OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 305-guruh talabasi Sotiboldiyeva Mashhuraning
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan yozgan
KURS ISHI
Bajardi: Sotiboldiyeva Mashhura ---------------------
Tekshirdi:Marjona Begmatova ----------------------
Toshkent – 2022
Mavzu:Undalma,kirish va kiritmalar haqidagi nazariy qarashlar tahlili
Reja:
Kurs ishining umumiy tavsifi
Kirish.
Undalma,kirish va kiritmalar yuzasidan nazariy qarashlar haqida
Asosiy qism
1.Undalma,kirish va kiritmalarni shakllantiruvchi vositalar
2. Kirish va kiritmalarning gapdagi vazifasi va joylashish o’rni
3.Undalmalar yordamida shakllangan gaplarning mazmuniy ustvorligi
Xulosa lar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikdan so‘ng barcha jabhalarda o‘sish, taraqqiyot sari dadil qadamlar tashlanmoqda, odamlarning voqelikka bo‘lgan munosabatlari keskin ijobiy tomonlarga o‘zgarib bormoqda, o‘zligini anglash hissiyoti kuchaymoqda. Milliy o‘zlikni anglashda milliy qadriyatlarimizning asosi bo‘lmish ona tiliga bo‘lgan munosabatimiz muhim o‘rin tutadi. Yurtboshimiz I.A.Karimov aytganlaridek “Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab avaylashimiz, uni boyitish nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”1 Hozirda o‘zbek tili barcha tashqu va tahrirlardan ozod bo‘lib, erkin taraqqiyot yo‘liga tushib oldi. Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi nihoyatda kengaydi, tilimizni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy-omabop kitoblar va qo‘llanmalar jamiyat tafakkurini yuksaltirishga muhim hissa qo‘shmoqda. Ulkan tilshunos olim filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov ta’kidlaganidek, “Ma’naviyatning, xususan milliy ma’naviyatning shakllanishi va kamol topishida ona tili fovqulodda o‘rin tutganligi bois istiqlol davrida ona tili, ona tili ta’limi, til masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi qonunimizga muvofiq odil va xolis til bo‘ldi, yurtimiz kabi tilimiz obod bo‘ldi”2 Tilimiz, so‘zimiz ozod va obod bo‘lgan ekan tilimiz, uning ayrim muammoli tomonlariga xolisona fikrlarni aytish imkoniyatlari yaratildi. O‘zbek tilida “murakkab gap”, “murakkablashgan gap”, “murakkablashgan sodda gap” atamalari bilan nomlanib kelayotgan sintaktik birliklar hamon o‘z yechimini topmagan masalalardan biridir degan fikrdamiz. Chunki tilimizda ma’lum bir narsa, hodisa va boshqalarga uning mazmunini yaqqol aks ettiradigan nom belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin o‘zbek tilshunosligida bu borada ham bir to‘xtamga kelinganicha yo‘q. Shularni inobatga olgan holda, ushbu mavzuga qo‘l urildi va uning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan fikr – mulohazalarni bildirish tilshunosligimiz uchun murakkablashgan sodda gaplarning xususiyatlarini ochishda yordam berishi mumkin degan fikrdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |