1-mavzu: mustaqillikka erishishi arafasida
Download 476.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU davomi 1..
lekin sizlardan iltimosim, faqat hamma joyda tinchlik, tartib-qoida bо‘lishi kerak”,
deydi. Farg‘ona vodiysi oblastlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, mintaqadagi ijtimoiy muammolar haqida ochiq-oydin va oshkora gapiradi, mavjud keskin ahvoldan chiqish yо‘li sifatida aholining turmushini yaxshilash, jumladan, odamlarni ish bilan, tomorqa va uy-joy uchun yer uchastkalari, chorva mollari bilan ta’minlash masalalarini birinchi bor amaliy nuqtai-nazardan kun tartibiga jiddiy qо‘yib, tegishli vazirlik va idoralar, oblast va rayon rahbarlariga aniq topshiriqlar beradi. Islom Karimovning bevosita tashabbusi bilan fashizmga qarshi urush yillarida Vatanidan quvib chiqarilgan qator xalqlarga о‘z yurtiga qaytishlarida yordam berish tо‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi va SSSR Oliy Kengashiga taqdim etildi. Aytish mumkinki, о‘z vaqtida katta siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan bunday hujjat (u qanday hal etilganidan qat’i nazar) faqat О‘zbekistonda qabul qilindi 1 . Bu harakat respublika rahbariyatining jonkuyarligi va adolatparvarligidan dalolat berardi. I.A.Karimovning turli chiqishlarida aytgan, millionlab kishilar kо‘ngliga 1 Жўраев Н. Агар огоҳсен. Портретга чизгилар. Сиёсий эссе. -Т.: “Ёзувчи”. 1998. 25 б. 11 ishonch, bilagiga kuch baxsh etgan sо‘zlari, ya’ni “О‘zbekistonda millatlar о‘rtasida qon tо‘kilmaydi”, “Farg‘ona voqealari boshqa qaytarilmaydi”, deya bergan va’dasi uning ham lafzi qat’iy rahbar, ham ulkan shaxs ekanini namoyon etdi. Hayotda inson uchun oilasi, umr yо‘ldoshi, farzandlari, uy-joyi, mol-mulki, obrо‘-e’tibori, sog‘lig‘i qanchalar qadrli bо‘lsa, shularning barchasidan u millatlararo janjal, qon tо‘kishlar sabab ayrilib qolishi mumkin. Agar о‘sha yillar tarixiga e’tibor beradigan bо‘lsak, Farg‘ona voqealari haqida shov-shuv kо‘targanlar, shunday qonli fojia hisobidan obrо‘ topish, о‘z g‘arazli manfaatlariga erishish, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar kо‘p bо‘lgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan bayon qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy yechimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi. Islom Karimov Farg‘ona oblastida ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqargan sabablar haqida quyidagilarni bayon etgan edi: “Boz ustiga, keyinchalik ma’lum bо‘lishicha, kо‘pgina amaldor shaxslar, jumladan voqealar о‘t-olovdek chaqnab ketgan Toshloq rayonidagi ana shunday shaxslar qonun-qoidalarni buzishgan, poraxо‘rlik qilishgan. Ular, avvalo, о‘zlari va qarindosh-urug‘lariga yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari ajratib berishgan, ssudalar olishgan, holbuki, yer va qarz olishga muhtoj bо‘lgan 400 nafar oddiy mehnatkashga rad javobi berilgan edi. Sotish uchun 319 ta avtomashina ajratilganida, shulardan 236 tasi rayonda yashamaydigan, jumladan, boshqa respublikalarda istiqomat qiladigan kishilarga g‘ayriqonuniy tarzda taqsimlangan, uy-joy taqsimlash tartibi qо‘pol tarzda buzilgan, gazlashtirish, suv ta’minoti, ishga joylashtirish masalalari necha yillar mobaynida hal bо‘lmay qolavergan” 1 . I.A.Karimov О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‘mitasining 1989-yil 19- avgustdagi XVI plenumida, keyinchalik Moskvada bо‘lib о‘tgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat’iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi: “О‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari о‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bо‘lmadi. Bu voqealarga tuturiqsiz va g‘arazli maqsadlarni kо‘zlab, kim qanday bо‘yoq bermasin, tarix, albatta, о‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondо‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha о‘zbek xalqiga xos fazilat bо‘lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bо‘lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan kо‘pgina misollar bilan isbotlangan” . I.A.Karimov Farg‘ona fojialari haqida shunday degan edi: “Farg‘ona voqealari, shuningdek, keyingi paytlarda rо‘y bergan boshqa tartibsizliklar bularning barchasi turli millat odamlarida bir-biriga ishonchsizlik paydo qildi. Shunday bо‘lishiga kim sababchi? Men hozir aniq-ravshan qilib aytaman: jamiki noma’qulchiliklar respublikamiz chegarasidan tashqaridadir”. Farg‘onadagi voqealar tugaganidan sо‘ng ham har xil mish-mishlar natijasida Toshkent viloyatining Parkent va Bо‘ka tumanlarida ba’zi kimsalar tomonidan noxush voqealar uyushtirildi. Masalan, 1990-yil 3-mart kuni Parkentning markazida 1 Karimov I. A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‘zbekiston, 2011. 179-180 b. 12 ommaviy tartibsizliklar tufayli shu yerlik M. Mirtursunov halok bо‘ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, noroziliklarni kuchaytirdi. 1990-yilning avgust-sentabr oylarida Toshkent viloyatining Bо‘ka tumanida janjal-tо‘polonlar bо‘lib о‘tadi. Islom Karimov ushbu tumanga kelganida ayanchli manzaraning guvohi bо‘ladi yо‘l yoqasida mashinalar yonar, junbushga kelgan yoshlar tо‘polon qilishar edi. Yangi rahbar ularning yoniga borib, о‘zini tanishtiradi. Otga minib, xaloyiq orasiga kiradi. Ularga murojaat qilib: “Nima talablaring bо‘lsa, menga aytinglar, hammasiga e’tibor bilan qarab, hal qilib berishga harakat qilaman”, deydi. Markaz haqida о‘zining dangal fikrini aytadi. Yangi rahbardan bunday javobni sira kutmagan xaloyiq bо‘shashib qoladi. 1990-yil 3-5-dekabr kunlari Namangan shahrida ichki qо‘shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar о‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 nafar mahalliy millatga mansub fuqaro halok bо‘ldi. Download 476.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling