Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan
Download 410.9 Kb.
|
tovarni mukammalshtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kommunikatsion siyosat
- Marketing maqsadlari va tadbirlari integratsiyasi
Marketing siyosati vositalari
Tovar siyosati tovar bilan bog‘liq barcha tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tovarni takomillashtirish, dizaynini zamonaviylashtirish, qadog‘ini iste’molchini jalb qiladigan ranglarda o‘zgartirish, narxini turli iste’molchilar hamyoniga mos qilib belgilash va boshqalar. Kelishish siyosati bozor mexanizmlariga mos siyosat bo‘lib, savdo- sotiq jarayonidagi shartnomalar, dalolatnomani hujjatlashtirish ishlari kiradi. Bozor sharoitida turli narxlarning mavjudligi narx siyosatini, chegirmalar va ustama narxlar, tovarni yetkazib berish shartlari va kredit siyosatini yuritishni talab etadi. Taqsimlash siyosati tovarni ishlab chiqaruvchidan o‘z vaqtida iste’molchi va xaridorga yetkazib berish bilan bog‘liq vazifalarni o‘z ichiga oladi. Sotuv kanallarini tahlil qilish, marketing–logistikasini, savdo siyosatini to‘g‘ri yuritish, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish, iste’molchilar va iste’mol bozorlarini tanlash, yuk tashish va saqlashni to‘g‘ri tashkil qilish bular barchasi samarali faoliyatning ajralmas qismlaridir. Kommunikativ siyosatning asosiy vazifasi- xaridorlarning talabini qondirish va foyda olish yo‘lida barcha marketing subyektlari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish, samarali tarqatish kanallarini shakllantirish- dan iborat. Samarali kommunikativ siyosat biznes kommunikatsiyalarni yaxshi yo‘lga qo‘yish, ya’ni hamkorlar bilan munosabatlar, raqobatchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlar, reklama va sotuvni rag‘bat- lantirish, firma brendini tanitish, omma bilan munosabatlar va shaxsiy sotuvlarni o‘z ichiga oladi.
1.4-rasm. Marketing maqsadlari va tadbirlari integratsiyasi Marketing – miksni ishlab chiqishda quyidagi prinsiplarga asoslanish lozim. Ketma-ketlik tamoyili, har bir o‘zgaruvchi miqdoriy ko‘rsat- kichni boshqasi bilan mosligini ta’minlash. Masalan, yuqori sifatli mahsulotga sifatli reklama va tegishli ravishda chiroyli va qulay qadoq tayyorlash. Bozor konyunkturasi o‘zgarib turuvchi bir paytda shunga qarab mahsulot ishlab chiqarish, sifatga e’tibor berish kerak. Mahsulot reklamasida mahsulot sifatini bo‘rttirib ko‘rsatish orqali iste’molchini jalb etish va h.k. Firmaning budjet va boshqa moliyaviy xarajatlarini hisob-kitob qilib, marketing kompleksi va miksini rejalashtirish, bozordagi aniq vaziyatga qarab marketingning tegishli tadbir va usullarini qo‘llash, firmaning kapital va aylanma mablag‘larining samarali qo‘llanilishini ta’minlash. Marketing tadbirlariga ketadigan sarf — xarajatlar kalkulyat- siyasini hisoblash va samarani baholash. Firma tovar aylanmasi va oladigan foydasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Marketing miksning bo‘lishi mumkin bo‘lgan kombinat- siyalari soni quyidagi formula orqali topiladi. K=na… K — marketing miksning mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni; a – instrumentlar soni; n — marketing– miks tarkibida submikslar soni. Kombinatsiyalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, marketing chora-tadbirlarini qo‘llash imkoni ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday vaziyatda eng optimal marketing – miksni topish masalasi ko‘ndalang turadi. Marketing, miksning optimizatsiya jarayoni marketing budjetini kengaytirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lib, turli marketing tadbirlarini o‘tkazishni talab etadi. Ba’zi muhim omillarni, ya’ni tovar yoki xizmat narxi, chegirmalarni o‘zgartirish orqali kutilgan natijalarni olish mumkin. Marketingning har bir submiksi ham taktik, ham strategik vosita (instrument)ga, tovar, kelishuv, taqsimlash siyosatlari esa ko‘p- roq strategik ahamiyatga ega. Kommunikativ siyosat esa taktik ahamiyatga ega bo‘lib, tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida ko‘proq ishlatiladi. Optimal marketing-miks shunday marketing instrumentlarining kombinatsiyasidan iboratki, uning natijasida firma ko‘zlagan maqsadiga, marketing budjetini oqilona, ya’ni ratsional sarflagan holda erishadi. Marketing-miks har bir elementining ahamiyati korxona turiga (savdo, ishlab chiqarish, vositachi firma), tovar turiga va xaridorning xulq-atvoriga bog‘liq. Ba’zi tovarlar uchun narx muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqalari (kundalik iste’mol tovarlari, qimmat- baho uy buyumlari, zargarlik mahsulotlari) uchun hal qiluvchi ahami- yatga ega emas. Standartlashtirilgan yoki bir maqsadda ishlatiladigan mahsulotlar (benzin, elektr energiyasi, gaz) uchun tovar siyosati uncha ahamiyatga ega emas, bunday strategik mahsulotlarga davlat tomonidan narxlar o‘rnatiladi. Keng iste’mol tovarlari, uzoq muddat foydalanadigan tovarlarga narx siyosatining ta’siri katta. Raqobat va bozor mexanizm- lari faol ishlayotgan davlatlarda marketing instrumentlarini qo‘llab hatto kun davomida ham narxlarga korrektirovka kiritish mumkin. Narx – navo bozor konyunkurasiga jiddiy ta’sir etuvchi omildir. Bosh maqsad. Funksional bo‘limlar maqsadi. Download 410.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling