Mustaqillik yillarida o’zbekistondagi ma’naviy va madaniy o’zgarishlar reja


O’zbekistоndа millаtlаrаrо munosabatlarvа dinlаrаrо bag’rikenglik siyosаti


Download 38.07 Kb.
bet4/4
Sana24.01.2023
Hajmi38.07 Kb.
#1117459
1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY O’ZGARISHLAR

4. O’zbekistоndа millаtlаrаrо munosabatlarvа dinlаrаrо bag’rikenglik siyosаti.

Millatlararo totuvlik g‘oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g‘oyasidir. Millatlararo totuvlik g‘oyasi millatparvarlik g‘oyasidir. U barcha millat va elatlarni tili, urfodati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Millatchilik, fashizm, milliy va etnik ko‘rinishdagi urushlarga qarshi turadigan yagona ma’rifi y g‘oyadir. Ayniqsa, bugun neofashizm bosh ko‘tarayotgan svili-zatsiyalararo to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan sharoitda millatlararo totuvlik g‘oyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston hududida o‘z madaniyati va o‘z an’analariga ega bo‘lgan 130 dan ortiq millat va ellat vakillari yashaydi. Ular ham mamlakatning barcha fuqarolari qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ko‘rsatilganidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’min-laydi, ularning rivojlanishi uchun sha-roit yaratadi.Ko‘pmillatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish bo‘lishi zarur. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq milliy siyosatning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildiki, ayni shu siyosat milliy bag‘rikenglikning barqaror rivojlanishiga zaminyaratdi. O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy-madaniy markazlari (MMM) faoliyat yuritadi. Dastlabki milliy-madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-yilda tashkil etilgan. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O‘zbekistonmustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. Bu davrda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada ularning soni yil sayin ortib bordi.


O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifi y hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar hamda tarixiy vatanlari bilan do‘stlik, hamkorlik, madaniy-ma’rifi y aloqalar o‘rnatish va hamdo‘stlik aloqalarini rivojlantirish, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashish milliy madaniyat markazlarning asosiy vazifalaridir. 1992-yil tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi esa ushbu milliy madaniyat markazlar faoliyatini muvofi qlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib keldi.Bugun respublika hududida yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun O‘zbekiston Konstitutsiyasi millatlararo totuvlikni mustahkamlash, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda tinchlik niyanada mustahkamlash, millatlararobarqarorlikni yuksaltirish maqsadida 2017-yil 19-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilando‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq,Baynal-milal madaniyat markazi negizida Millatlararo munosabatlar va xorijiymamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishida davlat idoralariva jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda mustahkam tayanch bo‘ladi.Ayni paytda O‘zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, baptistlar, yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, krishnaitlar, buddistlar, pyatidesyatniklar, Iegova xudosi shohidlari, yangi havvoriylar, xristian-nresvitorianlar singari bir qancha din va mazhablar mavjud. Ulardan har birining o‘ziga xos mafkurasi, talab va ehtiyojlari mavjud. O‘rta Osiyodagi musulmon va boshqa konfessiyalarga mansublar o‘rtasidagi munosabatlar ham siyosiy, ham maishiy darajada ikki asosiy xususiyatga asoslangan, bular o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikdir.
Respublikada diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda konfessiyalarning ham muayyan o‘rni bor. Birinchidan, ular o‘z faoliyatlari davomida aholida diniy bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘lida ma’naviy-ma’rifi y tadbirlar tashkil etib keladilar. Ikkinchidan, mamlakatda dinlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlash hamda turli nizo va murakkabliklarni keltirib chiqaruvchi missionerlik kabi xatti-harakatlarga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarda faol qatnashadilar.1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Toshkent islom universitetiga asos solindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va butun dunyoda hamjihatlikka erishish, dinlararo totuvlik, tinchlikni saqlash yo‘lida muhim dasturilamal bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topganini e’tirof etdi. Prezidentning 2017-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q Samarqandda ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Uning tarkibida hadisshunoslik oliymaktabi, hadis, kalom va qiroat ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan xonalar, qo‘lyozmalar kutubxonasi, muzey tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkentda Islom madaniyati markazi hamda Prezidentning 2017-yil 15-dekabrdagi farmoni asosida O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi.


Mustahkamlash uchun savollar.
1.Tarixiy xotira tushunchasini izohlang.
2. Mustaqillikning dastlabki yillarida qaysi allomalarning yubileylari nishonlandi?
3. O‘zbek xalqining qadriyatlari va an’analarini taklash bo‘yicha qanday qarorlar qabul qilindi?
4. 2007-yil Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb atalish sabablarini
ayting.
5. Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha diniy tashkilotlar mavjud?
6. Konfessiyalararo munosabatlar deganda nimani tushunasiz?
7. Diniy bag‘rikenglikni kafolatlaydigan huquqiy-me’yoriy hujjatlarni sanang.
8. Diniy bag‘rikenglik tamoyillarini sanab bering.
Download 38.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling