Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi Reja
Download 0.84 Mb.
|
qoraqalpoq (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpogʻiston
- Aholisi
- Davlat tuzumi
QoraqalpogʻistonQoraqalpogʻiston — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi Suveren demokratik Respublika. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2 mlnga yaqin (2021). Respublika poytaxti – Nukus shahri. Tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor. AholisiAholisi qoraqalpoqlar, shuningdek oʻzbeklar, qozoqlar, turkmanlar, rus, tatar, koreyslar va boshqa o'tizga yaqin millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5%, qishloq aholisi 51,5%. Davlat tillari – qoraqalpoq va oʻzbek tillari. Etnik tarkibi – 34,1 % Qoraqalpoqlar, 30,8 % Oʻzbeklar, 28,6 % Qozoqlar, 6,2 % boshqa millatlar. Dindorlari – musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy. Davlat tuzumiQoraqalpogʻiston – parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi suveren demokratik respublikadir. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi – koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-aprelda qabul qilingan. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling