Mustaqillik xalq pedagogikasining taraqqiyotida muhim omil sifatida
Download 173.31 Kb.
|
Rasulberdiyeva Gulasal xalq pedagogika
Madaniyatimizning ko‘hna manbalarida mehmondorchilik xalqimizning odamiylik, saxovat, madaniy va m a'naviy aloqasi, kengfe’llik, shirinsuxanlik kabi xislatlar mezoni sifatida juda qadrlanadi. 0 ‘zbek xalq maqoliarida Mehmondo‘stlik, mehmondorchilik odobi masalalari pand-nasihat tarzida o ‘z aksini topgan: - Mehmon - aziz, mezbon - laziz. -Mehmon - atoyi xudo. -Kelmoq ixtiyor bilan, ketmoq ijozat bilan. -Mehmonning oldida mushugingni pisht dema. -Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan. -Shirmoy noningni berma, shirin so‘zingni ber. -Mehmon ko‘rki - dasturxon. -Mehmon otangdek ulug‘ va h.k
Yaxshi niyat bildirish, duo-olqishlar aytish o‘zbek xalqiga xos odatlardan biridir. Bola tug'ilganda uning umri uzun bo‘lsin, rizqinasibasi mo‘1 bo‘lsin, deyiladi. Ota-onasiga esa farzandining huzur-halovatini, kamolini ko‘rishni tilaydilar. To‘ylari bolayotgan kelin-kuyovga «iloho ikki yoshning baxtini bersin, qo‘shgani bilan qo‘shaqarisin, serfarzand, serdavlat bolishsin, avlodning munosib davomchilari bo’lishsin » , kabi yaxshi niyatlar qilinadi. Uzoq safar yoki ziyoratdan kelgan kishilarga «ziyoratlar qabul bo’lsin», deyiladi. Unga javoban «murodingiz hosil bo‘lsin» degan lutf aytiladi.
Download 173.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling