partiyaning dasturi va nizomi qabul qilindi.
1990-yil 2-may
|
Andijon shahridagi “Spartak” stadionida ommaviy
tartibsizliklar boshlanib, u shahar ko‘chalarida davom etdi.
|
1990-yil 2-may
|
Navruz bayramini qayta tiklash to‘g‘risida Prezident Farmoni
e’lon qilindi.
|
1990-yil 2-iyun
|
“Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi
to‘g‘risida”gi Prezident farmoni e’lon qilindi.
|
1990-yil 4-6-iyun
|
O‘zbekiston Kompartiyasining XXII-syezdi bo‘lib o‘tdi.
|
1990-yil 15-iyun
|
Qozog‘iston SSR Prezidenti Nursulton Nazarboyev
O‘zbekistonda bo‘ldi.
|
1990-yil 16-iyun
|
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida respublikaning iqtisodiy mustaqillikka va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish masalalariga bag‘ishlangan
kengash bo‘lib o‘tdi.
|
1990-yil 18-iyun
|
XII-chaqiriq О‘zbekiston Oliy Kengashining 2-sessiyasi
ochildi.
|
1990-yil 20-iyun
|
Oliy Kengashining XII-chaqiriq 2-sessiyasida 12 moddadan
iborat Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi.
|
1990-yil 21-23-iyun
|
Olma-otada O‘rta Osiyo davlatlari boshliqlarining Birinchi
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda respublika rahbarlarining qo‘shma bayonoti imzolandi.
|
1990-yil iyun
|
“Birlik” xalq harakati asosida “Birlik” partiyasi tuzildi.
|
1990-yil iyul
|
Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari
yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar.
|
1990-yil 2-13-iyul
|
Moskvada KPSS XXVIII syezdi bо‘lib о‘tdi. Unda 4-iyul kuni O‘zbekiston SSR Prezidenti I.A.Karimov ma’ruza qildi.
|
1990-yil 25-iyul
|
O‘zbekiston SSR Prezidenti I.A.Karimov Hindiston Bosh
ministri Vishvanatx Pratap Singxni qabul qildi.
|
1990-yil 6-avgust
|
M.S.Gorbachevning “Yangi Ittifoq Shartnomasi asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga о‘tishning Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida”gi Farmoni e’lon qilindi.
|
1990-yil avgust
|
Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni
qabul qilmadi.
|
1990-yil 4-sentabr
|
SSSR Oliy Soveti Kengashining IV sessiyasi bо‘lib о‘tdi. Unda N.Rijkov “Boshqariladigan bozor iqtisodiga o‘tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xо‘jaligida barqarorlikni
vujujudga keltirish haqida” ma’ruza qildi.
|
1990-yil 4-sentabr
|
“Jumhuriyat yoshlarini armiyaga chaqirishni va ularning harbiy xizmatni o‘tashini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni e’lon qilindi. Unga binoan 1990-yil kuzgi chaqiriqdan boshlab o‘zbekistonlik yigitlarni O‘zbekistondan
tashqarida joylashgan harbiy qismlariga chaqirish to‘xtatildi.
|
1990-yil 20-sentabr
|
I.A.Karimov KPSS MQ plenumida ishtirok etib, yangi ittifoq
shartnomasini ishlab chiqish to‘g‘risida fikr bildirdi.
|
1990-yil 24-sentabr
|
SSSR Oliy Soveti “Xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari”ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat yagona Dastur ishlab chiqishni buyurdi.
|
1990-yil 1-oktabr
|
O‘zbekiston SSR Prezidenti Kengashi ta’sis etilib, shu kuni
Kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
|
1990-yil 17-oktabr
|
“О‘zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy prinsiplari” umumxalq
muhokamasiga qo‘yildi.
|
1990-yil 18-oktabr
|
SSSR Oliy Soveti “Bozor iqtisodiyotiga о‘tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo‘nalishiga ziyon yetkazmaydi” – deb xulosa
berdi.
|
1990-yil 20-oktabr
|
О‘zbekiston Oliy Kengashining 3-sessiyasida “О‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchilar kiritish
tо‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.
|
1990-yil 31-oktabr
|
O‘zbekiston SSR Ichki ishlar vazirligi respublikaga
bo‘ysunuvchi vazirlikka aylantirildi.
|
1990-yil 1-noyabr
|
O‘zbekistonda Prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar
Sovetining ijroiya boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi.
|