Talaba: Razzaqov R
Download 22.69 Kb.
|
3-17 Guruh Razzaqov Ruslan Tarix seminar 6-dars
Guruh: 3-17 Talaba: Razzaqov R. Rahbar: Abdullayev Sh. Seminar 6-dars 1. Imom al- Buxoriy majmui qaerda, qachon bunyod etilgan. Uning meʼmoriy- kompozitsion yechimi. 2. Fargʼona va Quvadagi al- Fargʼoniy meʼmorial majmualariga izoh bering. 3. Imom al-Motrubiy yodgorlik majmuining ahamiyati, uning meʼmoriy- kompozitsion yechimi taʼriflab bering. 4. Toshkent shaharning 2200 yilik yubilei munosabati bilan taʼmirlangan haqidagi bilimigizni namoyon eting. 5. Qarshi shaharning 2700 yilik yubilei munosabati bilan qaysi tarixiy obidalar qaytadan tiklanadi? Misol keltiring iva izoh bering. 6. Margʼilon shahrining necha yillik yubileyi va qachon nishonlandi. Javoblar.
2. Fargʼona va Quvada ulugʼ munajjim, qomusiy olim al-Fargʼoniyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan barpo qilingan keng miqyosdagi obodonchilik namunalari — Fargʼoniy oromgohi, Quva Shahristonining tiklanishi Vatanimiz koʼrkiga-koʼrk boʼlib qoʼshildi. Shuningdek, islom dunyosida alloma Imom al-Moturudiy qabri ustida Samarqandda qurilgan yodgorlik majmui, butun dunyo tan olgan buyuk ajdodimiz, fikh olimi Burhoniddin al-Margʼinoniy tavalludining 912 yilligi munosabati bilan Margʼilon shahrida qad koʼtargan yodgorlik majmualari ham qadimiy anʼanalarimizga asoslangan istiqlol meʼmorligimizning betakror obidalariga aylanib qoldi. 3. Moturidiy yodgorlik majmui — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Imom al-Moturidiy tavalludining IZO y.ligi (2000) munosabati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqand shahri markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi oʻrnatilgan (xududi 4 gektarga yaqin). Yodgorlik Registon ansambliyaqinida, Vobkent, Gʻijduvon va Buxoro koʻchalari oraligʻida joylashgan. Bosh kirish qismi Vobkent koʻchasidagi xiyobon orqali. Loyihaga koʻra, 3 qism (markaziy, bogʻ va xoʻjalik in-shootlari)ga boʻlingan, ular oʻzaro bir-biri bilan xiyobonli yoʻlka orqali bogʻlangan. Loyiha oʻqi manzarali mujassamotda yaratilib, ramziy maqbara bi-nosiga tutashgan. Sharsharali favvoralar xiyobonli yoʻlka markazida qurilib, atrofi obodonlashtirilgan. Yodgorlik meʼmoriy loyihasi va badiiy yechimida oʻzbek milliy mahobatli sanʼatiningeng yaxshi anʼanalari qoʻllangan. Maqbara pishiq gʻishtdan, murabba tarxli (12x12 m), shifti gumbazli (balandligi 15 m), poygumbazi24 kichik ravoqchalarga boʻlinib, ganchkoripanjaralar bilan bezatilgan. Panjaralar yuqorisi murakkab tuzilishdagi muqarnaslar bilan toʻldirilgan. Xona markaziga qoʻyilgan sagʻanada arab yozuvida buyuk olimninghadis soʻzlari bitilgan. Moturidiy, Abu Mansur al-Moturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-hudo", "Imom al-mutakallimin" ("Hidoyat yoʻli imomi", "Mutakallimlar imomi") nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Mu'in an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi. Moturidiyning asosiy asarlari "Kitob at-tavhid" ("Yakkaxudolik haqidagi kitob"), "Taʼvilat ahl as-sunna" ("Sunniylik anʼanalari sharhi")dir. "Kitob at-Tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi taxlil etilgan. Moturidiy "Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir", deb taʼkidlagan edi. Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Maʼ-xaz ash Shariʼa" ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy taʼlimot asoslari kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqidagi kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan "Taʼvilot al-Qurʼon" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish "Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin" ("Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma") kitobi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Mamlakatimizda Moturidiy merosini oʻrganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000 yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Prezident I. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi (qarang Moturidiy yodgorlik majmui). Toshkent va Samarqandda Moturidiy taʼlimoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini oʻrgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. 2001 yilda Gyottin-gen (GFR) untining prof. Ulrix Rudolf qalamiga mansub "Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti" kitobi oʻzbek tilida nashr etildi. 4. O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 18 yilligi bayrami arafasida Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyi nishonlanmoqda. Bugungi kunda Toshkent faqatgina yirik iqtisodiy va ilmiy markaz bo’libgina qolmay, balki birinchi navbatda xarqaro maydonda O’zbekistonning doimo rivojlanib borayotgan obro’si timsoli sifatida tanilgan. Insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishiga katta hissa qo’shgan zamonaviy Toshkentni xalqaro do’stlik va tinchlik ramzi deb atash mumkin. YUNESKO Bosh konferensiyasining 34-sessiyasida 2007 yil 2 noyabrda Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyini nishonlash haqidagi qarori qabul qilindi. Bu esa xalqaro hamkorlikning O’zbekiston poytaxti mohiyatiga yuqori baho berishidan dalolat beradi. 2007 yilda Xalqaro islom tashkilotining qaroriga binoan maorif, ilm va madaniyat bo’yicha Toshkent shahri siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy hayotiizning jamlanmasi bo’lib hisoblanadi, bu yerda O’zbekistonning hayoti hal bo’ladi. Kelgusi o’zgarishlar rejasi tuziladi, buyuk kelajak poydevori quriladi. 2200 yillik yubileyi arafasida, o’zida qadimiy va zamonaviy me’morchilik urf-odatlarini uyg’unlashtirgan poytaxtimiz ko’rinishi tanib bo’lmas darajada o’zgarib ketdi. Ushbu bayramga «O’zbekiston pochtasi» OAJ tayyorlangan va O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag’ishlangan maxsus pochta markalari turkumi 2009 yil 17 avgustdan pochta muomalasiga chiqarildi. Shu munosabat bilan bugun Toshkentpochtamtida maxsus xotira tamg’asini so’ndirish marosimi bo’lib o’tdi. Pochta markalarida: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosi – Oliy Majlis dinosi), O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosi (Senat dinosi), Toshkent Xalqaro biznes markazi – (Toshkent Xalqaro diznes markazi), O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi – (Temyriylar tarixi davlat muzeyi), Turkiston saroyi – (Turkiston saroyi), G’azrati Imom majmuasi Baroqxon madrasasi – ( Hazrati lmom majmuasi Baroqxon madrasasi), Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi — (Qatag`on qurdonlarini xotirasi muzeyi) va Buyuk ipak yo’li xaritasi fragmenti – (Vuyuk ipak yo`li) tasvirlangan. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 sentyabrdagi "Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida"gi qarori va Uzbekiston Resggublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi "Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga doir qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroridan keyin shaharda keng koʻlamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar meʼmoriy obidalar taʼmirlandi. Shaharda "Nasaf", "Geolog" sport majmualari, tennis korti, yopiq choʻmilish havzasi, sportsogʻlomlashtirish inshootlari, 20 ming oʻrinlik stadion, Olimpiya zaxiralari sport kolleji va boshqalar qurilmoqda. Viloyat teleradiokompaniyasi, Qarshi jamoatchilik va Qashqadaryo kabel televideniyelari ishlab turibdi. 1999 ydan "Nasaf" shahar gaz. chiqariladi. Qarshidan "Nasafiy" taxallusi bilan koʻplab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning "Majolis unnafois" asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va sanʼat sohasida), Qusam Shayxlar (diniy ilmlar sohasida) shuhrat qozonganlar 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 7 sentabr kuni Marg‘ilon shahrining 2000 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida ma’naviy sarchashmalarimiz qayta ko‘z ochdi. Ayniqsa, milliy qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni chuqur o‘rganish, me’moriy yodgorliklar hamda ziyoratgohlarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buyuk allomalarimiz va qadimiy shaharlarimizning yubileylari xalqaro miqyosda nishonlanayotgani ham buning yaqqol dalilidir. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi kabi shaharlarimiz Sharqning ma’rifat beshigi sifatida mashhur. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan qadimiy va navqiron Marg‘ilon ham mamlakatimizning shonli tarixi, milliy qadriyatlarimizning shakllanishi va rivojlanishida alohida o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbarining 2005 yil 9 noyabrda qabul qilingan “Marg‘ilon shahrining 2000 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorini butun yurtdoshlarimiz ko‘tarinkilik bilan kutib oldi. Mazkur qaror milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, Marg‘ilondagi tarixiy obidalarni tiklash, uni obod etish va shahar ahli farovonligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Qadimiy Marg‘ilon bugun bayram og‘ushida. Barchaning yuzida, ko‘zida bayramona kayfiyat, shu yurtdan, shu eldan, Istiqlolimizdan faxrlanish tuyg‘usi aks etib turibdi. Boy tarixi va betakror madaniyati, ma’naviyat va ma’rifati bilan dunyo xalqlari diqqatini hamisha o‘ziga tortgan ikki ming yoshli Marg‘ilon bugun har qachongidan ham tarovatli manzara kasb etgan. Darhaqiqat, qadimiy shahar qisqa vaqt ichida tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi. Yubiley munosabati bilan barpo etilgan inshootlar orasida Yoshlar xiyoboni alohida o‘rin tutadi. U akvapark, 1400 o‘rinli amfiteatr, choyxona, internet-kafe va ko‘plab attraksionlarni o‘z ichiga olgan. Qariyb 10 gektar maydonni egallagan xiyobonning kattagina qismi ko‘kalamzor. Qutlug‘ to‘y sururidan yanada go‘zal va ko‘rkam qiyofa kasb etgan ushbu xiyobon markazidagi amfiteatr Marg‘ilon yubileyi shodiyonalarining ishtirokchilari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan gavjum. Soat 18.30. Yubiley tantanalari boshlanishidan darak berib chorlov musiqasi yangraydi. So‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga beriladi. Davlatimiz rahbari tantana ishtirokchilarini, ularning siymosida Farg‘ona ahlini, butun xalqimizni Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi bilan muborakbod etdi. Bugungi kunda Marg‘ilon shahri nafaqat tarixiy maskan, balki navqiron va zamonaviy shaharga aylanganligi istiqlol bergan imkoniyatlar va xalqimizga xos bunyodkorlik salohiyatining yorqin dalili ekanligini alohida ta’kidladi. YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Anna Paolini bayram ahliga mazkur xalqaro tashkilot bosh direktori Koichiro Matsuuraning bayram tabrigini yetkazar ekan, Marg‘ilon o‘zining boy tarixi, madaniyati va ma’naviyati, hunarmandchilik an’analari bilan dunyo xalqlarini doimo hayratga solib kelganligini qayd etdi. Tantanada so‘zga chiqqan marg‘ilonlik quruvchi Kamoliddin Yo‘ldoshev, Marg‘ilon tibbiyot kolleji o‘quvchisi Zilola Boltabova mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida muqaddas zaminimizdagi sivilizatsiya beshiklaridan bo‘lgan qadimiy shaharlarimizning qutlug‘ to‘ylarini nishonlash mamlakatimizda xayrli an’anaga aylangani, yurtimizning barcha go‘shalarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganini ta’kidladilar. Marg‘ilon shahrining 2000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq keng qamrovli chora-tadbirlar shaharning tubdan obodonlashuvi, tarixiy obidalarining tiklanishi, aholining yashash va mehnat sharoiti yaxshilanishida, kishilar kayfiyatining yanada ko‘tarilishida juda katta ahamiyat kasb etgani uchun Yurtboshimizga minnatdorlik izhor etdilar. Shuni ta’kidlash joizki, Marg‘ilon to‘yiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar miqyosi va mazmuni, avvalo, shahardagi tarixiy obidalarning qayta tiklanishida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bir qancha qadimiy maskanlar va ziyoratgohlarda keng ko‘lamdagi qurilish hamda obodonlashtirish ishlari bajarildi. Davlatimiz rahbari Marg‘ilonga tashrifi chog‘ida ana shunday inshootlardan biri – Said Ahmad Xo‘ja Eshon madrasasida bo‘ldi. 1870-1875 yillarda Farg‘ona me’morchiligi uslubida qurilgan bu bino ayni vaqtda marg‘ilonlik hunarmandlar markaziga aylantirilgan. Bu imorat o‘z davrining taniqli ziyolilaridan bo‘lgan Said Ahmad Xo‘ja tomonidan bunyod etilgan. Bu ma’rifatparvar tadbirkor mahallasidagi bolalarning ilm-ma’rifatli bo‘lishini istab, savobli ishga qo‘l urgan – ushbu binoni – madrasani qurdirgan. Majmuada Marg‘ilonning 2000 yillik to‘yiga bag‘ishlab hunarmandlik va xalq amaliy san’ati namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan hunarmandlar o‘z mahsulotlari – misgarlik, zardo‘zlik, adras, atlas, gilamchilik buyumlari bilan ishtirok etdi. Yurtboshimiz ularni ko‘zdan kechirar ekan, atlas, adras va gilam nusxalari o‘zining betakror milliy naqshi, tabiiy bo‘yoqlari, toza ipakdan tayyorlanganligi bilan e’tirofga sazovor ekanini qayd etdi. Shu bilan birga hunarmandlarni xomashyo bilan ta’minlash, mahsulotlarini ko‘paytirish va sotishda ularga har tomonlama yordam berish zarurligini ta’kidladi. Download 22.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling