Mustaqillikka erishishi arafasida
Download 143.68 Kb.
|
1-Mavzu yuzasidan qo\'llanma
Sotish uchun 319 ta avtomashina ajratilganida, shulardan 236 tasi rayonda yashamaydigan, jumladan, boshqa respublikalarda istiqomat qiladigan kishilarga g‘ayriqonuniy tarzda taqsimlangan, uy-joy taqsimlash tartibi qо‘pol tarzda buzilgan, gazlashtirish, suv ta’minoti, ishga joylashtirish masalalari necha yillar mobaynida hal bо‘lmay qolavergan”1 .
I.A.Karimov О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‘mitasining 1989-yil 19- avgustdagi XVI plenumida, keyinchalik Moskvada bо‘lib о‘tgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat’iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi: “О‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari о‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bо‘lmadi. Bu voqealarga tuturiqsiz va g‘arazli maqsadlarni kо‘zlab, kim qanday bо‘yoq bermasin, tarix, albatta, о‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondо‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha о‘zbek xalqiga xos fazilat bо‘lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bо‘lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan kо‘pgina misollar bilan isbotlangan” . I.A.Karimov Farg‘ona fojialari haqida shunday degan edi: “Farg‘ona voqealari, shuningdek, keyingi paytlarda rо‘y bergan boshqa tartibsizliklar bularning barchasi turli millat odamlarida bir-biriga ishonchsizlik paydo qildi. Shunday bо‘lishiga kim sababchi? Men hozir aniq-ravshan qilib aytaman: jamiki noma’qulchiliklar respublikamiz chegarasidan tashqaridadir”. Farg‘onadagi voqealar tugaganidan sо‘ng ham har xil mish-mishlar natijasida Toshkent viloyatining Parkent va Bо‘ka tumanlarida ba’zi kimsalar tomonidan noxush voqealar uyushtirildi. Masalan, 1990-yil 3-mart kuni Parkentning markazida 1 Karimov I. A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‘zbekiston, 2011. 179-180 b. ommaviy tartibsizliklar tufayli shu yerlik M. Mirtursunov halok bо‘ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, noroziliklarni kuchaytirdi. 1990-yilning avgust-sentabr oylarida Toshkent viloyatining Bо‘ka tumanida janjal-tо‘polonlar bо‘lib о‘tadi. Islom Karimov ushbu tumanga kelganida ayanchli manzaraning guvohi bо‘ladi yо‘l yoqasida mashinalar yonar, junbushga kelgan yoshlar tо‘polon qilishar edi. Yangi rahbar ularning yoniga borib, о‘zini tanishtiradi. Otga minib, xaloyiq orasiga kiradi. Ularga murojaat qilib: “Nima talablaring bо‘lsa, menga aytinglar, hammasiga e’tibor bilan qarab, hal qilib berishga harakat qilaman”, deydi. Markaz haqida о‘zining dangal fikrini aytadi. Yangi rahbardan bunday javobni sira kutmagan xaloyiq bо‘shashib qoladi. 1990-yil 3-5-dekabr kunlari Namangan shahrida ichki qо‘shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar о‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 nafar mahalliy millatga mansub fuqaro halok bо‘ldi. Download 143.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling