1-mavzu: mustaqillikka erishishi arafasida
Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
Download 476.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU davomi 1..
2.
Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 1988-1990-yillarda О‘zbekiston barcha asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha sobiq Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ancha orqada bо‘lib, oxirgi о‘rinlardan birini egallar edi. Markaz bosim о‘tkazayotgan tahlikali sharoitda о‘sha davrning og‘ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy manzarasiga tо‘g‘ri va xolis baho bergan inson Islom Karimov bо‘ldi. Shu о‘rinda Prezidentning 1990-yil 4-iyunda bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‘zlagan nutqidan parcha keltirish maqsadga muvofiq: “Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ham ancha orqada bо‘lib, mamlakatda oxirgi о‘rinlardan birida turibdi. Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor idrok etmoq kerak. О‘zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha mamlakatda 12-о‘rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bо‘yicha kо‘rsatkich esa Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ikki hissa past. Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xо‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish о‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi о‘rinlardan birida turibmiz. О‘zbekiston aholisi о‘rta hisobda gо‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman, mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga о‘rta hisobda 75 sо‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi SSSRda 12 foizdan sal kо‘proq bо‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda о‘zining qо‘lidan keladigan ishni topa olmayapti. Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning о‘zi kifoya. Juda о‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar rо‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni, avvalo, shundan kо‘rsa bо‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, kо‘pincha yashash uchun kerak bо‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti. Bunday ahvol vujudga kelganining boisi nimada? Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan-texnika imkoniyatlariga, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bо‘lgan respublikamiz asosiy iqtisodiy va ijti- moiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha mamlakatda oxirgi о‘rinlardan biriga haqli ravishda inqiroz holati, deb atalgan ahvolga tushib qolganining sababi nimada? Respublikaning taqdiri, uning kelajagi uchun qayg‘urayotgan, yosh avlod taqdiri uchun kuyunayotgan sog‘lom fikrli har bir kishi hozir о‘ziga о‘zi shu savolni bermoqda. Nazarimda, buning javobi shunday bо‘lmog‘i kerak: 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriyatchilik, buyruqbozlik usullari g‘alaba qozonib, О‘zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlar tobora qaror topib bordi. Xо‘sh, bu illatlar nimalarda namoyon bо‘ldi? Download 476.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling