Mustaqillikka erishishi arafasida


Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli


Download 143.68 Kb.
bet2/21
Sana20.01.2023
Hajmi143.68 Kb.
#1104168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu yuzasidan qo\'llanma

Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.


1988-1990-yillarda О‘zbekiston barcha asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha sobiq Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ancha orqada bо‘lib, oxirgi о‘rinlardan birini egallar edi. Markaz bosim о‘tkazayotgan tahlikali sharoitda о‘sha davrning og‘ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy manzarasiga tо‘g‘ri va xolis baho bergan inson Islom Karimov bо‘ldi. Shu о‘rinda Prezidentning 1990-yil 4-iyunda bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‘zlagan nutqidan parcha keltirish maqsadga muvofiq:
Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ham ancha orqada bо‘lib, mamlakatda oxirgi о‘rinlardan birida turibdi. Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor idrok etmoq kerak. О‘zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha mamlakatda 12-о‘rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bо‘yicha kо‘rsatkich esa Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ikki hissa past.
Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xо‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish о‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi о‘rinlardan birida turibmiz.
О‘zbekiston aholisi о‘rta hisobda gо‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman, mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga о‘rta hisobda 75 sо‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi SSSRda 12 foizdan sal kо‘proq bо‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda о‘zining qо‘lidan keladigan ishni topa olmayapti.
Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning
60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning о‘zi kifoya. Juda о‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar rо‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni, avvalo, shundan kо‘rsa bо‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, kо‘pincha yashash uchun kerak bо‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti.

Download 143.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling