvurlarni rad etgan holda butunlay yangi shakl va badiiy uslublar vujudga keldiki, ularda grafika, an’analaridan butunlay chetga chiqib ketganliligi va rangtasvir hamda mahobatli rangtasvirga yaqinlashganlikni kuzatish mumkin. Masalan, bu narsa M.Kagarov ijodida, uning klassik realistik grafikadan uzoqlashib, «monoprint» texnikasida kollaj yoki applikatsiyani eslatuvchi («Ibodatxonaga yo’l», 1997 y., «Qayta tirilgan Orol», 1999 y.) kompozitsiyalarida namoyon bo’ladi. Bu mavhum kompozitsiyalarda chiziqlar emas, balki rangtasvirga xos yondoshish ustunlik qiladi. V.Apuxtin 1980 yillardayoq qog’ozdagi grafik tasvirlar mohiyatini tasvirning muqobil kompozitsion yechimi, obrazlar ramzligi, ekspression shakliy vositalar orqali chuqur hal etgan. Bular bilan bir qatorda ekspressiv va ramziy xususiyatga ega bo’lgan abstrakt (mavhumiy) va yarim abstrakt asarlarni grafik usulda ishlashni davom ettiradi («Koinot - Inson», 1998 y., «Ma’naviyat darvozasi», 2000 y. turkum kompozitsiyalar). P.Annenkov esa obrazlardagi real aniqlikni saqlab qolish bilan o’zining avvalgi ijod uslubiga sodiq qoladi, ammo oxirgi yillarga kelib, u qator kompьyuter grafikasi asarlari yaratdi. G’.Boymatov noan’anaviy suv bo’yoq texnikasida ishlanishi, zaruriy ahamiyatli yangi texnik yechimlarni qidirishga undashi, yozish imkoniyatlaridagi yorqin ifodali bezakdorlik va hayoliy obrazlik bilan uyg’unlashtirilgan yangicha uslub rassomning ijodini yanada yuksaltirdi. Musavvir mavzulari sezilarli tarzda o’zgarganligi: keskinlik, bo’rtirish va kinoyalilikdan chetlashganligi va o’z an’anaviy madaniyat qadriyatlariga qayta murojaati seziladi. Bunday asarlar sirasiga «O’rta Osiyoning qadimgi tangalari» (1997 y.), «Urgutda to’y» (1996 y), «Ming bir kecha» (1997 y) kompozitsion asarlarini kiritish mumkin. Lekim Ibragimov asarlaridagi o’ziga xoslik va yetuklik ko’p asrli Uzoq SHarq tasviriy san’ati an’analarini mujassam etishda ko’zga tashlanadi («Osiyo okeani» tsiklidagi grafik va rangtasvir kompozitsiyasi, «Bahor», «Kuz» tsiklidagi manzara janri kompozitsiyalari 1999 y). A.Mamajonovning asarlari bizga xalq bayramlari va sayllari, shuningdek mahalliy yashash tarzi haqida hikoya qiladi. U muntazam ravishda realistik uslubda tushь va peroda ishlaydi. U mahalliy xalq vakillarini kuchli xususiyatlarini ko’rsatish, xajmlilik, mutanosiblik, naturalistlarga xos ortiqcha unsurlardan cheklanish va xazilga moyillik rassom grafikasiga xosdir. Rassomlar M.Karpuzas va Yu.Gabzalilovlar ikkinchi texnik materiallar (tushь, pero, qalam, guashь, gratografiya, suvbo’yoq, aralash texnika)ni qo’llaydi. Gabzalilov realistik uslubga qat’iy berilgan, u o’zbeklar turmushini yaxshi biladi, xazilni o’tkir his qiladi, ba’zida fosh etuvchan. M.Karpuzasning dastgohli kompozitsiyalarida lirik ba’zan esa faylasuf sifatida namoyon bo’ladi. Karpuzasning chizmalari ekspressivligi, tasvir vositalarining lo’ndaligi, naturalistik shakllarning ishtirok etmaganligi bilan ajralib turadi. Antik mavzuga bag’ishlangan, o’z vatani afsonalari ruhida ishlangan bir turkum asarlarida uning greklardan kelib chiqqanligi darhol anglashiladi. («Yigit va qiz», SHark motivi 1995 y., «Oykumena», yerning odamlar yashaydigan qismi, suvbo’yoq, 1996 y.). Mashhur avtolitografiya va suvbo’yoq ustasi M.Sodiqov oxirgi o’n yilliklarda o’ziga odat bo’lib qolgan avtolitografiya texnikasidan voz kechib, asosan, suvbo’yoqda o’zi uchun sevimli bo’lgan Buxoroning eski shahar ko’chalarini ishlaydi. Yosh rassom B.Ismoilov ijodiy asarlarida turmushda yo’qolib borayotgan eskilik unsurlariga sog’inch bilan nazar tashlash seziladi. U tushь, pero, qog’oz, sharikli ruchka, tempera kabi oddiy texnik vositalaridan foydalanib, tuzilishi jihatidan murakkab va jumboqli bo’lgan kompozitsiyalar yaratadi. SHakllarning naqshinkorligiga ozg’in yuzli, qirra burun qiyofalarga berilishi rassomga xosdir. («Orzular daraxti» 1998 yil, «Odam qushlar», 1998 y.). Ba’zan B.Ismoilov grafikasida syurrealizm qonuniyatlari ta’siri sezilib turadi («Hohish» uchlik). Ksilogravyura ustasi D.Urazaev o’z grafikalarida ksilografiyaning avvalgi kompozitsiyalariga xos bo’lgan kichik o’lchovlikdan voz kechib, suvbo’yoq texnikasida ishlashga o’tadi. Uning suvbo’yoqda ishlangan «O’zbek me’moriy yodgorliklarining sirli tarovati» turkumidagi asari 2001 yil Toshkentda bo’lib o’tgan shaxsiy ko’rgazmasida namoyish etildi. Keksa avlodga mansub grafikachi rassom S.Redьkin buyuk ajdodlarimiz – Mirzo Ulug’bek, Beruniy, Navoiy, shuningdek Sadriddin Ayniyning portretlarini yaratdi. Samarqandlik grafikachi rassom «Avlodlarimiz izidan» (1991), «Ustaning bir kuni» (1991), «Budda qo’ng’irog’i» (1991) kabi turkum asarlari ona vatan tarixi va madaniyatiga bag’ishlangan bo’lib, avtolitografiya texnikasida bajarilgan. Plakat sohasida qo’qonlik Ahmadaliev 1970 yili Pragada bo’lib o’tgan Xalqaro ko’rgazmada Kumush nishon bilan taqdirlangan. Oxirgi yigirma yil davomida ramzlar va belgilar tizimini ishlab chiqqan E.Ishoqovning shogirdlari L.Tioraning «Kalligrafiya-impulьs» (daraxt tanasi qog’oz (matnli) svitkalar bilan qorishib ketgan (intalyatsiya) asarida ham arab va xitoy kalligrafik yozuvi uyg’unligiga urinish seziladi. L.Zufarining asarlarida E.Ishoqovning tizim va belgilar kontseptsiyasi ta’sirida yaratilgan bo’lsada, lekin uning asarlarida o’ziga xos mustaqil yondoshganlik seziladi. Uning asarlarida tosh va uning sirtiga ishlangan ramziy yozuvlar uyg’unlashtiriladi. («Turk ruknlari», 1993). T.Ayupov kompozitsiyalarida («Mavzu –I» «Mavzu – II) ramziylikka intilish ko’zga tashlansa, Yu.Alagir ijodida mavhum belgili kompozitsiyalar ustunlik qiladi. 90-yillarda ko’rgazma va galereyalarda grafikachi rassomlar Murod va Muhammad Fozilovlarning pargor va chizg’ich yordamida yaratgan qat’iy, ramziy va kosmagonik o’ziga xos ruhdagi asarlari paydo bo’ldi. Suvbo’yoq texnikasida D.Mirsalimov, A.Ligay, va A.Lilar katta yutuqlarga erishdilar. 2000 yilga kelib esa, mashhur rangtasvirchilar grafika texnikasila yaratgan asarlari bilan ko’rgazmalarda qatnasha boshladilar. 2001 yil aprel oyida «Ilhom» teatrida bo’lib o’tgan B.Jalolov, va S.Alibekovlarning grafik asarlari ko’rgazmasida aynan shu holatni ko’rish mumkin. B.Jalolov chizmatasvir ustasi ekanligini yana bir bora namoyish etish bilan ko’pchilikni hayratga solgan bo’lsa, S.Alibekov o’zining betakror fantaziyalari bilan rangli qalam imkoniyatlarini namoyish etdi. 90-yilar dastgohli grafika rivojida ramziy-mavhumlik va bezakdorlik uslubi alohida ta’kidlanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng yurtimizning qadimiy tarixini yorituvchi kitob va risolalar ko’plab nashr etila boshlandi. Bugungi kunda O’zbekistonda o’ndan ortiq nashriyotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu nashriyotlarda, zamonaviy o’zbekistonlik mualliflar bilan bir qatorda ajdodlarimiz qalamiga mansub, shuningdek, horijiy mualliflarning asarlari ham chop etilmoqda. Nashriyotlarda detektiv, fantastik janrlardagi kitoblar soni ko’paydi. Milliy falsafiy va diniy meros kitoblari nashri ortdi. Kitoblarni bezash ishlari ancha kamaydi. Lekin muqova va sarmuqova qilishga ehtiyoj ortib ketdi. Aynan o’shalar xaridor e’tiborini tortmoqda. «O’qituvchi» nashriyotida bir guruh yoshlar tomonidan kompьyuter grafikasini fotomontaj bilan ijodiy muvofiqlash-tirilmoqda. SHu guruhdagi yosh rassom SH.Mirfayozov o’quv qo’llanmalarni bezash bilan shug’ullanmoqda. SHu nashriyotda ishlayotgan E.Nurmonovning grafik ishlari kompozitsiyasining jiddiyligi va simmetrikligi hamda ranglarning vazminligi bilan ajralib turadi. U bajargan muqova va illyustratsiyalarda realistik uslub yaqqol seziladi. Yangi davr zamonaviy kitob grafika san’atida A.Bobrov, A.Mamajonov, M.Karpuzas, Yu.Gabzalilov, A.Kiva, A.Panamaryov-lar, shuningdek, O.Vasixonov, G.Millerlar jiddiy grafika ustasi bo’lib qolmoqdalar. Tajribali grafikachi rassom Q.Basharov R.Kiplingning «Maugli» kitobiga an’anaviy realistik uslubda o’ttiz to’rtta rangli illyustratsiyalar ishlangan. Qalam (pero), guashь va suvbo’yoq texnikalarini puxta egallagan A.Bobrov xalq ertaklariga ifodali, obrazli va o’ziga xos uslubda illyustratsiya yaratmoqda. Grafika ustasi A.Mamajonov «Alpomish» eposiga realistik va mazmunan ifodali bo’lgan illyustratsiyalarni tushь va peroda bajargan. SHu bilan bir qatorda u ofort texnikasida Navoiy asarlari «antologiyasi»ga illyustratsiyalar ishlagan, ularda miniatyura an’analarining ta’siri seziladi. SHuningdek, qoraqolpoq dostoni «Maspasha» ham A.Mamajonov tomonidan bajarilgan. A.Karpuzas kitob bezatish mahoratini puxta egallagan va o’ziga xos ijodiy uslub yaratgan. Keyingi paytlarda u diqqatini muqovalar, frontispislarni bezatishga qaratmoqda. Yu.Gabzililov uslub va usullarni mohirlik bilan o’zlashtirgan holda, illyustratsiyalarga dostonda ta’rif etilgan maishiy hayot ruhini singdiradi. U realistik ifodaviy obraz yaratilishga moyildir. Kitob grafikasi ustasi A.Kivaning mo’yqalamda ishlangan ragli illyustratsiyalarida rassomning ranglarni ziyraklik bilan his etishi namoyon bo’ladi. Tajribali usta A.Mahkamov tomonidan «SHarq xalqlari ertaklari» kitobiga ishlangan illyustratsiyalar badiiy jihatdan yuksak bajarilgan. Ulardagi realistik chizma asosida SHarq miniatyurasi ta’siri yaqqol seziladi. Feruza va Laylo Basharovalar SH.Perroning «Ona g’oz ertaklari»ga («SHarq» nashriyot-maktabi aktsiyadorlik kompaniyasi) bolalar dunyoqarashiga moslab realistik uslubda illyustratsiyalar yaratganlar. Ma’lumki, o’zbek kulolchilik san’ati qadimiy davrlardan shu kungacha keng tarqalgan va aholi ehtiyojlarini qanoatlantirib kelgan, muhim kasb-hunar sohasidir. Hozirgi vaqtda badiiy be-zatish uslubi, plastik va texnologik xususiyatlari bo’yicha uchta asosiy kulolchilik maktablari mavjud. Farg’ona badiiy kulolchilik maktabi (asosiy markazlari – Rishton, G’urumsaroy); Buxoro-Samarqand kulolchilik maktabi (asosiy markazlari Samarqand, Urgut, G’ijduvon, Uba, SHahrisabz); Xorazm badiiy kulolchilik maktabi (asosiy markazlari – Madir va Kattabog’ qishloqlari). Har bir maktab rivojlanishi va ijodiy tamoyillari, yetakchi markaz va ustalari, boshqa maktablardan farqlovchi xususiyatlari bilan belgilanadi. Ular o’z qonuniyatlari doirasida faoliyat ko’rsatadi va asosiy badiiy tamoyillari umumiyligini saqlab keladi. 1990 yillarda O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining o’z holiga kelishi natijasida, an’anaviy qadriyatlarga diqqat e’tibor qaratildi. CHet davlatlar bilan aloqalar kengaytirilmoqda. Respublikada bir qator xalqaro muassasalar ochildi. Ular xalq san’atiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirdilar. CHunonchi, 1995 yilda bo’lib o’tgan (BMTning 50 yilligi munosabati bilan) 1-respublika yarmarkasida O’zbekistonda mavjud kulolchilik markazlarining vakillari ustalari maxsus tayyorlangan «Usta guvohnomasi» sertifikatiga sazovor bo’ldilar. Bular o’z maktab an’analarini qadrlab va rivojlantirib kelayotgan ustalar R.Zuhurov (Denov), M.Turopov (G’urumsaroy), I.Komilov (Rishton), Aliger va Abdulla Narzullevlar (G’ijduvon), Nomoz va No’’mon Obloqulovlar (Urgut), R.Matchanov (Xorazm), A.Rahimov (Toshkent)lardir. 1997 yili O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etilishi va bir qator yetakchi kulollar – Akbar Rahimov (Toshkent), SHarofiddin Yusupov (Rishton), Xudoyberdi Haqberdiev va SHarif Azimov (Samarqand) – Akademiyaning haqiqiy a’zosi bo’lib saylangani O’zbekiston kulolchigi an’analarining yuksak mavqei va darajasidan dalolat berdi, shuningdek, bu amaliy bezak san’at turining an’analarini rivojlantirishga samarali turtki bo’ldi. Xullas, mustaqillik yillarining dastlabki n yilligi davrida O’zbekiston tasviriy san’atning barcha sohalarida alohida bir ijodiy izlanishlar, tarixiy, madaniy va ahloqIy qadriyatlarning doirasini kengroq etish, yangilanish tamoillari – rassomlarning yangicha badiiy talqinlar ustida samarali ish olib borayotganliklarini namoyon etadi. Me’morchilik san’ati. Me’morlikda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lishi. Mustaqillikning ilk yodgorliklaridan biri Toshkent markazidagi xiyobonda o’rnatilgan Amir Temurning otliq haykali (I.Jabborov, K.Jabborov, 1993) bo’lib, Samarqand va SHahrisabzda ham (haykaltarosh I.Jabborov, K.Jabborov, 1996) sohibqironga haykallar barpo etilgan. Xuddi shu davrda o’tmishda yashab o’tgan buyuk allomalar, davlat va din arboblari, shoirlar va musavvirlar timsolini muhrlagan qator yodgorliklar qad ko’tardi. Ular orasida o’rta asrlarda yashab o’tgan buyuk alloma al-Farg’oniyga Farg’ona (1998) va Quva (1998) shaharlarida, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda (1999), ulug’ xadisnavis imom al-Buxoriyga Samarqandda (1998), Toshkentning mustaqillik maydonida «Motamsaro Ona» majmuasi, «SHahidlar xotirasi» me’moriy yodgorliklari (2000) qad ko’tardi. Alpomishga Termizda xaykaltaroshlik majmua-kompozitsiyasi yaratildi (A.Rahma-tullaev, Q.Norxo’rozov, U.Mardiev, T.Podosinnikov, 1998). O’zbekiston haykaltaroshlari yaratgan Belgiyaning Kortreyk shahrida Abu Ali ibn Sino haykali tantanali ravishda ochildi. Dastgohli haykaltaroshlilik ancha jonlanganligini ko’ramiz. D.Ro’ziboev, T.Tojixo’jaev, I.Jabborov, R.Avakyan, M.Borodi-na, R.Mirtojievlar ijodida shakl, rang bilan bir o’rinda xaykaltaroshlikka xos bo’lmagan materiallarni samarali ravishda qo’llash ustida ijodiy tajribalar davom etmoqda. Grafikada an’anaviy texnologiya bilan bir qatorda ifoda etishning avangard vositalarini faol izlash jadallashdi. (E.Ishoqov, V.Apuxtin, M.Kagarov, M.Sodiqov, L.Zufariy, L.Tio-ra). XX asrda O’zbekistonda kuchli rangtasvir maktabi shakllandi. Ayni paytda ularning avvalgi davrlar ko’rsatish mumkin bo’lmagan o’z falsafiy qarashlarini ifoda etish imkoniyati, davrlarning aloqadorligini ko’rsatish, tarixiy xotirani parchalab bo’lmasligini isbotlashga intilishlari ko’zga tashlana boshladi. Rangtasvirning zamonaviy falsafiy plastik tizimi 80-yillarda Tamal toshi qo’yilgan qochirimli-razmli uslub rivoji jadallashdi. 90-yillar rasngtasvir san’ati o’tish davriga xos bo’lgan turli tuman uslublar ko’lamining kengligi bilan farqlanadi. Bu ko’lamda akademik realzm, dekorativizm va milliy-romantizm (ko’p hollarda miniatyura talqini ohanglarida) qiyofasiz rangtasvir, instalyatsiya yechimi tarzidagi avangardizm yonma-yon mavjuddir. Bu ko’p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishi va teranlashuvi, mualliflarning belgilangan qoliplar chegarasidan chiqishga intilishi bilan izohlanadi. 1997 yilda O’zbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil etilishi Respublika madaniy hayotida muhim voqea bo’ldi. Uning faoliyati badiiy ta’lim, ko’rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy merosni hamda zamonaviy san’atni targ’ib qilish istiqbolini ta’minlashga yo’naltirilgan. Akademiklar orasida ustoz rassomlar- fahriy akademiklar R.Ahmedov, A.Abdullaev, N.Qo’ziboev, M.Saidov, R.CHoriev, M.Nabiev hamda haqiqiy a’zolari – V.Burmakin, A.Ikromjonov, T.Qo’ziev, T.Mirjalilov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Mirzaev, J.Izintaev, L.Ibragimov, B.Boboev, Y.Tursunnazarov, S.Abdullaev, A.Nur va boshqalar bor. Turli avlod rassomlaridan iborat akademiklar tarkibi ramziy ma’noda mamlakat tasviriy san’atining XX asrda bosib o’tgan turli xil uslubiy yo’nalishlarini, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini ifoda etdi. XX asrga kelib ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar o’zaro borishi bilan bog’liq hodisa xalq ustalarining kamayishiga, hunarmandchilik buyumlarining iste’moldan chiqishiga olib kelsada, amaliy bezak san’ati an’analari sanoqli ustalar ijodida o’zining mualliflik va kasbiy mahorati darajasini saqlab qoldi. O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan so’ng an’anaviy hunarmandchilik taqdiri tubdan o’zgardi va xalq san’ati rivoji tubdan o’zgardi. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy bezak san’ati rivojida O’zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzolangan «Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikning kelgusidagi rivojini davlat tomonidan qo’llay-quvvatlash tadbirlari to’g’risida»gi farmoni joriy etildi. Bu farmonga muvofiq, uy sharoitida yuksak saviyadagi badiiy buyumlar ishlab chiqarayotgan xalq ustalariga joylardagi hokimlarning amaliy yordamlari muhim vazifalardan biri sifatida ko’rsatiladi. Xalq ustalarining ijtimoiy huquqiy maqomi ham sezilarli darajada o’zgardi. Bir qator xalq ustalari Badiiy Akademiya akademigi degan sharafli unvonga sazovor bo’ldi. Ganch o’ymakorligi ustalari Mahmud Usmonov va Abduraxim Umarov, kulollar SHarif Azimov, Hudayberdi Haqberdiev (Samarqand), SHarofiddin Yusupov (Rishton), Botir Boltaboev (Xiva), Akbar Hakimov (Toshkent), SHahnoza Mo’’minova (Toshkent), miniatyurachi rassomlar Niyozali Xolmatov va SHomahmud Muhammadjonov, Naqqosh Saidmahmud Mahmudovlar shular jumlasidandir. «O’zbekiston Respublikasi xalq ustasi» ta’sis etilib, unga birinchi bo’lib. Zargar Fashiddin Dadamuxamedov sazovor bo’ldi. Haykaltaroshlikda yaratilgan asarlarda yangi g’oyaviy-mafkuraviy muhit ta’siri, milliy hamda tarixiy mavzular ustivorligi o’z aksini topdi va yirik badiiy yodgorlik haykallar barpo etildi. Milliy bog’ning eng so’lim go’shasidan o’rin olgan Alisher Navoiy yodgorligida (E.Aliev, N.Bandeladze, V.Degtyarov. 1991) esa, sharqona yaratilganligi bilan ajralib turadi. Bronzadan yasalgan haykalda fozillik alomatlari o’z ifodasini topgan. Ramziy ma’noda barpo etilgan me’mor detal esa, shoirning mahobatli qiyofasini yanada jonlantiradi. Haykal ishlanish uslubiga ko’ra umumlashma tarzda amalga oshirilgan. Ya’ni, mayda detallar faqat ko’krakdan tepa qismida, liboslar harakterida va yuz qiyofasida qo’llanilgan. SHoirning o’ng qo’lida xassa bilan tasvirlanishi dinamik xarakatni yuzaga keltiradi. Birgina ushbu detal orqali haykaltaroshlar turli ma’nolarni ochib berishga harakat qilganlar. Toshkentning gavjum hiyoboniga o’rnatilgan Sohibqiron Amir Temurning mahobatli otliq haykali badiiyligi bilan ajralib turadi (I.Jabborov, K.Jabborov, 1993 yil). Realistik uslubda ishlangan mazkur monumentda kuchli plastik harakterlar ko’zga tashlanadi. Amir Temurning jo’shqin ichki hissiyoti otning biroz badiiylashtirilgan ko’rinishi bilan birlashib, uning kompozitsion tuzilishini mukammallashtiradi. Haykal shaklan betakror va mayda bezakli unsurlar bilan boyitilgan. Temurning bu otliq xaykali 2 metrli takkursiga o’rnatilgan bo’lib, uning «kuch adolatdadir» hikmati bitilgan. I.Jabborov mazkur asarini «Yurtga qaytish», «Pandnasihat» g’oyalari asosida yaratilganligini ta’kidlaydi. Monumentda go’yoki dushmanlarni yengib jang maydonidan poytaxtga kirib kelgan Sohibqiron fuqarolarga bundan buyon davlat xavf-xatardan xoli bo’lgani, tinchlik va farovon hayot bo’lajagini e’lon qilayotgandek tasvirlagan. Sohibqironning ruhiy holati yuzida, undagi imoda yaxshi ifodalangan. Farg’ona shahrida o’rnatilgan yodgorlik haykal ochiq osmon ostida zinalar bilan ko’tarilgan sun’iy balandlik ustida qad rostlagan. Haykal orqasi yarimdoira ko’rinishda olti ustun va uning ustidagi uch qavat zinasimon sharafa-karniz bilan bajarilgan. Bu milliy uslubdagi me’moriy detallar yodgorlikning salobatini oshiradi. Quvadagi yodgorlik biroz vazmin, o’ychan bo’lib, romondo uslubida bajarilgan. Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykali “tog’ning ustida turgan burgutday turadi”. CHingizxondek yovuz bosqinchiga qarshi kurashda mislsiz matonat, jasorat namunalarini ko’rsatgan Xorazmshohlar sulolasidan Jaloliddin Manguberdining ona shunday mard qiyofasini I.Jabborov tomonidan yaratildi (1998). R.Mirtojiev tomonidan esa, “Zahiriddin Muhammad Bobur” (1993y, Andijon shahriga o’rnatilgan), “Abdulla Qodiriy” (1994 y., Toshkent shahriga o’rnatilgan), “CHo’lpon” (1997 y., Andijon shahriga o’rnatilgan), “Ona” (1999 y., Jizzax shahriga o’rnatilgan) kabi qator badiiy nuqtai nazardan yirik yodgorliklarni yaratgan. Termiz shahrida epik qahramon Alpomishning ramziy haykali bunyod etildi. Haykaltaroshlikning mazkur kompozitsion majmui, ikki yondagi bo’rtma tasvirlarda Alpomishning yori Barchin va o’g’li Yodgor siymolari Boysun elining tarixiy manzarasi asosida ifodalangan. Alpomishning mahobatli qiyofasini ochib berish uchun turli unsurlardan unumli foydalanilgan. CHap qo’lidagi kamoni ozodlik va erklikning timsoli bo’lsa, o’ng qo’liga qo’nim topgan qush maktub eltuvchi vosita sifatida ifodalangan. Bu majmua A.Rahmatullaev, Q.Norxo’rozov, U.Mardiev, P.Podosin-nikov kabi haykaltaroshlar tomonidan bunyod etildi. Dastgohni haykaltaroshlikda T.Tojixo’jaeav Navoiy, Ulug’bek, Furqat, Mashrab kabi ruhiy va ma’naviy jihatdan o’ta murakkab shaxslar qiyofasini, ularning ichki hislarini, yuz mimikalari va qarashlari orqali ko’rsatishga harakat qiladi. Uning tomonidan «Kurash», «Raqs», «CHavandoz» kabi kichik xajmdagi plas-tik ishlari portretlar san’ati realistik bo’lmay, balki, romantik, impression va ekspression oqimga mansubdir. «Baxt qo’shi» asari esa «ilon izi» toshidan ishlangan bo’lib, qushning qifasida g’ayrioddiy, shu bilan, erksevar xalqning asrlar davomida ichki tuyg’ularida saqlanib kelayotgan hissiyotlari o’z ifodasini topgan. D.Ro’ziboevning kompozitsiyalarini kuzatar ekanmiz haykaltaroshlik bilan rangtasvirninng o’zaro uyg’unligiga guvoh bo’lamiz. Uning keyingi yillarda yaratilgan «Jaz ijrosiga hamohang badihalar» (1998) turkumiga yangi badiiy jarayoni o’zida to’laqonli ifodalaydi. Bundan tashqari «Navro’z malikasi» bahoriy his tuyg’ular bilan bayramona kayfiyatda ifodalangan. Haykaltarosh bu asari orqali tarixga murojaat etib, ajdodlarimizning tipik liboslaridan unumli foydalanish orqali obrazni zamon ruhiga moslashtiradi. J.Quttimurodov esa o’z ijodida qoraqalpoq ohanglarini haykaltaroshlik asarlariga ko’chirgan. Uning ijodiga mansub «Ayol», «O’tirgan sohibjamol», «Amudaryo», «Oqqush», «Qizil toj taqqan qiz», «Shohli Iskandar» asarlarida haykal tabiatini idrok etish mumkin. J.Quttimurodov tomonidan yaratilgan asarlarda ertaklar, g’aroyibotlar olami namoyon bo’ladi. Haykaltaroshning «Avesto» turkumidagi asarlari ham alohida e’tiborga molik. R.Mirtojievning dastgohli haykaltaroshlik sohasidagi tajriba va ko’nikmalari yetarli darajada ekanligini u yaratgan «Bobur-Vatan sog’inchi», «SHayh Bobur va Temur Malik» (1990 y), «Yomg’ir» (1995 y.), «Behzod» (2000) kabi asarlarida ko’rish mumkin. Umuman olganda, 1990 – yillar haykaltaroshligida, asosan, tarixiy siymolar gavdalandi va ularning soni ko’payishi bora-bora uslub jihatlarining yangilanishi bilan bir qator asarlarda ko’zga tashlanadi. SHuning bilan birgalikda, zamonaviy mavzular, qahramonlar obrazlariga nisbatan kam ahamiyat berildi. Rangtasvirda badiiy jarayon shiddatli va serharakat kechdi. 1991-2001 yillarda bo’lib o’tgan ko’p sonli ko’rgazmalar mazkur davr rangtasviri uslub va kompozitsion yechimning turli tumanligini tasdiqlaydi. Respublika umummilliy ko’rgazmalarda Toshkentlik rangtasvirchilar asosiy guruhni tashkil etib kelmoqda, so’nggi yillarda esa rangtasvirning geografik hududi Samarqand, Andijon, Buxoro, Namangan, Nukuslar ko’zga kuringan markazga aylandilar. Samarqandda eng yorqin va iste’dodli rassom A.Isaev hisoblanadi. Namanganda esa I.Valixo’jaev, P. Jalilov, M.Ashurmatovlarni ko’rsatish mumkin. Buxoroda M.Abdullaev, B.Salomov, Z.Saidjonovlari alohida ko’rsatish mumkin. Zamonaviy hayotda asosiy mavzu bo’lib kelayotgan Amir Temur obrazi, mazkur davr faoliyatlari bu galeriyalarda asosiy o’rin egallaydi. Bu obrazga M.Nabiev va N.Qo’ziboevlar murojaat qildilar. Ular o’ziga ishongan, jahongir hukmdor obrazini yaratdilar. M.Nabiev tomonidan yaratilgan Amir Temur (1999) obrazi o’zining sehrli jozibasi va kuchli ta’siri bilan zamonaviy tarixiy rangtasvirning o’ziga xos mumtoz asariga aylanib, etalon sifatida qabul qilindi Ushbu rassom tomonidan yaratilgan Zahiriddin Mahammad Bobur portreti romantik tarzda yechilgan. A.Mamatova polotnosida ham Bobur obrazi – ajoyib shoir sifatida o’ziga xos talqin etiladi. Taniqli portretchi rassom S.Rahmetov Temuriylar davri tarixiy shaxslar obrazlarini mahorat bilan yaratadi (71-rasm). Temuriylar davri buyuk miniatyurachi rassom K.Behzxodning hayotligida ishlangan va hozirgacha saqlanib qolgan portreti A.Ikromjonov «Kamoliddin Behzod»ga (1997 y.) bag’ishlangan kompozitsiyasi, shuningdek A.Abdullaevning A.Navoiyga (1997) bag’ishlangan polotnosining asosi bo’ldi. Temuriy malikalarga atalgan turkum portretlar O.Mo’minovning qalamiga mansubdir. Bu kompozitsiyalarida rassom «SHarq ayollari» (Bibixonim, 1997)ga xos romantik va ehtirosli jihatlarini talqin etadi. CH.Ahmarov shoira Nodira (1992)ning jozibali qiyofasini yaratadi. Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda rassom oldida mushkul vazifa turadi. CHunki kamdan-kam holatlardan mustasno tarzdagina tarixda ularning tashqi qiyofalari haqida hech qanday dalillar saqlanib qolmagan. Buning natijasida o’zida zamonasi ruhini timsollashtiruvchi umumlashma tarzdagi ramziy portretlar vujudga kelmoqda. «Jaloliddin Manguberdi»ga (1997) bag’ishlangan T.Kuryazov va E.Masharipovlarning ishlari, M.Yo’ldoshevning «Alpomish» (1998-2000) dostoni qahramoniga bag’ishlangan turkum asarlari, E.Masharipovning «Alpomish» (1998), Q.Basharovning «Spitamen» polotnolari shular jumlasidandir. A.Ikromjonov, T.Qo’ziev, M.Nuriddinov, S.Raxmetovlar jadidlar portrelari turkumlarini yaratdilar. E.Masharipov va A.Aliqulovlarning «Amir Temurning To’xtatamishxon ustidan g’alabasi» (996), Z.Fahriddinovning «Zafar» (1997), M.Nuriddinovning «Said Baraka Amir Temurni hokimiyat ramzi -nog’ora va g’alaba bayrog’i bilan taqdirlamoqda» singari syujetli asarlarda Amir Temur yengilmas sarkarda, o’z xalqining shavkatli o’g’loni sifatida gavdalantirilgan. Bu ko’p figurali kompozitsiyalar o’zida ochiq harakat maydonini namoyon etadiki, Amir Temur doimiy tarzda markaziy, bosh qiyofa tarzida talqin etiladi. Buyuk sarkardaning yaratuvchanlik faoliyati S.Abdullaev polotnolarida aks etgan bo’lib, mazkur asarlarda u buyuk me’moriy obidalar fonida tasvirlanadi. («Amir Temur Bibixonim masjidi qurilishida», «Osmoning beg’ubor bo’lsin Turkiston»). Ushbu kompozitsiyalarni shakllantirishda tarixiy vositalar va liboslar ham ahamiyat kasb etadi. Bunda mazkur davrga tegishli bo’lgan yozma manbalar, me’moriy va san’at obidalari talqin etilishi muhim o’rin egallaydi. Fikrimizning dalili sifatida A.Aliqulovning etnografiyaga urg’u berilgani - ya’ni maishiy hayot buyumlari, davr binolari interьeri, kashtachiligi, gilam, qurol-aslahalari qunt bilan ishlangan «Asov ot», «Dor», «Mashshoqlar» (1997) kabi kompozitsiyalarini keltirishimiz mumkin. O’zbekistonda kuchli realistik maktab tarkib topishi ajoyib portretnavis-rassomlar sulolasini vujudga keltirdi. Ular orasida A.Abdullaev, R.Ahmedov, R.CHoriev, T.Oganesov, V.Burmakin kabi portret ustalari jahonda keng tan olinganligi e’tirof etildi. O’zbek rangtasvirida portret janrining asoschisi, yetakchi portretnavis, akademik A.Abdullaevning qalamiga mansub har bir portret kishilarning chuqur ma’naviy dunyosini akslantiruvchi, rassom bilan portret qahramoni va portret bilan tomoshabin o’rtasida haqiqiy va ochiq munosabatni taqozo etadi. 1999 yilda A.Abdullaevning 1984 yilda ishlangan mashhur avtoportretini turli davr va xalqlarga mansub buyuk rassomlar avtoportretlari saqlanayotgan dunyoning yirik to’plami, Uffitsidagi (Italiya) kartina galereyasiga berishi O’zbekiston san’ati uchun olamshumul voqea bo’ldi. Akademiklar R.Ahmedovning «Jizzahlik ayol» (1992) «Nigina» (1993) portretlarida oddiy insonlar, qishloq kishilari bo’lib, aynan ularda musavvir donishmandlikni ma’naviy poklikni, yuksak ahloqiy qoidalarni gavdalantirsa, R.CHorievning esa «Boysunlik qariya» (1996), «Sayroblik go’zal» (1997) kabi o’zbek xalqining eng yaxshi ma’naviy-axloqiy fazilatlarini tarannum etuvchi murakkab kompozitsion yechimdagi portretlari yaratildi. Ajoyib rangtasvirchi A.Ikromjonovning ilk ishlarida realistik asos kuchli ta’sir ko’rsatadi. Uning portretlari yuksak mahorat va diqqat bilan ishlanganligi, bo’yoqlarning fakturali qo’yilishi, naturani, hatto, fotosuratgacha tahlil etib chizilganligi, shuningdek, obrazning ruhiy to’laqonligi («Malika portreti» (1993), «Madina» (1993)) bilan ajralib turadi. Rassom R.Hudoyberdievni portretlari ham kishini befarq qoldirmaydi. («Xajar xola) (1999). Avvalgi ustalar uslubini qo’llagan holda musavvir hech qanday yordamchi vositalarsiz, to’q fonda portretlar yaratadiki, ular qahramon qiyofasini yanada mukammalroq chiqishida yetakchilik qiladi. Uning ajoyib asarlaridan biri «Bastakor R.Abdullaev portreti»dir. Portret janrida B.Jalolov realistik chizmalar yaratishda mislsiz darajaga erishadiki, bu borada «Saudiya Arabistoni qiroli Araviy faxd ibn Abdul Aziz» (1992), «Akademik S.Azimov portreti» (1998) va boshqa polotnolarni musavvirning o’zbek rangtasvirchilari orasida dunyo talablari darajasida yaratgan asarlari sirasiga qo’yish mumkin. S.Raxmetovning keyingi yillarda yaratgan eng yaxshi portretlari qatorida «Yunus Rajabiy portreti» (1993), «GFRning O’zbekistondagi elchisi G.Kun portreti» (1999) alohida ahamiyat kasb etadi. Ayol rassomlar A.Mamatovaning «Yulduz Usmonova portreti», SH.Abdullaevaning «O’zbek madonnasi», M.SHuvaevaning «Lola» portreti, Z.SHaripovaning «Avtoportret»lari ham shu davrlarda yaratilgan. Portretchi rassomlar qatorida o’z matolarida zamondoshlarimiz obrazlarini muhrlagan Y.Tursunnazarov, B.Salomov, I.Bahromov, CH.Bekmirov, M.Nuriddinov, O.Bakirov, B.Nazarov va boshqalarni ham sanab o’tish mumkin. Vodiy va tog’larning lirik manzaralari (R.Ahmedov, N.Qo’ziev, M.Saidov, Yu.Strelьnikov) va qishloq, shaharlardagi yangi hayotning alomat va xususiyatlarini namoyon etuvchi (V.Ziyoev, V.Enin, Yu.Taldikin, A.Jiboedov, M.Toshmurodov) janrli manzaralar yaratildi. Rassomlarning yangi avlodiga mansub realistik yo’nalishida R.SHodiev o’z ijodiy g’oyalarini birmuncha ehtiroslarga burkagan tarzda namoyon etadi. Musavvirning «Manzara» (1999), «Bayram» (1999) singari qarama-qarshi ijodiga xos bo’lgan yorqin ranglarda bajarilgan asarlarga qaraganda, 1999 yilda ishlangan «Dashtda tong» kartinasi ko’k-kulrang qora sovuq gammada yaratilganligiga qaramay, kutilmaganda o’zida mukammal kompozitsiyani gavdalantiradi. A.Mirzaeving «O’tmishdan ertaklar», «So’qmoqda» (1995), «Qizil tog’ etagidagi uchrashuv» (1996) asarlarida oddiy mavzular asosida rangin ifodaviy vositalarni kuchaytirishga intilish seziladi. O.Qozoqov milliy romantiklik biroz yorqinroq ranglar va murakkablashtirilgan kompozitsion yechimda shakllantirgan asarlar yaratdi. Uning aksariyat asarlari xalq folьklori va dostonlari asosida vujudga kelgandir. Bu borada «Kanizaklar» triptixi (1996) alohida e’tiborlidir. Rangtasvirli bezaklik, keskin plastik yechimlik, shuningdek chiziqlilik CHingiz Axmarov va uning shogirdlari S.Rahmonov va SH.Abdullaeva ijodida miniatyura an’analari singdirilgan. SHuningdek, shunday xususiyatlar samarqandlik T.SHoymardanovning («Hayotnoma» triptixi, 1991 y) va Toshkentlik rassom E.Zayniddinovning («Xalqimga» 1991 y) kartinalarida kuzatish mumkin. Miniatyurachi rassomlar N.Xolmatov, B.Yo’ldashevlar o’zlarini dastgohli rangtasvirda ham sinovdan o’tkazdilar. Yirik rangtasvirchi rassom Nikolay SHining teran g’oyali asarlari bir vaqtning o’zida fojeaviy ohang beradi. «Xotira yo’li» nomli turkum asarlaridagi kayfiyatga salbiy ta’sir etuvchi ohanglar «So’qoq» turkumlarida quvnoq bezakdor ohanglar bilan almashinadi. So’qoq manzaralari turkumida uslubning shartligi va bezakdorligi manbai - bu Koreyada ham, O’zbekistonda ham xalq amaliy san’atining an’analariga o’xshashlikdir. Bular folьklor mavzulari va naqshlar, turli xil xalqlarga mansub to’qilgan matolar va kashtalarning chekmalari, milliy o’yinchoqlarinng uslubiy o’xshashligi, inson va tabiat uyg’unlashuvining belgisidir. Ulardan N.SHin o’z nigohidan o’tkazgan holda aslan mavjud bo’lmagan, ammo chinakamiga g’aroyib real olamga aylanadigan san’at asarlarida foydalanadi. Umuman olganda izlanish ishlari olib borilayotgan mazkur davrda O’zbekiston rangtasvirning milliy-romantik yo’nalishi rivojlanishning yangi qobig’iga kirdi va zamonaviy rangtasvirning yorqin badiiy jihatlaridan biri bo’lib qoldi. V.Oxunov, S.Alibekov, B.Jalol, G’.Boymatov, J.Umarbekov, L.Ibroximov, A.Isaev, Z.Saidjonov, V.Kim,, J.Usmonov, G’.Qodirov, N.Imomov, A.Turdiev, F.Ahmadaliev, R.Akromov, A.Nur, SH.Hakimov, M.Qoraboev, T.Ahmedov, B.Muhamedov, B.Ismoilov, N.SHoabduraximov, T.Karimov va bir qator boshqa rassomlar ijodida falsafiy-tahliliy va assotsiativ-majoziy yo’nalishlar o’zining to’la aksini topdi. SHu bilan birga tahlil mobaynida ushbu rassomlarning ijodiga alohida baho berishda o’ziga xos yondoshilib, mavjud umumiy yo’nalishga xos alohida xususiyatlar bilan birga, ularning har birining shaxsiy uslubi hamda rangtasvirni ko’ra bilish qobiliyatga ega ekani namoyon bo’ladi. To’la ma’noda ularni avangardchilar deyish mumkin bo’lmasada, aynan shu guruh rassomlari O’zbekistonning 90-yillardagi rangtasvirininng yangi uslubiyatini vajudga kelishida asosiy o’rin egalladilar. Oxirgi o’n yillikda V.Oxunov ijodida 90-yillar boshida yaratgan («SHarqona qiyofalar», «Inkrustatsiya» «Buddaning tonggi sayri» 1991) mavsumiy-bezakdor mavzudagi turkum asarlari, uning keyingi g’oyaviy murakkab asarlariga asos bo’ldi («Meditatsiya» turkumi 2000). Bu asarlardagi chuqur falsafiy g’oya o’zining mazmunini nodir ijod shaklida namoyon qiladi. V.Oxunovning yangi plastik yechimlar izlanishi natijasida vujudga kelgan noyob loyihali installyatsiyalari, 2000 yilda Olmaotadagi xalqaro tanlovda Gran-priga sazovor bo’ldi. Respublikaning yetakchi rangstavirchisi B.Jalolovning shu davrda yaratilgan asarlari 80-yillarda yuzaga kelgan asarlarining tadrijiy davomi tarzida shakllanib, mutloq yangi shakliy va yorqin g’oyaviy plastik yechimlarini o’zida namoyon etdi. Binobarin, musavvirning ijodiga yuksak mahorat, rangtasvir plastik yechimlarning betakror nafosati, koinot va tabiat, inson va borliq uyg’unlashuvi, mavjudlik va ruhiyat musaffoligi kabi mavzular o’z muhimligini saqlab qoldi. Uning chizmakashlik iste’dodi yana takror shakliy rangtasvirga murojaat etishga undaydi. Rassomning ijodiy zakovati evrishlarga hamohangdir. B.Jalolovning yangi tarixiy voqeaning g’oyaviy qadriyatlarini aks ettiruvchi «Oltin asr» (1999) asari siyosiy voqelikka munosabat tarzida vujudga kelgan bo’lgan, unda Xumo qushining qanoti ostida otliq Amir Temur hamilador ayol hamrohligida tasvirlangan kompozitsiya, rasm va ranglar majmuasi nazokati Salьvador Dalining hayoliy asarlarini yodga soladi. Milliy timsollarning G’arb estetikasi bilan uyg’unlashuvida musavvirga xos SHarq bilan G’arbni uzviylikda mushohada etish xususiyati ayon bo’ladi. Musavvirning hayotiy shakllar olami chegaralarini buzib, beintihom fantaziyalarini gavdalantirish istagi ma’joziy silsilaviy talqindagi ko’plab asarlarning yaratilishiga olib keladi. U mahobatli rangtasvir sohasida avvalgidek shakliy ifodaga mo-yilligini saqlab qolsada, dastgohli rangtasvirda o’z hayolotiga cheksiz erk berdi. Biroq, u rang, shakl, chiziqlarni jilolantirar ekan, har safar rangtasvirning yangi imkoniyatlarini ishga solib, o’zini hech takrorlamaydi. Xullas, uning «Borliq sirlari» (1991), «Muhabbat bog’i» (1992), «Koinot ustunlari» «Buxoro» (1991), «Temur minorasi» (1996) asarlarida dekorativlik boshchilik qilar edi. Ushbu asarlarda chuqur falsafiy yechim yorqin dekorativ va aplikatsion kompozitsiya tamoyillari bilan uyg’unlashgan. B.Jalolov ayrim kompozitsiyalarida yumshoq chizgilarni afzal ko’rib, («Me’roj» (1996), «SHoir va ilhom parisi» (1996)) ularda islom san’ati estetikasini targ’ib etsa, boshqalarida esa o’tkir va aniq shakl, hamda chizgilarni tasvirlash bilan mudroq tuyg’ularni uyg’otishga harakat qiladi. («Oy nuri» (1995), «Kushonlar xotirasiga» (1998)). 1999 yilda Badiiy Akademiyaning Markaziy ko’rgazmalar zalida bo’lib o’tgan B.Jalolovning shaxsiy ko’rgazmasi, uning yorqin va to’kin iqtidori namoyishi bo’ldi. 1980 yillar o’rtalariga kelib «Inson tafakkuri» va «Men insonman» singari oddiy, shuningdek, tasvirni oliyjanob, yuksak kayfiyat va xitob bilan ifoda etuvchi rassom J.Umarbekov, yana o’n yillar o’tgach tomoshabinga quvnoq va hatto nimasi bilandir g’ayritabiiy asar («Taomil», «Ko’cha charxchisi» «Lo’li»)larni namoyish etishi uning ijodiga bo’lgan qiziqishni yanada jonlantirdi. 1980 yillar o’rtalari 1980 yillar boshlari san’ati kishilar ongida hayoliy, maishiy-ijtimoiy g’oya tarqatuvchi pozitivizm estetikasining inqiroziga uchraganligi o’z aksini topa boshladi. Lekin, J.Umarbekov rangtasvirni baholashga oshiqmadi, balki o’z mulohaza va hissiyotlari bilan unga sodiq qolib, o’zining ichki kechinmalarini hech qanday hovliqishsiz izxor eta oldi. Bu esa o’zining fojiaviy ohangi bilan P.Pikassoning mashhur «Gernika»siga juda yaqin bo’lgan «Zilzila» nomli kompozitsiyasida yorqin namoyon etilgan. O’zining koloriti bilan ohangrabo qo’shiq singari jaranglab turuvchi «Havorang musiqachilar» kartinasi, go’yo uzoq vaqt kutilgan tongdan darak berayotgandek tasavvur uyg’otadi. Bu asar ma’lum darajada uning 1990 yillar boshlarida vujudga kelgan turkum kartinalarining mantiqan zid tomonlarini tushuntirishga hizmat qiladi. Milliy hususiyatga ega bo’lgan palitraning barcha qudratli tomonini ko’rsatishga bo’lgan intilish J.Umarbekovni tor doiradagi milliy uslubiy «chegara»dan chiqib ketishga undaydi (ushbu chegarada-yorqin bezaklar ranglar, maishiy atributlar, shuningdek hayotga ijobiy munosabat bir-biriga aralashib, fikran bog’lanadi). Ruhiy kayfiyatning rangin jilosi va o’zbekona milliy hususiyatlar shubhasiz keng va boydir. J.Umarbekov buni his qiladi, uning ishlarida kayfiyatning keng gammasi, ohang, jo’shqin qiyofali nozik ranglar, xalqning o’ziga xos milliy fazilatlari ishtirok etadi. 90-yillar boshlarida yaratilgan yangi masrur ohangdagi asarlar yuqoridagi fikrlarin to’la tasdiqlaydi, ya’ni o’z-o’zini anglash va uni ijodda erkin ko’rsatish mantiqan O’zbekiston davlati mustaqilligi jarayoni bilan bog’lanadi. S.Alibekov asarlarida go’yo voqealikdek tez o’zgaradigan, o’tmishdek mustahkam narsa yo’q demoqchi bo’ladi. Ammo, uchlik - tarixdan, madaniyat uning va’zxonlik yo’li bilan o’zgartirishga qaratilgan intilish mavjudkim, bunda nasixatgo’ylik alomatlari mavjud. S.Alibekov ishlari nafis ranglarga boyligi va jozibadorligi, obrazlarning ko’tarinki ruhdaligi, ajoyib koloriti bilan farqlanib turadi. Uning kompozitsiyalaridagi tarixiy unsurlar, afsonaviy va ma’joziy personajlar hamda ohanglar alohida bir hayolot olamini tashkil etadiki, uni o’ziga xos sehrli doston deyish mumkin. Voqealar ta’sirida tom ma’noda fikrlar munosabatida rassomlik, o’ylab topilgan sahnalar zamirida ichki ma’no, izchil teranlik mavjud bo’lib, hikoya bayoni lo’nda, ma’joziy va hikmatli fikrlarga uyg’unlashib ketadi. Rassomning so’nggi yillarda yaratgan turkum asarlarida inson his-tuyg’ulari va qalb iztiroblari ajoyib hayoliy afsonaviy talqinda ifoda etilgan. Har bir kompozitsion asar - katta spektaklning bir parchasi - yaxlit badiiy voqealikning negizi mazmunini ifoda etuvchi jozibaga ega. S.Alibekovning g’ayri-oddiy, shoirona, chuqur mushohadalarga undovchi ishlari ham borki, ularda rassomning nafis hayoliy olami va badiiy iste’dodi yo’g’rilgan bo’lib, bu uning o’zini (ya’ni rassom shaxsini to’la namoyon etadi. «Piyongul gullagan lahza» (1995), «G’aroyib sharbat hidi» (1996), «Suzayotgan flamingo uchun xarorat» (1996) «Muvozanat bog’i» (1997) va boshqalar shular jumlasidandir. S.Alibekov ijodida bosh yo’nalish-shoirona fikrlash, ijodiy fikrinng yorqin parvozidir. Ularda ko’proq iliq-sovuq ranglar o’yiniga urg’u berilib, makon va rivojlanishdagi yechimlar: harakatni, sur’atni yoki aksincha to’xtab qolgan vaqtning (yiqilayotgan tayoqcha, askar holati, kapalaklar parvozi, qadimgi triton yuqori qismi odam, yarmi baliq dumi shaklidagi dengiz xudosi, toshga aylangan niqob va boshqalar) his qilish xususiyatlari ustunlik qiladi. Grafikachi rassom Lekim Ibragimovning o’zi uchun yangi ijodiy yo’nalishda o’z uslubiga sodiq qoladi: ishlanmagan matoda, shiddatkor chizgilarda ko’xna Turfon devoriy suratlaridan ilxomlanib, yengil va nafis shakllarni yaratadi. L.Ibragimov rangtasvirida ayollar obrazi yetakchi o’rin egallagan bo’lib, Buyuk uyg’ur malikasi («Malika», 1997), tabiat qo’ynidagi orom olayotgan yoki sahnada raqs tushayotgan qizlar («Sohilda» 1989, «Sahrodagi raqs» 1998). Qadimgi Xo’ton ayollari («Xo’ton ayoli» (1995), rangdor xonatlas kiygan raqqosalar («Atlas qushlar», 2000) bunga misol bo’ladi. Uning «Amudaryo» (2000) asarining kompozitsiyasida jannatmakon Osiyo zaminini tarannum etgan daryo obrazi ayol qiyofasida ifodalangan. Barcha mavjudot va maxluqot uning tevaragida mujassamdir. Sokin ranglar majmui, doimiy ranglar nafosati, chizmalarga xos shartlilik, ayon voqealikdan nusxa ko’chirmasa-da, musavvirning individual dunyoqarashini o’ziga xos betakror kompozitsiyalarda tarannum etish va nafaqat musavvirlik, balki shoirona iste’dod sohibi bo’lgan L.Ibragimov asarlarining belgilovchi xususiyatidir. Musavvir Akmal Nur ijodida muhabbat mavzui va uning umuminsoniy ahamiyati yetakchilik qiladi. «Sevgi olmasi», «Muhabbat bog’i», «Muhabbat daryosi» (1995), «Muhabbat oroli» (1998) asarlari jozibli nomlangan. Mazkur asarlarda musavvir turli ramziy ma’joziy timsollar, ya’ni oy, ho’kiz shohi, baliq, qayiq kabilarni qo’llaydi. Biroq, ushbu kartinalarda asosiy ma’no va umumiy plastik yo’sinni olma mavzusi egallaydi. Ba’zan esa olma bo’lingan xolda, uning fonida esa sevishganlar, ba’zan esa olma havoda muallaq holatda tasvirlangan. Mavzuning botiniy mazmuni asta-sekin ikkinchi planda berilib, olma tasviri muvaffaqiyatli joylashtirilib, uslubni mahorat bilan almashtirib turadi. Bu davrda yaratilgan asarlarning bosqichlari sezilarli darajada bo’lib, musavvirning 1998-yilda yaratilgan «Muhabbat oroli» polotnosi, 1995 yildagi asarlaridan tomoshabinga yengil kayfiyat baxsh etishi va kompozitsion yechimning nafisligi bilan ajralib turadi. Rassomning bu turkumdagi kartinalari bezakdorlik uslubining nozikligi bilan 1998 yilda bajarilgan «Ilhom parisi», «Rishton natyurmorti», «Dahldorlik», «Doira chalayotgan qiz» asarlariga juda yaqin turadi. SHunday qilib, mazkur asarlar rangtasvir vazifalarini rasmiylashtirishga urinish, yanada muayyan va mavhumroq plastik formulalarning izlanish bilan A.Nur ijodidagi yangi yo’nalishini aniqlaydi. Asliddin Isaevning «Bibixonim» (1992) polotnosining badiiy zamirida qandaydir sirli va hayotiy ohang bor. Mazkur asar va shu siraga kiradigan «Dohil bo’lish», «Yo’lda», «SHam» kabi asarlar sir-asrorga chulg’angan bo’lib, o’zida ko’p ma’nolik, rejadorlik sirini mujassamlashtirgandir. Iste’dodli rassom J.Usmonovning («Qushlar» «Yolg’izlik vodiysi», 1992, «Sevishganlar», 1992; «Anglash», 1993; «Mushohada», 1994) deb nomlangan turkum asarlari o’zgacha she’riy ohang taratadi. Musulmon madaniyatida qush - «qalb» timsoli, so’fiy ruhini qalbning doimiy mangulikka ketishi oldidagi o’z asli bilan qayta birlashishga intilishi. So’fiy tilining tilining qo’sh tili «zaboni murg’on» deb an’anaviy nomlanishi tasodifiy emas. O’rta asrlar miniatyura manzaralarini ifoda etish an’analarini davom ettirib, J.Usmonov tabiat va uning bir butunligini, cheksizlik va o’zgaruvchanlikni yaxlit mukammal o’yg’unlik singari talqin etadi («Kuzgi zikr», 1994. Uchlik, «Bahorgi shiddat», 1996; «Uyg’onish», 1997). J.Usmonov asarlarini yashirin va moddiy dunyo orasilagi uyg’unlikka ega ekanligi bilan SHarqning o’ziga xos mumtoz san’atining yorqin namunasi sifatida qabul qilindi. Temur Ahmedov rangtasvirida shakliy ijod nafisligi, ranglarning nozik bezakdorligi, istehzo va tuyg’u samimiyligi, yengil kulgu mavjud. T.Karimov ijodida realistik uslubdagi ishlar bilan birga ekspressionistik asarlar yonma-yon bo’lib, kishida aql va tuyg’ularning zo’riqqan qarama-qarshiligini, chizgilar va rangli dog’lar bo’rtishini, kompozitsiyaning ko’lamli modellashuvi va yakka bezak talqinini, shoirona tashbehlarni hosil qiladi. Qalam chizgining bejirimligi va lo’nda, zid ranglarning barala jaranglashi uning bir necha asarlariga xos. Balki bu turkumdagi asarlar markazida latiflik ramzi sifatida otlarning tasvir etilishi tasodif emasdir («Zarg’aldoq tusda» 1999). Mavhumlashtirilgan rang va muhit yetakchi mayin chiziqlar uyg’unligida shoirona kayfiyat hosil qiladi. Go’yo bir qarashda hech qanday fikr singdirilmaganday tuyulgan syujetlar, otni quchoqlab turgan bola, qo’lida olma ushlagan qizcha - hayotning haqiqiy qadriyatlari haqida mulohaza yuritishga undaydi. N.SHoabduraximov kartinalarida ayol, muhabbat, oila asosiy mavzu hisoblanadi. U ham boshqa yosh rassomlar qatori rangtasvirda yo’l qidira boshladi va u shaxsiy ijodiy uslubining asosi sifatida xalq amaliy san’atida ommaviy bo’lgan «quroq» texnikasini tanladi, bu uslub shabhasiz hech yo’qotishlarga yo’l bermaydi. Xalq san’atining mumtoz merosi bo’lgan bu ijod turli rangtasvirda shakl izlanishlariga mos tarzda atalib zamonaviy rassomlarni ilhomlantirgan, undan turli xil darajada muvaffaqiyat bilan foydalaniladi. Bir qaraganda oson tuyuladigan bu uslub alohida rang uyg’unligini va kompozitsiya tuzish mahoratini talab etadi. N.SHoabdurahimov rangtasvir muhitini, unda joylashtirilgan figuralarni rangli mozaikaga o’xshatadi, bunda ranglar o’zaro zid holda yoxud yagona tusga bo’ysundiriladi («Odam Ato olgan olma», 1992; 1998). Har bir kompozitsiya xuddi dekorativ panno sifatida qabul qilinadi, undagi syujet ko’proq ikkinchi darajaga tushib qoladi. B.Ismoilovning «Anor suvi» (1998) nomli asarida qo’ng’iroq ustasi o’ziga o’xshagan niqob yasovchi o’z qahramonlari orasida singib ketmoqda. Uning «Odam-qushlar» degan kartinasi esa hayotning mangu bayrami haqida so’ylab, tushlarimizda oralab yuradigan daydi masxaravozlar va sozandalar, odamlar, hayvonlar, mevalar, olti qanotli qushlar afsonaviy bir dunyoni aks ettiradi. Tushlarning rango-rang xazinasi bizga yangidan-yangi g’aroyib-ajoyib naqshlarni taqdim etaveradi. U dunyoni davrlar, taqdirlar va his-tuyg’ular almashib, intihosiz harakat paydo qiluvchi ulkan sahna timsolida ko’rinadi. Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, 1990 yillarga kelib, ko’pgina rassomlarning dunyoqarashlari o’zgardi, rangtasvirda yangi badiiy shakl va g’oyalar paydo bo’ldi. Ko’k otlarni (T.Karimov), sariq tovuslarni (G’.Qodirov) yoki o’rkachlarida o’sgan butalarda qizil olmalarni ko’targan tuyalarni (F.Ahmadaliev) qora, yarim oq oy ostida tinch turishini kutilmagan, zid ranglarda qachon ko’rish mumkin edi. Bu guruhning boshqa rassomlarida esa realikka baho, tavsiya berish deyarli istisno deyish mumkin. Biz ularning asarlarida xolis, beor, loqayd dunyonigina ko’ramiz. Go’zal manzara yetarli bo’lsa-da, qushlar hech nima haqida kuylashmaydi (J.Usmonov). Sevishganlar baxslashmaydi, rashk qilishmaydi, faqat o’zlarining shirin o’y-hayollariga g’arq holatda (SH.Hakimov, L.Ibragimov) gavdalanishadi. Syujetlarning rang-barangligi asarlardagi dekorativ yo’nalishlarga zid kelmaydi, ularni murakkablashtirmaydi (J.Umarbekov). Va hattoki, faol timsollar (qizil va oq atirgullar fojeaviy qora yoki ko’k liboslar fonida, zid ranglar munosabatida). Bu guruh rassomlari asarlaridagi ichki xotirjamlik va rohat farog’atni buzmaydi (G’.Qodirov). Ana shunday guruh vakillaridan biri - A.Nurning 1997-1998 yillarda ishlangan «Evrilish», «Humsan munchoqlari», Xumsanning kumush tongi», «Kuz bo’ylab chopayotgan» asarlarida ahloqiy-falsafiy xulosalarga intilmaydi. Uning turkum kartinalarida oydinlik, sharqona nafislik, ko’rkamlik ufurib turadi. («Oq she’r», «Malika», «Ohang»), shaxsiy falsafa, pand-nasixat ko’rinmaydi. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan so’ng shaxsiy uslubning, boshqacha plastik ifoda tili, alohida tashbehli usullar va timsollar doirasida izlanishlar dunyoga keldi. Buning ustiga avvalgi san’at falsafasidan farqli o’laroq, turli yoshdagi rassomlar ijodida bir-biriga o’xshamagan uslublar yaratishga intilish ishtiyoqi seziladi. Yangi rangtasvirdagi falsafiy-ijodiy munosabatda didaktik ohanglar istisno qilinmaydi, ammo, ular an’anaviy pand-nasihatdan ko’ra ko’proq faol mushohada qilishni yodga soladi. Rangtasvirdagi realistik yo’nalish zamonaviy badiiy jarayonda o’z mohiyatini saqlab turibdi. Mustaqillik sharofati bilan rangli tasvirdagi badiiy uslubiy manzara yangi xususiyatlarga ega bo’ldi va boyidi. Umuman olganda, O’zbekistonning milliy san’ati, jahon, Yevropa va sobiq sovet hududidagi respublikalar san’ati orasida mahalliy ham, o’ta novatorki, avangard ham bo’lmagan holda namoyon bo’ladi. 90-yillar rangtasvirchilari badiiy yo’nalishda to’ntarish yasaydigan harakatlarga kirishmadilar, ularning kiritgan yangiliklari «sokin inqilob» tusini kasb etdi. O’zbekistonda 90-yillarda uslubiy jihatdan o’ziga xos rassomlar guruhi shakllandi, ularning ijodiga qiziqish ham susaygani yo’q. Rassomlar ijodida evrilishlar sodir bo’lmoqda. Yangi plastik yo’nalishlarda jo qilgan hayoliy ertagu-dostonlar, xalq og’zaki ijodi va matallardagi timsollar, syujetlar, turli xil rasm-rusm va marosimlar bilan bog’liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirininng yangi bosqichini belgilab berdi. 1990 yillarga kelib maxobatli rangtasvir san’ati rivojini asosiy mezonlarda ijodiy erkinlikni, mavzu, holat va uslubiy usullarning erkin tanlanishi, eng muximi esa badiiy merosimizning boy an’analariga murojaat qilinishini namoyish etuvchi yangi saxifa ochildi, badiiy jarayon birmuncha qiziqarli va serharakatlik bilan kechdi. Bu davrda mahobatli rangtasvir sohasida alohida ahamiyat kasb etuvchi bir qator turkum devoriy suratlar B.Jalolov tomonidan yaratildi. Rassom Toshkentdagi «Turkiston» kontsert saroyining ichki interьerida SHarq lirikasi mavzusida ishlangan «Umar Hayyom tushi» asarida u kompozitsiyaning ajoyib plastik va ranglar yechimiga erishgan. O’zbekiston Milliy banki binosi ichki qismdagi «Nimaga tug’ilganimni hech kim aytmadi» (1993). Interkontinental mehmonhonasi interьeridagi «Navro’z», «Afrosiyob», «Tun ma’budasi» (1996) kabi pannolarida dabdaba va ko’pfiguralilik takrorlanmaydi. Tarkidunyochilikni ifoda etuvchi atributlar, qandaydir «so’fiyona» muhit vujudga keladi, rassom o’rta asr diniy mistik ta’limotining boqiy dunyoviy ruhini o’z mushohadasida aks ettirishga intila boshlaydi. Mahobatli rangtasvir kompozitsiyalarida avvalari ko’p murojaat etgan qiyofalar, ya’ni tarixiy arboblar, masxarabozlar va serviqor raqqoslar o’rnini endilikda navo qilayotgan faylasuf-shoirlar va darvishlar egallay boshlaydi. 1995 yil O’zbekiston xalqlari tarixi Davlat muzeyi ichki devorida u ilk marotaba yirik hajmda O’zbekiston tarixi va o’tmish madaniyati haqida retrospektiv tarzda hikoya qiluvchi «Abadiyat gumbazi ostida» nomli kompozitsion asarini yaratdi (74-rasm). Bu panno yangi O’zbekistonning ramziy g’oyasini ifodalashda, tarixiy va madaniy merosini e’lon qilishda o’ziga xos ahamiyatga egadir. Tomoshabinlar ko’zi o’ngida buyuk vatandoshlarimiz siymolari, O’zbekistonning badiiy merosidagi shoh asarlar, boy milliy tariximizni o’ziga xos bosqichlarini aniqlab keluvchi davrlar gavdalanadi. O’zbekistonning qadimgi shaharlarida juda keng tarqalgan mavzular B.Jalolov ishlarida kutilmagan nozik matnda aks etadi. O’z fikrlarini dunyoni xis etishi milliy anglash orqali berishga intilishi uning bosh vazifasiga aylanib qoldi. Bu borada muallif shunday yozadi: «Buxoro, Samarqand madaniyat merosidir, ularni men minoralar orqali emas, qiyofa va milliy hususiyatlar orqali mohiyatan anglashga harakat qilaman». B.Jalolovning asarlarida akademik maktabning mustahkam an’analari, shuningdek, boy hayoliy tafakkurga ega rassomning G’arb va SHarq san’ati estetikasini ustalik bilan uyg’unlash-tirgani seziladi. A.Aliqulov va u bilan hamkorlikdagi mualliflarning ke-yingi yillarda ishlarida ularni o’z plastik tillarini topishga uringanliklari natijasida birmuncha boshqacharoq uslubda ishlanganligini e’tirof etish joiz. Rassomlar yosh tomoshabinlar teatri interьeri uchun ishlangan «Jahon xalqlari ertaklari» mavzusidagi devoriy suratda yorqin yassi-bezakdorlik tarzida mashhur ertaklar qahramonlari dunyosini gavdalantiradi. Rassomlar interьerning ma’lum me’moriy qismlaridan shunchalar muvaffaqiyatli va unumli foydalanishganki, kirish eshiklari, shunindek devoriy yassi qismlari kompozitsiyaning mazmuniy va plastik jihatlari bilan uyg’unlashtirilgan. Devoriy rangtasvirning kompozitsiya va rangdagi yechimi yuksak mahorat bilan bajarilgan. A.Aliqulov boshchiligidagi guruh (A.Agahanyan, B.Olimxonov, SH.Bahriddinov) Toshkentdagi Olimpiya shuhrati muzeyi interьerining devoriy surati yechimi o’ziga xos, ya’ni harakatchan tarzda yechilgan ilk rejali kompozitsiyaning monoxrom siluetidagi antik atletlarga qarama-qarshi holatda sharq kurashchilari, kamondozlari va chavandozlari qiyofalari tasvirlangan. SHuningdek, shu guruh rassomlari tomonidan Mudofaa muzeyi interьeri uchun (1990 yillar oxiri) ham mahobatli jangga oid rangtasvir eng yaxshi sifatlarini aks ettiruvchi asarlar yaratildi. A.Aliqulov guruhining O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi uchun ishlangan oxirgi ishlaridan biri «Xalq ko’zg’olonlari va jadidchilik harakati» (2000) devoriy suratida yaqingacha «yopiq» bo’lgan O’zbekistondagi 1920-30 yillardagi milliy ozodlik harakatlari mavzusiga murojaat qilinganlik bilan ajralib turadi. U fuqarolik va vatanparvarlik tuyg’usi jarangi bilan sug’orilgan. Devoriy surat tili keng qamrovli va serma’no bo’lib, qarama-qarshi ranglarni uyg’unlashtirish orqali o’sha davrlar tarixiy muhiti beriladi. Bu ish mavzu va uslubiy jihatdan rangtasvir asariga yaqinligi bilan avvalgi devoriy suratlardan ajralib turadi (75- rasm). Toshkentdagi «Turkiston» kontsert saroyi interьerida O’zbekistonning ko’xna shaharlari tarixiy obidalari mavzusida ishlangan A.Ganning devoriy suratlarini Yu.CHernishovning Urganchda «Jayxun» mehmonxonasi, shuningdek, O.Xabibulinning O’zbekiston Respublikasi xalq ijodiyoti Davlat qo’mitasi, milliy matbuot-markazi, hamda A.Ikromov tumani banki binosi interьeriga ishlangan devoriy kompozitsiyalarini eslab o’tish ham joizdir. Qadim Xorazm tsivilizatsiyasi tarixiga bag’ishlab ishlangan mahobatli asari hajman kattaligi (200 kv.m.) bilan kishini hayratga soladi. Asar keyingi yillarda O’zbekistonda ishlangan yirik ko’lamdagi devoriy suratlardan deb e’tirof etilib, Yu.CHernishov dastgohli rangtasvir ustasi sifatida mashhur bo’lishiga qaramasdan mazkur kompozitsion asarda u o’zini mohir mahobatli rangtasvirchi rassom sifatida namoyish etadi. O.Habibulin ishlari, asosan, tarixiy mavzuga bag’ishlangan bo’lib, Amur Temur davri va Buyuk Ipak yo’liga oid bo’lgan O’zbekiston xalqlarining boy madaniy me’rosi bilan izviy aloqadordir. Uning enkaustika texnikasida ishlangan asarlari o’ziga xos tarzda O’zbekistonning naqsh san’ati yo’sinini boyitadi. 1990 yillar oxirlarida ko’pgina rangtasvirchi rassomlar o’zlarini mahobatli rangtasvirda sinab ko’rdilar. Bu borada samarqandlik rassom A.Isaev ijodi e’tiborga molikdir. U tempera texnikasida qator devoriy suratlar yaratdi. 1998 yilda Samarqand Davlat chet tillar instituti interьeriga uning tomonidan «Buyuk Ipak yo’li» nomli yirik kompozitsiya (uzunligi 43 metr; markaziy qismining buyi 2 metrdan 8 metrgacha) yaratilgan (73-rasm). Devoriy surat deyarli binoning butun vestibyulini egallaydi, uning markaziy qismi («Mehmonlar uchrashuvi») Samarqandga bag’ishlanadi, yon tomonlarida esa Buyuk Ipak yo’li bo’ylab joylashgan Hindiston, Hitoy, Misr, Italiya kabi mamlkatlarga bag’ishlangan sahnaviylik o’z ifodasini topgan. Devoriy surat cheklangan tarzdagi och-sariq va havorang tuslardan foydalanib amalga oshirilgan. 2000 yil A.Isaev Turkiston (Qozog’iston) shahridagi Xo’ja Ahmad Yassaviy me’moriy majmuasidagi uch zalni ramziy ma’noda uch davlat Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’istonga bag’ishlab ishladi. Devoriy surat tempera texnikasidan ishlangan. Samarqandlik mahobatli rangtasvirchilar E.Muhammadiev va N.Sultonovlar 2000-2001 yillarda A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti interьerida ishlangan «Ma’naviyat bo’stoni» nomli yirik hajmli (192 kv.m.) devoriy kompozitsiya ham shu uslubda yaratilgan. Beshta alohida kompozitsiyadan iborat bu devoriy surat qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo’lgan O’zbekiston madaniyati tarixiga bag’ishlanadi. 1970-80 yillar oxiriga kelib, «Usto» xalq ustalari birlashmasining ijodiy labarotariyasi faoliyati tashabbusi bilan CH.Ahmarov rahbarligida hamda N.Xolmatov va SH. Muhammadjonovlar ishtirokida miniatyura an’analarini qayta tiklash yangidan avj oldi. 1980 yillar oxiriga kelib miniatyura san’ati uslubida birinchi marotaba mahobatli devoriy suratlar yaratish «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan muomilaga kiritildi. Guruhning deyarli barcha a’zolari - T.Boltaboev, H.Nazirov, G’.Kamolov, va S.Qoraboevlar o’z faoliyatini lokli miniatyurada boshlaganlar, biroq birgina o’z ustozi va rahbarlari mashhur mahobatli rangtasvirchi rassom CH.Ahmarov tajribalaridan ilhomlanib, Angren shahridagi 100 kv.m. hajmida «Ulug’bek maktabi» devoriy suratini yaratdilar. 1996 yil «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan Toshkentdagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi interьerini bezatildi. Interьerdagi 200 kv.m. o’lchovi Amir Temurga bag’ishlab ishlangan «Buyuk sohibqiron - buyuk bunyodkor» uchligi (1 levkas, tempera, oltin) Interьerning markaziy qismida 200 kv.m. joylashtirilgan va o’zida: «Tug’ilish», Ulg’ayish», «Meros» mavzularini birlashtiradi. Devoriy surat ranglar va kompozitsion-makoniy yechimiga ko’ra muvaffaqiyatli chiqqan. Tilla hal bilan bezaklangan hoshiyali ichki gumbaz, markaziy zal ustunlari va ulkan billur qandillar bilan uchlik juda nozik tarzda uyg’unlashgan. Devoriy surat o’zining tantanavor jarangi bilan unutilmas taassurot qoldiradi. Asosiy qahramon, ya’ni Amir Temur qiyofasini aks ettirishda rassomlarning sohta kayfiyat, dabdabalilikdan chetlashgan holda, shuningdek, salobatli tasvirlay olganliklari, ayniqsa, muhimdir. Devoriy suratda Amir Temurning asosiy xususiyati, hukmdor shaxsini o’ziga xos jihatlarini ta’kidlovchi yaratuvchilik va bunyodkorlik faoliyati sahna va personajlar bilan muvofiqlashtirilgan Xulosa: O’zbekiston xalqlarining boy madaniy me’rosi bilan izviy aloqadordir. Uning enkaustika texnikasida ishlangan asarlari o’ziga xos tarzda O’zbekistonning naqsh san’ati yo’sinini boyitadi. 1990 yillar oxirlarida ko’pgina rangtasvirchi rassomlar o’zlarini mahobatli rangtasvirda sinab ko’rdilar. Bu borada samarqandlik rassom A.Isaev ijodi e’tiborga molikdir. U tempera texnikasida qator devoriy suratlar yaratdi. 1998 yilda Samarqand Davlat chet tillar instituti interьeriga uning tomonidan «Buyuk Ipak yo’li» nomli yirik kompozitsiya (uzunligi 43 metr; markaziy qismining buyi 2 metrdan 8 metrgacha) yaratilgan (73-rasm). Devoriy surat deyarli binoning butun vestibyulini egallaydi, uning markaziy qismi («Mehmonlar uchrashuvi») Samarqandga bag’ishlanadi, yon tomonlarida esa Buyuk Ipak yo’li bo’ylab joylashgan Hindiston, Hitoy, Misr, Italiya kabi mamlkatlarga bag’ishlangan sahnaviylik o’z ifodasini topgan. Devoriy surat cheklangan tarzdagi och-sariq va havorang tuslardan foydalanib amalga oshirilgan. 2000 yil A.Isaev Turkiston (Qozog’iston) shahridagi Xo’ja Ahmad Yassaviy me’moriy majmuasidagi uch zalni ramziy ma’noda uch davlat Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’istonga bag’ishlab ishladi. Devoriy surat tempera texnikasidan ishlangan. Samarqandlik mahobatli rangtasvirchilar E.Muhammadiev va N.Sultonovlar 2000-2001 yillarda A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti interьerida ishlangan «Ma’naviyat bo’stoni» nomli yirik hajmli (192 kv.m.) devoriy kompozitsiya ham shu uslubda yaratilgan. Beshta alohida kompozitsiyadan iborat bu devoriy surat qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo’lgan O’zbekiston madaniyati tarixiga bag’ishlanadi. 1970-80 yillar oxiriga kelib, «Usto» xalq ustalari birlashmasining ijodiy labarotariyasi faoliyati tashabbusi bilan CH.Ahmarov rahbarligida hamda N.Xolmatov va SH. Muhammadjonovlar ishtirokida miniatyura an’analarini qayta tiklash yangidan avj oldi. 1980 yillar oxiriga kelib miniatyura san’ati uslubida birinchi marotaba mahobatli devoriy suratlar yaratish «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan muomilaga kiritildi. Guruhning deyarli barcha a’zolari - T.Boltaboev, H.Nazirov, G’.Kamolov, va S.Qoraboevlar o’z faoliyatini lokli miniatyurada boshlaganlar, biroq birgina o’z ustozi va rahbarlari mashhur mahobatli rangtasvirchi rassom CH.Ahmarov tajribalaridan ilhomlanib, Angren shahridagi 100 kv.m. hajmida «Ulug’bek maktabi» devoriy suratini yaratdilar. 1996 yil «Sanoyi-nafisa» guruhi tomonidan Toshkentdagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi interьerini bezatildi. Interьerdagi 200 kv.m. o’lchovi Amir Temurga bag’ishlab ishlangan «Buyuk sohibqiron - buyuk bunyodkor» uchligi (1 levkas, tempera, oltin) Interьerning markaziy qismida 200 kv.m. joylashtirilgan va o’zida: «Tug’ilish», Ulg’ayish», «Meros» mavzularini birlashtiradi. Devoriy surat ranglar va kompozitsion-makoniy yechimiga ko’ra muvaffaqiyatli chiqqan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Alessandro Areangeli.Cultural history a concise Introduction.New York,2012. 2.Abdullayev.N.U San`at tarixi.1-2 tom.-T.:San`at,2001 3.Xoji Ismatulloh Abdulloh.Markaziy Osiyoda islom madaniyati.-T: Sharq,2005 4.Hamidov.H. XVI-XIX asarlar yurtimiz madaniyati tarixidan lavhalar.-Toshkent:Sharq.2009 5.O`zbekiston san`ati.(1991-2001 yil)-T.:Sharq.2001. 6.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo`limizni qattiyat bilan davonm ettirib yangi bosqichga ko`taramiz.T.I.-Toshkent.:O`zbekiston.2017. 7. Mirziyoyev Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilaan quramiz.-T.:O`zbekiston :2017. 1 Дарвиш Али Чанги. Среднеазиатский трактат о музыке. Перевод с персидского проф. А.А.Семёнова. Ташкент. 1946. Download 66.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling