1994-yil (14-yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo'yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi.
1995-yil sentabrda I.Karimov tashabbusi bilan Nukusda o'tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo'ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan bin-Nu-kus Deklaratsiyasi boiib, unda butun dunyo jamoatchiligi e'tibori Orol muammosiga qaratildi
Xalq ta’limi fan va madaniyat - Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san'ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari, udum va an'analari olamga mashhurdir.
- Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko'p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'ldi.
- Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Ernazar Olako'z, Ollayor Do'stnazarov singari xalq qahramonlarining-jasoratli, o't yurakli Qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi.
- Milliy madaniyat va ma'naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining to'la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug'lanishiga yo'l ochib berdi.
- Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To'lepbergen Qaipbergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi qoraqalpoq yozuvchi va shoirlari-ning asarlari xalqlarimiz ma'naviy xazinasidan munosib joy oldi.
- Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O'zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo'shdilar.
- Bugungi kunda respublika xalq ta'limi tizimi milliy uyg'onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o'ynamoqda.
Ta’lim Oliy ta’lim muassasalari - 1991-1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o'zgarishlar bo'ldi.
- 1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiya-sining Qoraqalpoq filialiga Qoraqalpoq bo'limi maqomi berildi.
- tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo'lgan bo'lsa, yana ik-kita institut qo'shildi.
- Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bio-ekologiya institutlari ham shu bo'lim tarkibiga kirdi.
- Botanika bog'i bo'linmasiga esa bo'lim maqomi berildi.
- 1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
- Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo'yi ekologiyasi muammolari bo'yicha tadqiqotlar olib borishmoqda.
- Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar.
- 1995-yilda Mo'ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |