1-mavzu: mustaqillikka erishishi arafasida
Download 476.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU davomi 1..
AFG‘ON URUSHI – “Sovuq urush” davri munosabatlari yuzaga keltirgan mintaqaviy muammolardan biri. Sobiq Sovet Ittifoqining Afg‘oniston milliy-tarixiy an’analari va shart-sharoitlarini hisobga olmasdan 1978-yilda hokimiyatga kelgan Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasini qо‘llab-quvvatlash bahonasida ushbu mamlakat ichki ishlariga qо‘pol ravishda aralashuvidan kelib chiqqan urush. SSSR qо‘shinlarining 1979-yil 25-dekabrda Afg‘onistonga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar kuchlar tomonidan keskin qoralandi. Kо‘p yillik urush 15 Afg’oniston xо‘jaligiga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1 mln. afg‘on halok bо‘ldi. 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib chiqib ketdi. Xalqaro hamjamiyat talabi bilan Sovet Ittifoqi о‘z qо‘shinlarini 1989-yil 15-fevraldan Afg‘onistondan olib chiqib ketishga majbur bо‘ldi. 1990-yil SSSR Xalq Deputatlari syezdi Afg‘on urushini jinoiy va noqonuniy deb e’lon qilgan. Rasmiy ma’lumotlarga kо‘ra Sovet Ittifoqidan bu urushda 543 ming 255 askar va ofitser ishtirok etib, ulardan, 14 ming nafari vafot etgan, 312 ta harbiy asirga tushgan, 50 ming askar yarador bо‘lgan. Bu askar-jangchilarning kо‘pchiligi asosan О‘rta Osiyo respublikalari va О‘zbekiston farzandlari edi. AGITATSIYA (lotincha “agitatio” – harakatga keltirish) – og‘zaki, yozma, matbuot yoki boshqa faoliyat orqali ommaning siyosiy faolligini uyg‘otish. О‘zaro muloqotlar, namoyishlar, gazeta va jurnallarda ommaviy nashrlar, radio va televidenieda chiqishlar agitatsiya (propaganda) vositasi bо‘lishi mumkin. AGRESSIYA (lotincha “agressio” – hujum) – bir davlatning ikkinchi davlat suvereniteti va chegara dahlsizligini noqonuniy ravishda buzib, uning hududiga bostirib kirishi. Agressiya aksariyat hollarda qurolli harakat tarzida uyushtiriladi. Bir davlatning ikkinchi davlatga qurolli hujumi tinchlik va xavfsizlikka qarshi eng og‘ir xalqaro jinoyatchilik hisoblanadi. Download 476.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling