Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning o‘rni va roli.
O‘zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha olamshumul yutuqlar va natijalarni mamlakatimizning birinchi Prezidenti nomi va faoliyati bilan uzviy bog‘liq deb biladi. U haqli ravishda demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to‘la javob beradigan O‘zbekiston Konstitutsiyasining mualliflaridan biridir. Islom Abdug‘aniyevich Karimov iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, siyosiy mustaqillikni ta’minlash mumkin emas degan fikrning qat’iy tarafdori edi. Aynan shuning uchun I.A.Karimov tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan taraqqiyotning beshta tamoilini – taraqqiyotning “О‘zbek modeli” deb nom olgan islohotlar dasturini ishlab chiqdi va hayotga samarali tadbiq etdi. Birinchi Prezidentimizning xalqimiz, davlatimiz uchun amalga oshirgan buyuk xizmatlari haqida qancha gapirsak, shuncha oz. I.A.Karimov ayniqsa millat farzandlarini qalbdan yaxshi ko‘rardi. Hamisha yosh avlodning kelajagi uchun qayg‘urardi.
I.A.Karimov “farzandlarimiz bizdan kо‘ra kuchli, dono va albatta baxtli bо‘lishlari shart” degan ezgu maqsaddan kelib chiqqan xolda millatimiz yoshlari kamoloti yо‘lida juda ulkan va xayirli ishlarni amalga oshirdi.
U nafaqat О‘zbekiston balki jahon miqyosida tinchlik uchun, о‘z xalqi va mamlakati uchun butun borlig‘ini fido qila oladigan, katta xurmat va obrо‘-e’tiborga sazovor bо‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev 2017-yil 15-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida bо‘lib о‘tgan yig‘ilishdagi nutqlarida Islom Karimovni xotirlab shunday degan edilar: “Barchamiz uchun qadrli bо‘lgan xurmatli Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov bugun oramizda yо‘q. Biroq Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “О‘zbek modeli”ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoillarga biz о‘z ishimizda doimo suyanamiz. Bu tamoillar О‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy о‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |