Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan


Download 410.9 Kb.
bet12/15
Sana21.06.2023
Hajmi410.9 Kb.
#1639688
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
tovarni mukammalshtirish

Marketing prinsiplari:


  1. Bozor konyunkturasi, talab dinamikasi holatini hamda iste’mol qarorini qabul qilish hisobi (bozorga kirish).

  2. Bozor talablariga maksimal darajada ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sharoit yaratish (bozorga moslashish).

  3. Iste’molchilarga aynan shu tovarlarni sotib oldirish maqsadida ularga ta’sir o‘tkazish (bozorga, iste’molchilarga ta’sir o‘tkazish).



    1. Marketing funksiyalari va faoliyati mazmuni


Marketingning maqsadi firma maqsadiga erishish uchun vosita hisoblanadi. Marketingning asosiy maqsadi - ayirboshlash jarayonini muntazam shakllantirish va rivojlantirishdan iborat, bu o‘z navbatida uning ishtirokchilariga o‘zaro manfaat keltiradi.


Marketing maqsadlari ma’lum iyerarxik ketma-ketlikda amalga oshirilib, iqtisodiy va psixografik maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Birinchi maqsadlar guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri korxona foydasi, rentabel- ligi ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga olib keladi.

  • Professor E.P. Golubkov marketing faoliyatining quyidagi maqsadlar strukturasini taklif etgan:

  • Samarali marketing siyosatini yuritish orqali kompaniya maq- sadlariga erishish.

  • Alohida bozorlar va tovarlar guruhiga yo‘naltirilgan maqsadlar.

  • Marketing kompleksining alohida elementlariga yo‘naltirilgan maqsadlar, narx, sotishni tashkil qilish, iste’molchiga samarali yo‘llar bilan yetkazib berish.

Keng ma’noda marketing maqsadi talab va taklifni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni yangi g‘oyalarni tovar yaratishga tatbiq etish, ishlab chiqarish, samarali tarqa- tish kanallarini minimal xarajatlar bilan amalga oshirish, iste’molchi- larning o‘sib borayotgan zamonaviy talablarini qondirish.
Har qanday firmaning asosiy maqsadi - bozorni egallash, raqobat- bardosh bo‘lish, iste’molchilarni o‘ziga jalb etishdir va shu orqali o‘z rentabelli faoliyatini ta’minlashdir. Firmaning marketingda qo‘llani- ladigan asosiy umumlashgan maqsadini F.Kotler original tarzda quyida- gicha shakllantirgan:

    1. - jadval

Download 410.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling