Mustaqillikka erishishi arafasida


Download 143.68 Kb.
bet1/21
Sana20.01.2023
Hajmi143.68 Kb.
#1104168
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu yuzasidan qo\'llanma


1-MAVZU:

MUSTAQILLIKKA ERISHISHI ARAFASIDA
О‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOLI



Reja.


    1. Qayta qurish” siyosati va uning barbod bо‘lishi.
    2. Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.


    3. Farg‘ona, Bo‘ka, Parkent va Namangan voqealari.
    4. O‘zbekistonda “Paxta ishi” va uning oqibatlari.




Tayanch tushunchalar: “Afg‘on urushi”, “Qayta qurish”, “Kadrlar tо‘dasi”, “Paxta ishi” (“О‘zbek ishi”), Inflyatsiya, Oshkoralik, Fargona voqealari, Milliy munosabatlar, Milliy uyg‘onish.


  1. “Qayta qurish” siyosati va uning barbod bо‘lishi.


Ma’lumki, XX-asr insoniyat tarixiga fan-texnika inqilobi, murakkab ijtimoy- iqtisodiy о‘zgarishlar, kо‘lami jihatidan misli kо‘rilmagan jahon urushlari asri bо‘lib kirdi. XX-asr shuningdek, murkakkab g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar davri sifatida jahon siyosatida tub burilishlar rо‘y bergan davr bо‘ldi. Ushbu asrning muhim voqeligidan biri jahon tarixida “Qizil imperiya” nomi bilan yuritilgan mustabid Sovet ittifoqining tashkil topishi va о‘tmish tarixdagi imperiyalar singari barbod bо‘lishi davri bо‘ldi. 1922-yilda jahon siyosiy xaritasida paydo bо‘lgan Shо‘rolar davlati 30- yillar qatag‘oni, 1939-1945-yillardagi ikkinchi jahon urushi, 50-60-yillardagi urush vayronalarini bartaraf etish, 70-yillarda turg‘unlik yillarini boshidan о‘tkazib, 1991- yilgacha jahonning hududiy jihatdan eng katta davlati sifatida yashab keldi.
1925-yilda Moskvadagi bolsheviklar yо‘riqnomasi va andozasi asosida tashkil etilgan О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi esa Sobiq Ittifoqning 15 ta ittifoqdosh respublikasidan biri sifatida qog‘ozda mustaqil, amalda qaram respublika sifatida mavjud bо‘ldi. О‘zbekiston tarixining 1917-1991-yillari esa tarixshunoslikda о‘z mazmun-mohiyatiga mos ravishda “qaramlik” yilllari deb nomlandi.
О‘tgan asrning 70-80-yillarda sovet rahbariyatining notо‘g‘ri yuritilgan ichki va tashqi siyosati, oxir oqibat ushbu ulkan imperiyaning davlat sifatida barham topishiga zamin tayyorladi.
Iqtisodiy-xо‘jalik yuritilishining ekstensiv xarakteri, mamlakat iqtisodiyotining energoresurslar eksportiga tamomila bog‘lanib qolganligi va juda chigal ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimi 70-yillar sovet iqtisodiyotining juda nozik bо‘g‘ini bо‘lgan edi.
1979-yil dekabrda Sovet qо‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi, kreml siyosatchilarining tashqi siyosatda qimmatga tushgan navbatdagi xatolaridan biri bо‘lgan edi. Butun xalqaro hamjamiyat SSSRni tajovuzkor (agressor) mamlakat deb e’lon qildi va 1980-yilda AQSH boshchiligidagi G‘arb mamlakatlari Moskva olimpiadasini boykot qildi. Ikkinchi jahon urushida ulkan ma’naviy obrо‘ bilan chiqqan Sovet ittifoqi 80-yillarga kelib xalqaro maydonda yakkalanib qoldi. “Sovuq

urush” munosabatlari davom etayotgan ushbu davrda Sovet ittifoqining azaliy harbiy- siyosiy va iqtisodiy raqobatchisi bо‘lgan G‘arb mamlakatlari Sovet ittifoqiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni joriy eta boshladilar. 80-yillarda jahon yoqilg‘i-energetika bozorida neft narxining keskin tushib ketishi, SSSRning yagona daromad manbaidan mosuvo qildi. Keng xalq iste’moli va oziq-ovqat maxsulotlari taqchilligi yuzaga keldi.


1985-yilda hokimiyatga kelgan M.S.Gorbachev hukumati mamlakat iqtisodiy jihatdan tang ahvolda ekanligini tushunib yetdi va mamlakatni inqirozdan olib chiqishga qaratilgan “Qayta qurish” dasturini joriy eta boshladi. Ammo, puxta о‘ylab chiqilmagan islohotlar dasturi yarim asrlik chuqur ildiz otgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi, yakkapartiyaviy boshqaruv tizimi hamda eski nomenklatura sarqitlari islohotlar yо‘liga tо‘g‘anoq bо‘ldi. “Qayta qurish” siyosati tamomila teskari natija berdi. 80-yillar oxiriga kelib butun Ittifoq respublikalarida mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimdan norozilik kayfiyatini yuzaga keltirdi.

  1. Download 143.68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling