1-mavzu: mustaqillikka erishishi arafasida


Download 476.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana24.01.2023
Hajmi476.05 Kb.
#1116724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 MAVZU davomi 1..

ANARXIYA (yunoncha “anarchia” – boshliqsiz, hokimiyatsiz) – bir yoki bir 
necha shaxslar guruhining hokimiyatga bo’ysunmasligi natijasida kelib chiqadigan 
tartibsizlik. Sobiq Shо‘rolar davlatida 80-yillarning oxirida ijtimoiy-siyosiy inqiroz 
natijasida xuddi shunga о‘xshash hokimiyatsizlik va boshboshdoqlik vujudga kelgan 
edi. 1989-yil iyul oyidan I.A. Karimov О‘zbekiston rahbari etib tayinlangach 
jamiyatimizdagi ana shu illatlarga asta-sekin barham berila boshlandi. 
BYUROKRATIYA (fransuzcha “bureau” – kanselyariya, devonxona, yunoncha 
“kratos” – hukmronlik) – davlat va jamiyatni xalqdan ajralgan holda u bilan 
hisoblashmasdan ma’muriy buyruqbozlik yо‘li bilan boshqarish usuli. Byurokratik 
boshqaruvda xalqqa berilgan va’dalar faqat qog‘ozda qolib ketib, u hech qachon 
amalda bajarilmay qoladi. Ana shu qog‘ozbozlik va tо‘rachilik ma’muriy boshqaruv 
tuzilmalardan tortib ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga kirib boradi. 
Hukumat va yuqori tashkilotlarning buyruq-kо‘rsatmalari amalda bajarilmagan bо‘lsa 
ham qog‘ozda bajarilgan qilib kо‘rsatiladi. Qog‘ozda aks ettirilgan kо‘rsatkichlar va 
yutuqlar hayotga tadbiq etilmaydi. 
Sobiq Shо‘rolar davlatida byurokratizm bu kapitalistik jamiyatga xos xususiyat, 
sotsialistik tuzumda byurokratizmga yо‘l qoyilmaydi deb balandparvoz shiorlar ilgari 
surilgan bо‘lsada buyurokratiyaning asl kо‘rinishlari aynan shо‘rolar jamiyatida gullab 
yashnadi. 
DEPORTATSIYA (lot. deportatio – quvg‘in qilmoq, surgun qilmoq) – majburiy 
kо‘chirish, badarg‘a qilish. Jinoiy yoki majburiy jazo chorasi sifatida davlatdan 
majburan chiqarib yuborish, haydash. 1920-40-yillarda sobiq Ittifoqda amalga 
oshirilgan ommaviy qatag‘onlar davrida kо‘plab xalqlar deportatsiyaga duchor 
bо‘lgan edilar. 


16 
Ikkinchi jahon urushining dastlabki yilidayoq Stalin boshliq sovet rahbariyati 
Volgaboyi nemislarini «bosqinchilarga yordam berishi mumkin», degan gumon bilan 
yashab turgan joylaridan mahrum etib, Sibir va Qozog‘istonga kо‘chirib yuboradi. 
О‘zbekistonga 175 mingdan ortiqroq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 
mingdan ortiqroq qrim tatarlari, 4500 bolqarlar, о‘n minglab mesxeti turklari, greklar 
kо‘chirib keltirildi. О‘zbek xalqi ularni beg‘araz kutib oldi, yashash uchun uy-joy, 
oziq-ovqatlar bilan yordam berdi. Mahally hokimiyat ularga hosildor yerlardan 
tomorqa yer, uy qurish va xо‘jalik yuritish uchun mablag‘lar ajratdi. 
1989-yilda SSSR Xalq deputatlari syezdi deportatsiya siyosatini noqonuniy deb 
e’lon qildi va majburuy kо‘chirilgan xalqlarga о‘z ona Vatanlariga qaytishlariga ruxsat 
berildi. 

Download 476.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling