Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”. O'Zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o'tish davri va taraqqiyot bosqichlari


Download 0.79 Mb.
bet1/9
Sana23.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1111430
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'ZBEK MODELI

  • MUSTAQILLIK VA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHNING
  • “O'ZBEK MODELI”. O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT
  • QURISHDA O'TISH DAVRI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI.
  • Reja:
  • Mo
  • us
  • «O’zbek modeli»
  • hiq
  • oz
  • oz
  • zb
  • osh
  • «
  • XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan chuqur iqtisodiy- ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar natijasida
  • rivojlanishning zamonaviy modellari shakllana boshladi. «Model» tushunchasining talqinlari turlicha bo'lib, ular
  • ba'zan umumiylik jihatlariga ega bo'lsada, ko'pincha bir-biriga unchalik mos kelmaydi. Ba'zi olimlar
  • modelni «davlat tuzumi» desa, boshqalari «ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» deb talqin etadi. Yana ba'zilari esa
  • uni «ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yo'li shaklining chizgilari (ko'rinishi)», deb talqin etadi. Ba'zi o'zbek
  • olimlarining fikricha, model – «iqtisodiy bazisning asosi bo'lgan huquqiy, ma'muriy, xo'jalik (bank, kredit,
  • soliq va boshqa) mexanizmlar yordamida muvofiqlashadigan o'zaro iqtisodiy munosabatlarning keng
  • ko'lamli tizimidir». Shuningdek, model ko'pincha «rivojlanish modeli» yoki «iqtisodiy rivojlanish modeli»
  • tushunchasi sifatida ilmiy muomalaga kira boshladi. Aksariyat olimlarning fikricha, model «jamiyatda amal
  • qilayotgan mulkiy munosabatlar va tashkiliy shakllar asosida ro'y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlaryig'indisi
  • mazkur jamiyatning iqtisodiy modelini tashkil etadi». Model mohiyatini tushunish asosida jamiyatning xo'jalik
  • hayotining ko'plab qonuniyatlarini anglab yetish mumkin.
  • Keyingi o'n yilliklarda bozor, buyruqbozlik va aralash modellarni bir-biridan ajratib ko'rsatish rusumga kirdi.
  • Aksariyat mamlakatlar intilayotgan model – bu bozor iqtisodiyoti modelidir.
  • Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti tarmoqlanib ketgan biznes huquqiy me'yorlari muhitida bir-biriga o'zaro ta'sir
  • etuvchi, turli-tuman ishlab chiqaruvchi, tijoriy, moliyaviy va axborot kabi ko'plab tuzilmalaridan iborat – bozor
  • deyiladigan yagona tushunchada o'z ifodasini topadi.
  • Bozor iqtisodiyotining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: xo'jalik faoliyatining erkinligi; bozor
  • subyektlarining teng huquqli bo'lishi; iqtisodiy mas'uliyat va tadbirkorlar tavakkal qilishga moyilligi; iqtisodiy
  • raqobat; mollarga baho belgilash erkinligi; moliyaviy ko'rsatkichlarning yetakchilik roli; bozorning barchaga
  • taalluqli bo'lishi; bozorning ochiqligi; davlat tomonidan muvofiqlashuvi; aholini ijtimoiy himoyalash.
  • Amerikacha model aholining faol qismini boyishiga, tadbirkorlik faolligini hartomonlama
  • rag'batlantirish tizimi asosiga qurilgan. Aholining kam ta'minlangan guruhlari uchun turli imtiyozlar va
  • ko'mak berish hisobidan maqbul hayot darajasi yaratiladi. Bu modelda ijtimoiy tenglik masalasi
  • qo'yilmaydi. Bu model yuqori mehnat unumdorligiga va shaxsiy muvafaqqiyat qozonishga asoslanadi.
  • Yapon modeli uchun mehnat unumdorligining o'sishiga nisbatan aholining hayot darajasini (jumladan,
  • ish haqi darajasi ham) orqada qolishi xaraktedi jihatdir. Ana shu hisobdan mahsulot tannarxini
  • pasaytirishga erishiladi, bu mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshib boradi. Bu kabi
  • model milliy o'zini o'zi anglashning yuqori darajasiga erishish, ayrim olingan inson manfaatlaridan millat
  • manfaatlarini ustuvorligini ta'minlash, aholini mamlakatni gullab-yashnashi uchun fidoyilik qilish
  • salohiyatini rivojlanishi natijasi asosidagina yashay oladi.
  • Shved modeli aholining kam ta'minlangan qatlamlari foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash
  • hisobiga mulkiy tengsizlikni qisqartirishga mo'ljallangan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish bilan ajralib
  • turadi. Bu davlat hammasi bo'lib 4 % asosiy fondlarga egalik qilsada, o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab
  • davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 50 %idan ortiqrog'ini tashkil eta boshladi. Biroq, bu
  • xarajatlarning yarmidan ko'prog'i ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo'naltiriladi.
  • Fransuz modeli – davlatning yuqori muvofiqlashtiruvchi roli (1947-yildan buyon
  • rivojlanishning besh yilliklar bo'yicha istiqbolni belgilashga amal qilinadi); davlatning
  • to'g'ridan to'g'ri ishbilarmonlik faoliyatining ancha keng miqyosli ekanligi; davlatning
  • kapital jamg'arish jarayoniga aralashuvi.
  • Janubiy Koreya modelining yapon modeliga o'xshash umumiy jihatlari mavjud.
  • Ularga mamlakat aholisining psixologik taxliti, yuqori darajada mehnatsevarligi va o'z
  • burchiga mas'uliyat bilan yondashuvi, shuningdek konfutsiychilik axloqiy me'yorlarga
  • asoslanishini misol tariqasida keltirish mumkin. Har ikkala model uchun xos jihat
  • sifatida davlat organlarining iqtisodiyotni qayta qurishda faol ishtirok etishlarini
  • keltirish mumkin.
  • Va nihoyat, Janubiy Koreya modelining yana bir unsuri — bu davlat tomonidan qisqa
  • muddatlar ichida mayda va o'rta tadbirkorlikning qo'llab-quwatlashi natijasida o'rta
  • sinfning shakllanishini keltirish mumkin. O'tgan asrning 90-yillari oxirida Janubiy
  • Koreya va yapon modellari bozor mexanizmlariga kuchli davlat aralashuvini o'z
  • boshidan kechirdilar. Natijada yapon modelining jahon moliyaviy inqiroziga
  • moslashish darajasi kuchsiz ekanligi sezildi.
  • Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va
  • «O’zbek modeli»ni ishlab chiqishning zarurati
  • O'zbekistonning uzoq davr sho'rolar mamlakati tarkibida rivojlanishi, kommunistik partiya siyosati tufayli
  • milliy o'zlik, milliy qadriyatlar va madaniyatning inqirozga uchrashi, sobiq totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan
  • rejali iqtisodiyot, mam- lakatning inqirozlar arafasiga kelib qolganligi rivojlanishning faqat va faqat O'zbekistonga
  • xos bo'lgan modelini ishlab chiqish va qo'llash zaruratini keltirib chiqargan edi.
  • O'zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakka hokim mafkura zulmi ostida yashadi.
  • Kommunistik mafkura o'z tabiatiga binoan totalitar ruhdagi mafkura bo'lib, u asosan hayotning barcha jabhalarini
  • egallashga, har bir insonning shaxsiy hayotini ham butunlay nazorat qilishga da'vogar edi. Totalitar mafkura o'z
  • tabiati va xarakteridan kelib chiqib «buyuk kelajak» uchun o'tmishni ham, boshqa har qanday mafkuralarni ham
  • inkor etgan edi.
  • Jamiyatning barcha sohasidagi hokimiyat butunlay partiyaga tegishli bo'lib, kommunistik partiya bilan
  • davlat apparati bir-biri bilan chirmashib va qo'shilib ketgan edi. Shuningdek, jamiyatning davlatlashtirish darajasi
  • ham o'zining eng yuksak cho'qqisiga chiqib, davlatdan mustaqil bo'lgan ijtimoiy hayot va jamiyatning demokratik
  • institutlari butunlay yo'q qilindi: kommunistik partiyadan boshqa barcha partiyalar tor-mor qilindi, barcha jamoat
  • tashkilotlari va nodavlat birliklar hukmron partiyaga bo'ysundirildi. Huquq va qonunlarning jamiyatdagi o'rni
  • pasayib, kommunistik partiya qonun bilan cheklanmagan va qonunga bo'ysunmagan cheksiz vakolatlarga ega bo'ldi.
  • Kommunistik partiya apparati iqtisodiyotning barcha sohalarini monopoliya qilib olgan holda ma'muriy-
  • buyruqbozlik usulida rahbarlik qila boshladi.
  • Kommunistik partiya shaxs hayoti, oila, din, san'at, fan, madaniy an'analar kabi ijtimoiy hayot sohalarini
  • ham o'z nazorati ostiga olib, bu sohalardagi qadriyat va me'yorlarni belgilab berishga ham da'vogarlik qila boshladi.
  • Jamiyat a'zolarining erkin fikrlash, mehnat qilish va o'z shaxsini intellektual va ma'naviy jihatlardan yuksaltirish,
  • yaratuvchilik ijodiy qobiliyatini takomillashtirish kabi sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari totalitar rejim tomonidan
  • siqib qo'yilganligi uchun ham sobiq sho'ro jamiyati o'zini o'zi rivojlantirish va yangilash imkoniyatlaridan deyarli
  • mahrum bo'lgan edi. Shuning uchun ham bu jamiyat tez o'zgarayotgan dunyoga nisbatan moslasha olmadi.
  • Kommunistik partiya va davlatning ishlab chiqarish va moddiy-ma'naviy boyliklarni taqsimlashdagi o'rnining
  • beqiyosligi, ularning xususiy mulkchilik va bozor raqobatchiligini ta'qiqlash siyosati, shuningdek, ortiqcha ijtimoiy
  • differensiatsiyaga yo'l qo'ymasligi oqibatlarida jamiyat va davlat rivojlanishidagi barcha maqsadlar majburlash
  • vositalarida amalga oshirila boshlandi. Boshqacha aytganda, boshqaruv noiqtisodiy usullarda, ya'ni iqtisodiyotning
  • rivojlanish qonuniyatlarini hech bir hisobga olmagan holda amalga oshirildi. Shuning uchun ham jamiyatda
  • demokratiya unsurlarining shunchaki yashashi uchun biron-bir imkoniyat ham yo'q edi.
  • Davlat hokimiyatining barcha jabhasi faqat kommunistik partiyaga tegishli edi. Bu holatni taniqli
  • siyosatshunos Xanna Arendt o'zining «Totalitarizm virusi» nomli asarida quyidagicha ifodalaydi: «Partiya doimo
  • jamiyatning tizilmalashuvi bilan bog'liq bo'lib, uning ma'lum qatlamlari manfaatlarini ifoda etdi. Olomon uchun
  • tuzilmaviylikning yetishmasligi yangi tipdagi partiyaga bo'lgan zaruriyatni shakllantirdi. Butin bir jamiyat
  • manfaatlarini ifoda etishga da'vogarlik qilayotgan partiya fuqarolik jamiyatini olomon guruhlarga aylantirdi,

  • Download 0.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling