Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tashkil etilganligini rasman e’lon qildilar.
1991-yil 9-dekabr
|
Namangan shahrida bir guruh qo‘poruvchi kuchlar viloyat ijroiya qo‘mitasi binosini egallab olib, O‘zbekistonni Islom davlatiga aylantirishni da’vo qilib chiqishadi va respublika rahbari bilan uchrashuvni talab qilishadi. Islom Karimov prezidentlikka nomzod sifatida 10-dekabr kuni Namanganga yetib keladi va ongi aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlangan namoyish rahbarlari bilan uchrashadi.
|
1991-yil 16-dekabr
|
Turkiya xalqaro miqyosda O‘zbekiston Respublikasini
suveren davlat deb tan olgan dastlabki davlat bo‘ldi.
|
1991-yil 21-dekabr
|
Olma-ota shahrida Boltiqbo‘yi respublikalari va Gruziyadan tashqari 11 ta sobiq ittifoqdosh respublikalar rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Olma-ota deklaratsiyasi imzolandi.
O‘zbekiston MDHga a’zo bo‘ldi.
|
1991-yil 25-dekabr
|
SSSR Prezidenti M.S.Gorbachev markaziy televideniye orqali so‘nggi marta xalqqa murojaat qildi. SSSR davlati xalqaro
huquq subekti sifatida barham topdi.
|
1991-yil 29-dekabr
|
О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi
to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Unda
|