Mustaqillik xalq pedagogikasining taraqqiyotida muhim omil sifatida
Download 173.31 Kb.
|
Rasulberdiyeva Gulasal xalq pedagogika
Xalq pedagogikasi manbalaridan biri bo'lgan diniy ta’limotlarda ham xalqimizga xos insoniy fazilatlar o ‘z aksini topgan, yosh avlodni fozil, oqil va barkamol qilib tarbiyalash masalalari keng yoritilgan. Masalan, Hazrat Xoja Bahouddin Naqshbandning insonlarga bergan ta’limoti sakkiz fasldan iborat bo‘lib, ular: 1. Xush har dam - doimo hushyor va ogoh bo‘lmoq. 2. Nazar va qadam - yurgan yo‘lni bilib bosmoq. 3. Safar dar Vatan - Vatanni kezib ko'rmoq va uni sevmoq. 4. Xilvat dar anjuman - hamma joyda o'zlikni anglamoq. 5. Yodkard - iym on-e’tiqodni doimo dilda saqlamoq. 6. Bozgasht - yomon fikrlarni dildan, hayoldan quvmoq. 7. Nigohdasht - hayolu-fikrlami sof saqlamoq. 8. Yoddosht- Haq taoloni hamisha yodda tutmoqdan iboratdir.
Dono xalqimizning ta’kidlashicha, quyidagi sakkiz xil kishining suhbatini g‘animat bilmoq kerak: birinchisi - yaxshilikni biladigan, haq-huquqni ado qiladigan; ikkinchisi - mehru-muhabbati zamonaning har qanday hodisalari ostida ham o'zgarmaydigan; uchinchisi - ulug‘ kishilarni tarbiya qilgan arboblarga izzat va hurmat ko‘rsatadigan; to ‘rtinchisi - fisqu-fujurdan, yolg‘ondan, takabburlikdan parhez qiladigan; beshinchisi - g'azab paytida o‘zini qo‘lga oladigan; oltinchisi - saxovat bayrog‘ini ko‘tarib, bechoralar hojatini chiqaradigan; yettinchisi - sharmu-hayoni o'ziga qurol qilib olib, har qanday holatda ham odob chegarasidan tashqariga chiqmaydigan; sakkizinchisi - olim va dono kishilar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatib, fisqu-fiijur ahlidan qochadigan kishidir.
Download 173.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling