Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”. O'Zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o'tish davri va taraqqiyot bosqichlari


Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari: umumiylik va o'ziga xoslik


Download 0.79 Mb.
bet6/9
Sana23.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1111430
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'ZBEK MODELI

Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari: umumiylik va o'ziga xoslik
  • Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida bir-birlaridan farqlanadigan uchta
  • mamlakatlar guruhlari shakllandi.
  • Birinchi guruhga bozor tizimiga o'tishi ko'proq sezilayotgan mamlakatlar kiradi. Ular Polsha, Vengriya, Chexiya,
  • Slovakiya, Sloveniya, Boltiq bo'yi mamlakatlaridan iboratdir. Ularning bozor iqtisodiyotiga o'tishi nisbatan ko'proq
  • sezilayotganligiga qator omillar sabab bo'lmoqda: ma'muriy-buyruqbozlik tizimi davrida bozor iqtisodiyoti asoslari
  • shakllanganligi, G'arbiy Yevropa bilan yaqin aloqalari, tarixan yaqin turishi, xalq xo'jaligini nisbatan
  • muvozanatlashganligi yoki nomutanosibliklarning nisbatan kamligi, bozor tizimiga o'tish zaruriyati masalasida
  • aholining barcha qatlamlari o'rtasida o'zaro konsensusning mavjudligi.
  • Ikkinchi guruhga bozor iqtisodiyotiga o'tish qator mashaqqatli qiyinchiliklar bilan kechayotgan, bu jarayon
  • birinchi guruh mamlakatlarga nisbatan sekinroq amalga oshayotgan mamlakatlar — Rossiya, aksariyat MDH
  • mamlakatlari, Bolgariya, Ruminiya, Albaniya, Mo'g'iliston kabilar kiradi. Bu mamlakatlar bozor iqtisodiyotining
  • barqaror an'analariga ega bo'lmaganligi, ma'muriy- buyruqbozlik tizimini shakllanishi an'anaviy tizimlar asosida
  • kechganligi bilan ajralib turadi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot tuzilmalaridagi nomutanosibliklar, kuchli
  • baravarlashtirishga moyilliklar, bozor iqtisodiyotiga o'tish masalasida jamiyatda konsensusning kamligi, rivojlangan
  • mamlakatlardan nisbatan ajralib turishi, harbiy mojarolar xavfining ko'pligi kabi omillar ularni bozor iqtisodiyotiga
  • o'tishini qiyinlashtirmoqda.
  • Uchinchi guruhga Sharqiy Osiyo (Xitoy va Vyetnam) mamlakatlari kirib, ulaiga ma'muriy-buyruqbozlik tizimi
  • hukmronligi qisqa davrda kechganligi, bozor iqtisodiyotiga o'tish an'anaviy patriarxal tizirri asosida boshlanganligi,
  • o'tish boshida sanoatining kam rivojlanganligi, jiddiy nomutanosibliklarni yo'qligi, shuningdek avtoritar siyosiy
  • hokimiyatni saqlab qolganligi, aholi mentaliteti bozor munosabatlarini rivojlanishiga moyilligi kabilar xos edi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling