Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar Bajardi: Do’stmamatov U


Ikki palatali parlamentning shakillantirilishi


Download 9.89 Kb.
bet3/4
Sana17.10.2023
Hajmi9.89 Kb.
#1706277
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilg-genderi.org

Ikki palatali parlamentning shakillantirilishi


  • 2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002-yil 27-yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo’lib o’tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar.

  • 2002-yil 4-5-aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali-quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab qo’yildi. Quyi palata-Qonunchilik palatasi, yuqori palata-Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5-yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi.

Vazirlar Mahkamasi


  • O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an’analarini o’zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyat-Vazirlar Mahkamasi tuzildi.

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O’zbeksiton Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Ministrlar Kengashi raisi kiradi.

  • Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezidentning taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

  • Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

  • Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi.

  • O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi Faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig’iga binoan xalqaro munosabatlarda O’zbeksiton Respublikasi nomidan ish ko’radi.

Download 9.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling