Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/48
Sana19.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1709683
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
falsafa

ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy 
ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur 
sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson 
va jamiyat o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: 
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-
sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar 
majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar. 
Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to‘g‘risidagi 
qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, G‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, 
axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. Jamiyatning moddiy va 
ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy 
institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni 
boshqarishning siyosiy-xuquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy 
bilimlarning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. 


27 
Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning 
mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Gegel 
jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. 
Feyerbax din bilan bog‘lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. 
Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy 
taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks 
jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o‘zgarishlar bilan bog‘lagan, barcha 
ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy 
ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni 
amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday 
nazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko‘rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayon 
ekani to‘g‘risidagi qarashlar AQSH faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday 
qarashga ko‘ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial 
jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g‘oyasi 
ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko‘ra har bir xalq o‘zining betakror, noyob, o‘ziga xos va 
o‘ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish 
orqali ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos modelini yaratadi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling