O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1125397
Bog'liq
Akademik y 2-topshiriq publisistika



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent 
axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali 
Akademik yozuv 1
fanidan 
2-topshiriq 
Guruh:719-21
Bajardi:Akbarov Mansurbek 
 
FARG’ONA
 2023 


Publisistik 
uslub. 
Davrning 
eng 
muhim, 
muhim 
masalalarini 
oʻquvchilarga,tinglovchilarga, tomoshabinlargajurnal, radio, televideniye orqali 
etkazib berish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir boʻlayotgan 
voqealarni singdirish, gazeta ijtimoiy qarashlarini kuzatish uchun xizmat 
qiladi.Ommaviy axborot xavfsizligida (gazeta,urnal, radio, televideniye), Oliy 
Majlis yigʻinlarida, turli xil anjumanlarda qoʻyilgan nutq uslubi publitistik uslub 
sanaladi. Ijtimoiysiyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va 
pamfletlar, murojaatnomalar,chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning 
yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy 
sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir. 
1. 
Hayot – ajoyib o‘qituvchi: insho yozdiradi, o‘zingga tekshirtiradi, 
bahoni esa boshqalar qo‘yadi. U hech kimga yo unvon, yo guvohnoma 
bermaydi. Faqat ba’zi o‘quvchilargina „chipta“ni o‘zlari yasab olishadi, 
yonveridagilarni aldab-ishontirib yurishadi. Hayot esa bir kulib qo‘yib, 
o‘zining abadiy inshosini davom ettiradi. O‘zingga tekshirtiradi. Bahoni 
boshqalar qo‘yadi...
2. 

asrning 
mashhur 
olimi, 
jarrohlik 
ilmining 
otasi 
sanalmish 
Qosim al-Zahraviy bugungi kunda ham jarrohlik amaliyotlarida qo‘llanib 
kelayotgan bir qancha anjomlarni ixtiro qildi. Bu asboblar qatorida 
skalpel, jarrohlik qaychisi va ignasi bor edi. Bundan tashqari u tibbiyotda 
ketgut – tanada so‘rilib ketadigan tikuv ipini ham kashf qilgan.
3. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 173-
sonli qaroriga asosan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘- 
risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) 
amalga 
oshiriladigan 
holatlar 
kengaytirildi. 
Eslatib o‘tamiz: diplomni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha arizalar Davlat 
xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 
orqali qabul qilinadi.


4. 
Kechqurun to‘y! Bu shodiyonadan hamma xursand, men ham 
yig‘ilgan bolalarga qo‘shilib shov-shuv ko‘taraman, dam shotutga o‘rmalab, 
kaptar uyalaridan tuxum qidiraman…To‘satdan mirzaterakka chirmashib 
o‘sgan aymoqli tok orasidan buvimning boshi ko‘rinadi. U meni imlab 
chaqiradi, qo‘lidagi ro‘molidan do‘ppimga ikki-uch bosh chillaki uzum 
soladi: 
– Bor, mehmonxonaga eltib ber. Tog‘ang bilan kelinoying… tatib 
ko‘rishsin.
5. 
Bakovul 
oqsoqollar 
beliga 
bittadan 
to‘nlik 
beqasam 
boyladi. 
– Balli, kuchlaringiz barobar ekan! – dedi. Oqsoqollar bo‘sh kelmadi. 
– Eb-ey, nimalar deyapsiz, rais bova? – dedi Hotam polvon. – O‘ngimga kelib 
edi-yu, 
tag‘in, 
Bo‘ri 
polvonning 
biron 
yeri 
lat 
yemasin 
dedim-da!
– Nima-nima? – dedi Bo‘ri polvon. – Ukkag‘ar Hotam polvon-e! 
Sizga o‘xshaganlarni manavi chinachog‘im bilan yiqitaman, ha!

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling