Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi
QADRIYAT TUSHUNCHASI va uning umumiy tavsifi
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rta asr
- O‘z-o‘zingni angla
- Lao Szi fikriga ko‘ra
QADRIYAT TUSHUNCHASI va uning umumiy tavsifi.
Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan xususiyatlar esa uning mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardo‘sht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud, birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi deb hisoblaydi Aristotel o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi. Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlar tushunchasining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda g‘arbda ham sharqda ham qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat bilan bog‘langan. 9-mavzu: Falsafiy antropologiya (Inson haqidagi ta’limot) Reja: 1. Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari. Ongning tabiati, strukturasi va funksiyalari 2. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Hayotni tark etish bosqichlari. Suitsid va parasuitsidning oldini olishda tarbiyaning roli. 3. Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari. 4. Faoliyatni tashkil qilishda huquq va axloq uyg’unligi Inson — falsafaning bosh mavzusi. Odam, inson va shaxs tushunchalari. Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni falsafiy muammolar tizimida muhim o‘rin tutadi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo‘lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o‘zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilaveradi. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan. Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. Unga turli ko‘rinishlarda Sharqda ham, yunon-rim falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin. Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib 28 yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan “O‘z-o‘zingni angla”, degan ibora ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach, hozir ham bu fikr o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson borlig‘ining mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat qilayotgan har bir odam uchun o‘z-o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai nazaridan echishga harakat qiladigan o‘ta murakkab, «boqiy» falsafiy masalalardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Xususan, qadimgi xitoy faylasufi Lao Szi fikriga ko‘ra, “boshqalarni biluvchi oqil, o‘zini biluvchi donishmanddir”. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling