Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining rivojlanish bosqichlari va har bir bosqichning ustuvor vazifalari nimalardan iborat bo‘ldi
Fiskal bosqich(1991-1995-yillar)ning vazifalari
Download 46.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqDavlat moliya Esanbekov Sunnat
Fiskal bosqich(1991-1995-yillar)ning vazifalari:
yangi byudjet qonunchiligini yaratish; -soliq islohotlarini o’tkazish; byudjetning xarajatlar qismini qayta tarkiblash; byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirishga erishish Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar)ning vazifalari: balanslashgan byudjetni shakllantirish; soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish va unifikatsiyalash; byudjet xarajatlarini optimallashtirish, xususan, xalq xo’jaligi tarmoqlarini mablag’lar qaytimini ta’minlay olmaydigan moliyalashtirish amaliyotidan ularni investitsiyalashga o’tish; byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish vazifalarini hal qilish. Davlat byudjeti rivojlanishining birinchi bosqichi juda og‘ir kechdi. Bunga sabab, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatning byudjetini shakllantirish mamlakatda kechayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida (YAIM ishlab chiqarishning keskin pasayishi,bu esa o‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining qisqarishiga olib keldi) amalga oshirildi. Daromadlar va xarajatlarning samarasiz tarkibi byudjet inqirozining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu bosqichda davlat byudjeti yaqqol namoyon bo‘luvchi fiskal xususiyatga egaedi.Turli-tuman soliqlarning mavjudligi va yuqori soliq stavkalarining amal qilishi davlatbyudjetini muayyan darajada daromadlar bilan ta’minlashga xizmat qildi.Byudjetning asosiy vazifalari davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar bilan ta’minlash, milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat edi. Fiskal bosqich davri yuqori soliq stavkalari va soliq solish bazasining kengligi bilan tavsiflanadi, buhol mamlakatda ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga to‘sqinlikqilar, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun sharoit yaratish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish talablariga javob bermasedi. Ko‘p sonli imtiyozlarning kiritilishi esa ishlabchiqarishni kengaytirishva tadbirkorliknirivojlantirishda kutilgan natijani bermadi, balki aksincha,soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga imkoniyat yaratdi. Iqtisodiy islohotlarning zamonaviy xalqaro amaliyoti davlat byudjetining makroiqtisodiy tartibga solish va boshqarish vositasi ekanligini ko‘rsatadi. Hukumat byudjet qonunchiligi yordamida xarajatlarning umumiy darajasini,byudjet taqchilligi va davlat qarzi hajmini nazorat qiladi. Natijada, qonunchilik makroiqtisodiy siyosatning quyidagi jihatlarini namoyon etadi: Qonunchiqaruvchi va ijroiya hokimiyatlari o‘rtasida byudjet vakolatlarining taqsimlanishi; hukumatning byudjet tartib-taomillari nazoratini cheklovchi va shaffofligini pasaytiruvchi yashirin yoki kvazibyudjet faoliyatining ta’qiqlanishi; makroiqtisodiy nazoratni ta’minlash maqsadida byudjet taqchilligi, davlat qarzi va chetdan mablag‘ jalb qilishning cheklanishi. Byudjet islohotlarining ikkinchi bosqichi 1995-yilda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini yagona konsolidatsiyalashgan byudjetga jamlash bilan boshlanib, buning natijasida davlat byudjetining shakllanishi va taqsimlanishijarayoniustidan ta’sirchan moliyaviynazoratnikuchaytirishimkoniyativujudga keldi. Milliyvalyuta so‘mningjoriyetilishi,pulmuomalasinitartibgasolishvaqat’iypul-kreditsiyosatini olib boorish yordamidapulislohotlariningo‘tkazilishi keyingi ijtimoiyiqtisodiyrivojlanishvao‘sishga sharoit yaratdi. O‘tish davridamoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari vaijtimoiysohaning Moliyaviy ehtiyojlari mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni ishlatish bo‘yicha davlatning real imkoniyatlaridan yuqori bo‘ladi. Shu sababli bu davrda moliya organlarining muhim vazifasi moliyaviy resurslarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlarida mujassamlashuvini byudjet taqchilligining oshib ketishiga olib keladigan xarajatlarni oshirish evaziga emas, balki oqilona soliq tizimini yaratish evaziga amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sishning muhim sharti, shuningdek,byudjet taqchilligini, ichki va tashqi davlat qarzini cheklash hisoblanadi. Davlat byudjeti borasida amalga oshirilgan islohotlar ikkinchi bosqichining muhim jihatlari quyidagilardir: byudjet qonunchiligining shakllanishini davom ettirish; soliq tizimining takomillashuvi va unifikatsiyalashuvi; byudjet xarajatlarini optimallashtirish, shu jumladan, milliy iqtisodiyot tarmoqlarini beg‘araz moliyalashtirish amaliyotidan investitsiyalashga o‘tish; balanslashgan davlat byudjetini shakllantirish. Ushbu davrda davlatning byudjet siyosati quyidagilarga yo‘naltirildi: byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini yanada kuchaytirish; davlat xarajatlari samaradorligi va oqilonaligini oshirish, buning uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va manzilliligini oshirish maqsadida byudjetni rejalashtirish usullarini takomillashtirish; davlat byudjetini ijro etishning g‘aznachilik tizimini joriy etish asosida davlat moliyasini boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish; iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarnidavlat xarajatlarini qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; sug‘oriladigan dehqonchilik yerlarini suv bilan ta’minlash; fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlarda kengaytirish; qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish; bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarish tashkiliy tuzilmasini joriy etish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligini kengaytirish; markazlashgan investitsiyalarga xarajatlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, YAIMning barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan, bandlik va aholi daromadlarini oshirish muammolarini hal qiladigan, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirishga xizmat qiladigan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017-yillar)ning asosiy yo’nalishlari: zamonaviy markazlashgan g’aznachilik tizimini shakllantirish; yangi byudjet tasnifi va buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasiga asoslangan yagona byudjet va hisob tizimini yo’lga qo’yish; o’rta muddatli byudjet strategiyasini va dasturiy byudjetlashtirishni joriy qilish, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish; davlat byudjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlash asosi sifatida soliq siyosatini yanada takomillashtirish va sh.k. ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan kapital mablag‘lar hajmini oshirish; byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish. M amlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidoirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Joriy yilda O’zbekiston respublikasi prezidentining farmoni bilan 2022—2026-yillarga mo’ljallangann Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi To’g’risida qonun imzolandi. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasining uchinchi — IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI boʻyicha amalga oshirilgan ishlar. – Sherzod Davlatovich, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada soliq maʼmuriyatchiligining oʻrni ahamiyatli boʻlib, uni yangi bosqichga chiqarishda qanday natijalarga erishildi, deb oʻylaysiz? Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari, jumladan, soʻnggi oʻn yillikda eʼtirof etilayotgan Xitoy, Indoneziya, Janubiy Koreya va boshqalarning milliy taraqqiyot strategiyalari dunyo hamjamiyatiga yaxshi maʼlum va samaradorlik jihatlari keng oʻrganib kelinadi. Oʻzbekistonda ham Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan, xalqimiz bilan bamaslahat qabul qilingan Harakatlar strategiyasi “Buyuk oʻzbek yoʻli”ni belgilab bergan amaliy hujjat sifatida millat taraqqiyotining istiqboliga shaxdam qadam qoʻyishimizga zamin yaratdi. Buni nufuzli xalqaro moliya institutlari, qator islohotlarning boshida turgan Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kabi tashkilotlar ham eʼtirof etmoqda. Jumladan, Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myullerning: “Bu juda kuchli, muayyan ravishdatarixiy hujjat. U Oʻzbekistonda yangi davr boshlanganini ifodalaydi va unda mamlakat taraqqiyotida yangi dinamikani belgilovchi yangicha dunyoqarash vayangilangan yondashuvlar bayon etilgan”, degan haqqoniy bahosi yodga keladi. Haqiqatan, bugun yurtimiz demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon islohotlarimizning eng katta natijasi hisoblanadi. Maqsadning aniqligi harakatlar samarasini taʼminlaydigan eng muhim mezon boʻlib xizmat qilyapti. Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, iqtisodiy barqarorlikning poydevori mustahkam boʻlishi uchun adolatli, shaffof va uzoqqa moʻljallangan yangi soliq maʼmuriyatchiligi yuzaga keldi. Birinchi navbatda, soliqlar turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi. Oʻzgarishlar natijasi xalqaro rey ting va indekslarda ham oʻz aksini topdi. Xususan, “Economic Freedom” — Iqtisodiy erkinlik reytingidagi “Tax Burden — Soliq yuki” indikatori boʻyicha 2017-yildagi 90,7 ballik koʻrsatkichdan oʻtgan yili 92,4 ballik koʻrsatkichga erishildi. Yaqin yillardagi holatga nazar tashlasak, 97 foiz soliq toʻlovchi soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani holda, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yoʻgʻi 9,2 foizga teng boʻlgan. Asosiy soliq yuki esa umumbelgilangan rejimdagi 3 foiz soliq toʻlovchi zimmasiga toʻgʻri kelar edi. – Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlar natijasida barchaga teng va erkin raqobat sharoiti yaratildi. Ortiqcha yigʻimlarni bekor qilish va soliq stavkalarining normallashtirilishi tufayli tadbirkorlik subyektlariga soliq yuki kamaytirildi. Xususan, mol-mulk, daromad va ijtimoiy soliq stavkalari 2 barobar pasaytirildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. – Eng muhimi, oʻzgarishlarni har bir fuqaro, har bir tadbirkorlik subyekti oʻz faoliyatida his qilyapti. Buni soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida ixtiyoriy bajarilish darajasi 80 foizdan 95 foizga koʻtarilganidan ham bilish mumkin. Qolaversa, soliq yukining teng taqsimlanishi va pasayishi natijasida foyda soligʻi toʻlovchilari 15,2 baravar, suv soligʻi toʻlovchilari 36,5 baravar va yer soligʻi toʻlovchilari 38 baravar koʻpaydi. Yigʻilayotgan soliq miqdori oʻtgan yilningoxirgi choragidan boshlab har oyda 10 trillion soʻmdan oshmoqda yoki 1 milliard dollar ekvivalentiga teng boʻlmoqda. Oʻzbekiston soliq tizimida shu paytgacha bunday natija kuzatilmagan. Buni islohotlarimizning aniq dalili sifatida qayd etish mumkin. Bunday natijalarning eng muhim omili biznesning islohotlarga boʻlgan ishonchi oshgani, sohani raqamlashti-rish va ishga boʻlgan munosabatni oʻzgartirishga erishganimiz boʻldi. – Taʼkidlab oʻtganingizdek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda soliq tizimini isloh qilishda tenglik, soddalik va samaradorlik prinsiplariga tayanib kelinmoqda. Bugungi kunda yuqorida sanalgan maqsadlarga erishishda soliq maʼmuriyatchiligini tubdan yangilash va takomillashtirish qanday oʻrin tutadi? – Har qanday sogʻlom soliq tizimi klassik iqtisodiy maktab yetakchisi Adam Smit tomonidan ilgari surilgan tenglik, aniqlik, qulaylik va soliqqa tortishdagi tejamkorlik, shuningdek, samaradorlik va byudjetga yetarlilik kabi fundamental prinsiplarga asoslangan boʻlishi lozim. Tarixiy tajriba shuni koʻrsatadiki, ushbu asoslarning etishmasligi soliq toʻlovchilarning davlat soliq tizimiga boʻlgan ishonchi yoʻqolishiga olib keladi hamda soliq toʻlashga boʻlgan norozi kayfiyatini yuzaga keltiradi. Buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlariga (“Temur tuzuklari”) alohida eʼtibor qaratib, “Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yigʻishda ularni ogʻir ahvolga solib qoʻyishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qoʻyishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambagʻallashishiga olib keladi”, degan edi. Ushbu tarixiy haqiqatlarga tayangan holda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasida soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi. Shu asosda qator hayotbaxsh loyihalar amalga oshirildi va bu jadal davom ettirilmoqda. Natijada yillar davomida mamlakat taraqqiyotiga har tarafdan toʻgʻanoq boʻlib kelgan murakkab va ogʻir soliq tizimi tubdan yangilandi. Soliq maʼmuriyatchiligining yangi bosqichga chiqarilishida 2020-yilda kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi asosiy omil boʻldi. Kodeks bilan soliq qonunchiligida quyidagi yangiliklar joriy etildi. Birinchidan, soliqlar va yigʻimlarning soni va turlari, shuningdek, alohida soliq rejimlari optimallashtirildi. Xususan, soliqlarning 9 turi, katta boʻlmagan korxonalar uchun (aylanmasi 1 milliard soʻmgacha) esa undan soliq koʻrinishidagi alohida soliq rejimi saqlanib qolindi. Ikkinchidan, soliq idoralarining ustuvor vazifalari sifatida soliq toʻlovchilar bilan hamkorlik asosida ish yuritish prinsipi kiritildi. Yaʼni soliq organlari soliq toʻlovchilar bilan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini toʻgʻri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shartligi belgilab qoʻyildi. Uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarining keng tatbiq etilishi hisobiga soliq maʼmuriyatchiligini, xususan, qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berish tizimi tubdan oʻzgartirildi. Ushbu islohotlar samarasi oʻlaroq, 2016-2021-yillarda QQS toʻlovchilar soni 20 barobar oshdi (6,9 mingtadan 140,7 mingtaga yetdi). Uning tushumlari 2016-yildagi 6,9 trillion soʻmdan 2020-yilda 20,4 trillion soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich 2021-yilda 25,3 trillion soʻm boʻlishi kutilmoqda. Bu boradagi eng soʻnggi va muhim yangilik Vazirlar Mahkamasining shu yil 22-sentabrdagi “Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirishchora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomning tasdiqlanishi boʻldi. Ushbu nizom bilan QQS toʻlovchi larini soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazishni soliq xavfini baholash asosida amalga oshirish tartibi belgilandi. Yangi tartibga koʻra, joriy yilning 23-dekabridan boshlab QQS boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazishda soliq toʻlovchilarning xavf darajasi inson omili ishtirokisiz avtomatik dasturlar orqali aniqlanadi. Maxsus roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha arizalar 7 kun ichida koʻrib chiqiladi. Agar ariza shu muddat ichida koʻrib chiqilmasa, maxsus roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma avtomatik tarzda beriladi. Natijalarga koʻra, ular soliq xavfining yuqori, oʻrta yoki past darajalari boʻyicha toifalarga ajratiladi. QQSni toʻgʻri hisobga olish va manfiy summani qaytarish tizimini takomil- lashtirish yoʻnalishidagi harakatlar jadal davom ettirilyapti. Xususan, soliq tushumlarini oshirish uchun hisobga olinayotgan summalarning haqqoniyligini tekshirish maqsadida QQS zanjiri (ishtirokchilarning har birida QQS toʻliq (yoki umuman) toʻlanmagani) uzi- lishlarini avtomatik aniqlab, asossiz hisobga olinayotgan summani bartaraf etishga qaratilgan “Taxgap” elektron dasturini yaratish ustida ish olib bo- rilmoqda. Mazkur yangi mezonlar va harakatlarimiz bozorda qonuniy ishlayotgan tad- birkorlarni himoyalash va kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan javobgar- lik xavflarining oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Toʻrtinchidan, ortiqcha toʻlov olishdek xunuk tajribadan butunlay voz kechildi. Bu kabi holatlar qayd etil- gan taqdirda ortiqcha toʻlov summasini qaytarish bilan birga, har bir kechiktirilgan kun uchun foiz toʻlash tartibi amaliyotga kiritildi. Shu yilning oʻzida avvalgi yillar davomida yigʻilib kelingan 3 trillion soʻmdan ortiq oldindan toʻlovlar 40 foiz qisqardi. Beshinchidan, soliq qarzini debi- torlardan undirish tartibidan ham voz kechildi. Bu soliq toʻlovchilarga oʻz mablagʻlarini mustaqil ravishda ta- sarruf etish imkonini beradi. Oltinchidan, soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etish vakolati davlat soliq xizmati organlari va Xalq deputat lari mahalliy kengashlariga berildi. Oʻtgan qisqa vaqtda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi normalariga muvofiq, 171 ta subyektga umumiy hisobda 688 milliard soʻm miqdoridagi soliqni boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etildi. Shundan 560 milliard soʻmlik soliqni boʻlib toʻlash imkoniyati (81 foiz) davlat soliq xizmati organlari, 128 milliard soʻmi (19 foiz) Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan berilgan. Download 46.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling