Mustaqillikdan so‘ng barcha jabhalarda o‘sish, taraqqiyot sari dadil qadamlar tashlanmoqda, odamlarning voqelikka bo‘lgan munosabatlari keskin ijobiy tomonlarga o‘zgarib bormoqda, o‘zligini anglash hissiyoti kuchaymoqda
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Download 55.02 Kb.
|
Mashhura
- Bu sahifa navigatsiya:
- UNDALMA,KIRISH VA KIRITMALAR HAQIDAGI NAZARIY QARAShLAR
- Kirish soʻzlar
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Ushbu mavzu o‘zbek tilshunosligida qator tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan, G‘.Abdurahmonov, N. Mahmudov, A.Nurmonov, B.O‘rinboyev, A.Sayfullayev, I.Toshaliyev va boshqalar tomonidan ushbu mavzning sintaktik xususiyatlarini yoritishga qaratilgan tadqiqotlar mavjud. Lekin bu tadqiqotlarda murakkablashgan sodda gaplarning tarkibiy tuzilishi va nomlanishi yuzasidan bir to‘xtamga kelinmagan.
UNDALMA,KIRISH VA KIRITMALAR HAQIDAGI NAZARIY QARAShLAR Ushbu masala yuzasidan so‘z yuritilar ekan, eng avvalo undalma,kirish va kiritmalarning umumiy mazmuniga nazar tashlamoq o‘rinlidir. Undalma — soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb tasavvur qilingan hodisani bildiradigan so'z yoki soʻz birikmasi. U., kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uning boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. U. Gap boshida ham, oʻrtasida ham va oxirida ham kelishi mumkin. Qiyoslang: Uka, bu ishlaring menga yoqmayapti; Bu ishlaring , uka, menga yoqmayapti; Bu ishlaring menga yoqmayapti, uka. Bolalar! Koʻchada ehtiyot boʻlinglar. Gap boshida U. maxsus intonatsiya bilan aytiladi va baʼzan vokativ gap vazifasini bajaradi. U., kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud. Kirish soʻzlar - gap bilan sintaktik bogʻlanmagan soʻzlar. Soʻzlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ("baxtimga", "afsuski"), fikrning umumiy bahosini ("ehtimol", "albatta"), kimga qarashli ekanligini ("menimcha", "aytishlaricha") yoki oldingi fikr bilan aloqasini ("xullas", "nihoyat") bildiradi.[1]Kiritmalar – gapning umumiy mazmuniga dahldor bo’ladi va gapda hech qaysi bo’lak bilan hokim tobelik aloqasiga kirishmaydi. A.G‘ulomov, M.Asqarovalar tomonidan yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”3 (sintaksis) darsligida gapga quyidagicha ta’rif beriladi: “Gap fikr, tuyg‘u va istakni boshqalarga bildirish uchun ishlatiladi, u-fikr bayon qilishning eng sodda formasi”. “O‘zbek tili grammatikasi”2 kitobida esa “gap ma’lum fikrni ifodalab, nutqning bir qismini tashkil etadi” deb ta’riflanadi.4 G‘.Abdurahmonov tomonidan yaratilgan “O‘zbek tili grammatikasi” darsligida ham gapga yuqoridagicha ta’rif berilgan. Sintaksisga oid yana bir darslik B.O‘rinboyevning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darsligida gap shunday ta’riflanadi: “Obyektiv borliq va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyg‘u anglatib, tugal intonasiyaga ega bo‘lgan hamda grammatik qonun qoidalar asosida o‘zaro birikkan so‘zlar bog‘lanmasi gap deyiladi” 5. A.G‘ulomov, M.Asqarovalar tomonidan yaratilgan darslikning qayta nashrida gapning ta’rifi yanada to‘ldirilgan va aniqliklar kiritilganini ko‘ramiz: “Nutqning grammatik forma, intonatsiya va mazmun jihatidan tugallikka ega bo‘lgan mustaqil parchasi gapdir, so‘z birikmasi bunday xususiyatga ega emas, u gapda qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun gap haqida ta’limot sintaksisning asosi hisoblanadi” 5. So 'zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni ifodalab, gapning boshqa bo'laklari bilan grammatik aloqaga kirish-maydigan so 'z yoki so 'zlar birikmasiga undalma deyiladi. Undalmalar so'zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni bildirganligi uchun u ko'pincha shaxs bildiruvchi so'zlar bilan ifodalanadi. Badiiy nutqda esa shaxs bildirmaydigan jonli va hatto jonsiz predmetlar ham undalma vazifasida kelishi mumkin. Masalan, Qani, ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan, bag'rimni, ohang {A. Oripov). Undalmalar gapning boshqa bo'laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi sababli uning o'rni erkin bo'ladi, lekin undalma gapning qayerida kelishiga ko'ra, alohida-alohida vazifa bajaradi. So'zlovchi tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilishni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap boshida keladi. So'zlovchi tinglovchilarga murojaat etish orqali unga subyektiv munosabatini ifodalashni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap o'rtasi va oxirida keladi. Masalan, Nechun kerak bo 'Idi senga ко 'zyoshim. Nechun kerak, rubob, senga shuncha g'am?! (A. Oripov)... Gar shul eshitganim bo'lmasa ro'y 0 — Sen beshik emassan, dorsan, tabiat (A. Oripov ) Undalmalar gapning boshqa bo 'laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi uchun yozuvda doimo boshqa gap bo 'laklaridan vergul bilan ajratiladi. Gap boshida kelib, kuchli undash ohangi bilan aytilsa, undalmadan so 'ng undov belgisi qo 'yilishi ham mumkin. Masalan: Odamlar! Eshitmadim demanglar. Modallik - gap mazmunining borliqqa munosabatini ifodalashdan iboratdir. Chunki so‘zlovchi gap orqali biror voqea-hodisa yoki xususiyatining mavjudligi yoki biror zamonda ro‘y berishi , aniqligi yoki noaniqligi, xohishi yoki noroziligi kabi munosabatlarni ham ifodalaydi. Bu munosabat, ya’ni modallik mayl va zamon, shaxs, kategoriyalari ro‘yobga chiqadi. Bu kategoriyalar turli morfologik, sintaktik vositalar yoki ohang va boshqa yo‘llar bilan ifodalanishi mumkin. Gapning yana bir asosiy belgilaridan biri unda maxsus intonatsiyaning bo‘lishidir. Har bir gap o‘ziga xos ohanggi bilan shakllanadi va boshqa gaplardan ajralib turadi. Chunki har bir gapning boshlanishi va tugallanishi uning intonasiyasidan sezilib turadi, gap oxirida ohang ham tugallanadi. Ko‘pchilik tillarga xos bu qonuniyat o‘zbek tiliga ham asosan mos keladi. Ammo bu sohada o‘zbek tili gap tuzilishida o‘ziga xos xususiyatlar ham mavjud. Eng avvalo, gapning ohangi o‘zbek tilida ma’lum darajada farqli xususiyatlarga ega. Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy rivojida ona tilining o’rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko’zgusidir. Til belgi ekan, har bir til unsuri ham belgi sifatida muayyan maqsadni ifodalashga yo’naltiriladi. Kommunikativ maqsadning bayon qilinishida Jumladan, undalmalar ham muloqot jarayonida muhim o’rin egallaydi. Undalma so’zlovchi nutqi qaratilgan shaxs, jonli va jonsiz predmetni ifodalashiga ko’ra kuchli stilistik vosita sanaladi. Undalmalar so’zlovchining tinglovchiga munosabatini ifodalab baho xarakteristikasi ottenkasi (ijobiy, salbiy, neytral, ko’tarinkilik, tantana kabilar)ga ega bo’ladi. Kishilar jamiyatda yashar ekan, tanish va notanish shaxslar bilan muloqotga kirishadi. Mazkur jarayonda axborot almashadi, mulohazalarini bayon qiladi. Shu tarzda o’zini va boshqalarni, borliqni bilishga intiladi. Borliq idroki bilimsiz kechmaydi, idrokning har qanday bosqichi ongli ravishda, shaxsning bilimi doirasida kechadi. Demak, qiyoslash va baholash harakatlari qanchalik emotsional xususiyatga ega bo’lmasin, oxir-oqibatda kognitiv faoliyatning bir qismi bo’lib qolishadi. Ko’rinadiki, muloqot jarayonida so’zlovchi yoki yozuvchi munosabatining hosilasi bo’lgan baholash muhim o’rin tutadi. Muloqot jarayonida muloqot ishtirokchilari alohida shaxs-nutq egasi sifatida o’z fikrlarini bayon etadi, fikrlarini himoya qiladi, zarur bo’lsa, o’z fikrlarini tasdiqlatishga harakat qiladi. Fikr bayon etuvchi so’zlovchi yoki yozuvchi muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida his-tuyg’ulari va kechinmalarini ham bayon qiladi. Shu tariqa yuzaga kelgan vaziyatni o’zicha baholaydi: ijobiy yoki salbiy munosabatlarini bildiradi. Masalan, Mulla Norqo’zi ertasiga samovarga chiqqanida yana panjasini yozib o’zi bilgan ochiq ayollarni sanab chiqdi va xotini aytgan ayblarn i bularning har qaysisiga taqdi, jinday o’zidan ham qo’shdi…Shunda o’tirganlardan biri , intihosiz gapdan zerikdi shekilli, qattiq esnab dedi: -Men sizga aytsam, mulla Norqo’zi, gap paranjida emas.(A.Qahhor) Ushbu parchada atoqli ot(Norqo’zi)undalma vazifa sida kelgan. Tinglovchiga uning ismi orqali murojaat qilinayotgani muloqot qatnashchil ari o’zaro tanish, yaqin munosabatda ekanligini bildiradi. Insonga uning ismi bilan murojaat qilish munosabatlarni yaqinlashtiradi, suhbatdoshlar orasida iliqlikni yuzaga chiqaradi. Ism bilan murojaat qilinganda ko’pincha samimiylik yuzaga keladi. Yuqoridagi holatda esa buning aksini ko’rish mumkin. Murojaat qiluvchining ushbu vaziyatda Norqo’zi bilan hamfikr emasligi(gap paranjida emas deb uning fikrini inkor qilgani), su hbatning cho’zilgani unga yoqmagani(intihosiz gapdan zerikkan), so’zlovchi nutqining asoslanmagani(qattiq esnab, qarshi fikr aytgani)-bularning barchasi mazkur parchada mulla Norqo’zi undalmasining ishlatilishini taqozo etadi. Bu yerdagi undalma orqali bir necha tagma’nolarni anglash mumkin: mulla sozining qo’shilganligi adresatni hurmatlas h uchun emas, balki asossiz gaplar bilan ma’ruza qilib ko’pchilikning ensasini qotirgan “dono”ni ta’kidlash uchun xizmat qilgan. Mulla so’zi aslida diniy ilmdan xabari bo’lgan shaxslarga nisbatan qo’llanadi. Ushbu vaziyatda mulla izohlovchisi ilmllilik belgisini anglatmaydi, aksincha bilimsizlik, shu bilan birga kinoya ma’nosini bildiradi. Ezmalik qilgan suhbatdoshni to’xtatish maqsad qilinganligi gap yakunidan ham anglashiladi.(gap paranjida emas). Yoki: Buni ko’rib Asqar tog’aning kayfi uchib ketdi. -Qizim, bo’lak ot yo’q ekanmi? -Nima edi? -Bu oting ovga yaramaydi. -Men ovga bormayman, otajon, MTSga ketyapman. (“Hur qiz”) Shuningdek, undalma va kirish so’zlarda hamda kiritmalarning ishtirokiga ko‘ra ikki sostavli va bir sostavli gaplarga bo‘linadi. Bunday bo‘linish gapda bosh bo‘laklardan birining yoki har ikkisining ishtirok qilishiga asoslanadi. Yuqorida biz gapning tabiati, xarakterli belgilari, tarkibiy tuzilishlari bilan tanishdik. Bu belgilarni shunday xulosalash mumkin: gap nutqning asosiy birligi, u so‘zlar guruhidan yoki bir so‘zdan iborat bo‘lib, informasiya bildirish, aloqa – aralashuv vositasi sifatida xizmat qiladi. Gapda obyektiv borliq (ifodalanadi) aks etadi. Gapning asosiy belgisi gapdagi mundarijaning real voqelik bilan bog‘liq bo‘lishidir. Bu predikativlik hodisasidir. Predikativlik modallik, zamon va shaxs kategoriyalari bilan bog‘liq. Gap fikrni ifodalash bilan birga, emosiyalarni, affektlarni (affekt-juda kuchli, qat’iy, qisqa muddatli hayojon) ham bildiradi, so‘zlovchining shu fikrga munosabatini ham ko‘rsatadi. Gapdagi bo‘laklarning hammasi birgalikda grammatik butunlikni, yaxlitlikni tashkil etadi. Gap doim intonatsion tugalligi (ya’ni, nisbiy tugallik), grammatik yaxlitlik bilan mos bo‘ladi. Bu umumiy belgilar asosida gapning quyidagi ta’rifi kelib chiqadi: gap grammatik shakllangan, intonasion tugallikka ega bo‘lgan, fikrni shakllantirish va ifodalash, bildirish vositasi bo‘lgan yaxlit asosiy sintaktik birlikdir. Nutqda undalma,kirish va kiritmalar gap bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi. Ular alohida bo‘lak sifatida biror vazifa bajarmasa-da, lekin gapdan anglashayotgan fikrga u yoki bu darajada fikr qo‘shadi. Natijada, gap tarkibida murakkablashish hodisasi sodir bo‘ladi. Darslik, qo‘llanma va ilmiy adabiyotlarda ushbu gap turi yuzasidan bir necha xil qarashlar mavjud ekanligini ko‘ramiz. Eng avvalo, ushbu sintaktik birlikning nomlanishi haqida bir to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Chunki adabiyotlarda ularni turlicha nomlash holatlari ko‘zga tashlanadi. Ilk bor ushbu sintaktik kategoriya haqida “O‘zbek tili grammatikasi” nomli kitobda gap yuritilgan. Bu kitobda murakkablashish xususiyatiga ega bo‘lgan sodda gaplar turini murakkab gap konstruksiyasi6 deb nomlangan. A.G‘ulomov, M.Asqarovalar tomonidan yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida shunday yozilgan: “Sodda gapni murakkablashtiruvchi elementlar xilma-xil: uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, kirish konstruksiyalar, kiritma konstruksiyalar va undalmalar. Atoqli olim G‘.Abdurahmonov kirish va kiritmalar haqida shunday deydi: “Ko’rinadiki, undalmalar badiiy asar nutqida stilistik vosita sifatida keng ishlatiladi. Ular yordamida so’zlovchi va tinglovchining o’zaro munosabati, personajlarning ruhiy holati, kechinmalari ifodalanadi. Muloqot ishtirokchilarining baho munosabatlari ham undalmalardan anglashiladi deb yuritiladi”7. N.Mahmudov va A.Nurmonovlar esa undalma, kirish so’z va kiritmalar o’z bajarayotgan vazifasiga qarab ajratilishini maqsadga muvofiq deb hisoblashadilar8. B.O‘rinboyev ushbu sintaktik kategoriyaga quyidagicha ta’rif beradi. “Sodda gapning tarkibida uyushiq bo‘laklar, undalmalar, kirish va kiritma qurilmalar, ajratilgan bo‘laklar, sifatdosh va ravishdosh o‘ramlar, harakat nomli tizimlar qatnashib sodda gapni ham shakliy, ham mazmuniy jihatdan murakkablashtiradi. Bunday gaplar murakkablashgan sodda gaplar deb ataladi”9. Yuqoridagilardan ham ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatilgan adabiyotlarda murakkab ko‘rinishga ega bo‘lgan sodda gaplarning nomlanishi borasida ham olimlarimiz bir atamani tanlashmaganlar. “O‘zbek tili grammatikasi” kitobida “murakkab gap konstruksiyasi”, A.G‘ulomov, M.Asqarovalar “murakkablashgan sodda gap”, G‘.Abdurahmonov “murakkab gap qurilmalari”, N.Mahmudov, A.Nurmonovlar “murakkablashgan gaplar”, B.O‘rinboyev “murakkablashgan sodda gaplar” deb nomlaganlar. Vaholanki, tilshunoslikdagi ma’lum bir til kategoriyasi olimlar o‘rtasida bir xil nomlanishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bu ba’zi bir chalkashliklarning kelib chiqishining oldini olar edi. Chunki til fani ham aniqlikni talab qiladigan fanlardan hisoblanib, talab qiladi. Albatta, yuqoridagi ta’rif va nomlanishlar ham biz o‘rganayotgan sintaktik birliklar xarakterini u yoki bu darajada ochib bergan. Lekin yuqorida ta’kidlaganimizdek, atashda bir xillik bo‘lishi juda ko‘p anglashuvmovchiliklarning oldini oladi. Bizningcha, yuqoridagi fikrlarni tahlil qilgan holda ushbu sintaktik birliklarni “murakkablashgan sodda gaplar” deb atash o‘rinlidir. Chunki ushbu gap turi sodda gapning turli til birliklari vositasida murakkablashishi natijasida hosil bo‘ladi. Ya’ni u qo‘shma gap darajasiga yetmaydi, sodda gapdan esa tarkibi va fikr to‘liqligi bilan farqlanadi. Faqat sodda gap murakkablashish xususiyatini kasb etadi. Bundan tashqari tilda ma’lum sistema mavjudki, u hamisha soddadan murakkabga, quyidan yuqoriga bir xillikni ta’minlashga harakat qiladi. E’tibor qilsak, so‘z birikmasi sodda va murakkab gap bo‘laklari ham sodda va murakkab ko‘rinishlarga ega. Shuningdek, qo‘shma gap ham murakkab turiga ega. Shularni inobatga olgan holda, sodda gapning bu ko‘rinishini “murakkablashgan sodda gaplar” deb atash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Ushbu ta’rif A.G‘ulomov, M.Asqarova va B.O‘rinboyevlarning fikrlari bu sintaktik birliklar xarakteriga mos keladi va shunday deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi. II Download 55.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling