1-mavzu: mustaqillikka erishishi arafasida


Download 476.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana24.01.2023
Hajmi476.05 Kb.
#1116724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 MAVZU davomi 1..



 
 
 
1-MAVZU: 
 
 
 
MUSTAQILLIKKA 
ERISHISHI 
ARAFASIDA 
О‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR 
Reja
1. 
“Qayta qurish” siyosati va uning barbod bо‘lishi. 
2. 
Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 
3. 
Farg‘ona, Bo‘ka, Parkent va Namangan voqealari. 
4. 
O‘zbekistonda “Paxta ishi” va uning oqibatlari. 
 
Tayanch tushunchalar: “Afg‘on urushi”, “Qayta qurish”, “Kadrlar tо‘dasi”, 
“Paxta ishi” (“О‘zbek ishi”), Inflyatsiya, Oshkoralik, Fargona voqealari, Milliy 
munosabatlar, Milliy uyg‘onish. 
 
1. 
“Qayta qurish” siyosati va uning barbod bо‘lishi. 
Ma’lumki, XX-asr insoniyat tarixiga fan-texnika inqilobi, murakkab ijtimoy- 
iqtisodiy о‘zgarishlar, kо‘lami jihatidan misli kо‘rilmagan jahon urushlari asri bо‘lib 
kirdi. XX-asr shuningdek, murkakkab g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar davri sifatida 
jahon siyosatida tub burilishlar rо‘y bergan davr bо‘ldi. Ushbu asrning muhim 
voqeligidan biri jahon tarixida “Qizil imperiya” nomi bilan yuritilgan mustabid Sovet 
ittifoqining tashkil topishi va о‘tmish tarixdagi imperiyalar singari barbod bо‘lishi 
davri bо‘ldi. 1922-yilda jahon siyosiy xaritasida paydo bо‘lgan Shо‘rolar davlati 30- 
yillar qatag‘oni, 1939-1945-yillardagi ikkinchi jahon urushi, 50-60-yillardagi urush 
vayronalarini bartaraf etish, 70-yillarda turg‘unlik yillarini boshidan о‘tkazib, 1991- 
yilgacha jahonning hududiy jihatdan eng katta davlati sifatida yashab keldi. 
1925-yilda Moskvadagi bolsheviklar yо‘riqnomasi va andozasi asosida tashkil 
etilgan О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi esa Sobiq Ittifoqning 15 ta 
ittifoqdosh respublikasidan biri sifatida qog‘ozda mustaqil, amalda qaram respublika 
sifatida mavjud bо‘ldi. О‘zbekiston tarixining 1917-1991-yillari esa tarixshunoslikda 
о‘z mazmun-mohiyatiga mos ravishda “qaramlik” yilllari deb nomlandi. 
О‘tgan asrning 70-80-yillarda sovet rahbariyatining notо‘g‘ri yuritilgan ichki va 
tashqi siyosati, oxir oqibat ushbu ulkan imperiyaning davlat sifatida barham topishiga 
zamin tayyorladi. 
Iqtisodiy-xо‘jalik yuritilishining ekstensiv xarakteri, mamlakat iqtisodiyotining 
energoresurslar eksportiga tamomila bog‘lanib qolganligi va juda chigal ma’muriy 
buyruqbozlikka asoslangan tizimi 70-yillar sovet iqtisodiyotining juda nozik bо‘g‘ini 
bо‘lgan edi. 
1979-yil dekabrda Sovet qо‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi, kreml 
siyosatchilarining tashqi siyosatda qimmatga tushgan navbatdagi xatolaridan biri 
bо‘lgan edi. Butun xalqaro hamjamiyat SSSRni tajovuzkor (agressor) mamlakat deb 
e’lon qildi va 1980-yilda AQSH boshchiligidagi G‘arb mamlakatlari Moskva 
olimpiadasini boykot qildi. Ikkinchi jahon urushida ulkan ma’naviy obrо‘ bilan 


chiqqan Sovet ittifoqi 80-yillarga kelib xalqaro maydonda yakkalanib qoldi. “Sovuq 


urush” munosabatlari davom etayotgan ushbu davrda Sovet ittifoqining azaliy harbiy- 
siyosiy va iqtisodiy raqobatchisi bо‘lgan G‘arb mamlakatlari Sovet ittifoqiga nisbatan 
iqtisodiy sanksiyalarni joriy eta boshladilar. 80-yillarda jahon yoqilg‘i-energetika 
bozorida neft narxining keskin tushib ketishi, SSSRning yagona daromad manbaidan 
mosuvo qildi. Keng xalq iste’moli va oziq-ovqat maxsulotlari taqchilligi yuzaga keldi. 
1985-yilda hokimiyatga kelgan M.S.Gorbachev hukumati mamlakat iqtisodiy 
jihatdan tang ahvolda ekanligini tushunib yetdi va mamlakatni inqirozdan olib 
chiqishga qaratilgan “Qayta qurish” dasturini joriy eta boshladi. Ammo, puxta о‘ylab 
chiqilmagan islohotlar dasturi yarim asrlik chuqur ildiz otgan ma’muriy buyruqbozlik 
tizimi, yakkapartiyaviy boshqaruv tizimi hamda eski nomenklatura sarqitlari islohotlar 
yо‘liga tо‘g‘anoq bо‘ldi. “Qayta qurish” siyosati tamomila teskari natija berdi. 80-
yillar oxiriga kelib butun Ittifoq respublikalarida mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimdan 
norozilik kayfiyatini yuzaga keltirdi. 

Download 476.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling