Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


QADRIYAT TUSHUNCHASI va uning umumiy tavsifi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/48
Sana19.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1709683
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
Bog'liq
falsafa

QADRIYAT TUSHUNCHASI va uning umumiy tavsifi. 
 Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda 
qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan xususiyatlar esa uning mazmuniga 
kiritilgan. Masalan, Zardo‘sht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi 
qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar 
qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud, 
birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiy 
qadriyatlar hukm suradi deb hisoblaydi Aristotel o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf 
inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan 
nisbiy qadriyatlarni farqlaydi.
Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlar 
tushunchasining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda g‘arbda ham 
sharqda ham qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat bilan bog‘langan.
 
9-mavzu: Falsafiy antropologiya (Inson haqidagi ta’limot) 
Reja: 
1. Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlariOngning tabiati, strukturasi va funksiyalari
2. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Hayotni tark etish bosqichlari. Suitsid va 
parasuitsidning oldini olishda tarbiyaning roli.
3. Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari. 
4. Faoliyatni tashkil qilishda huquq va axloq uyg’unligi 
 
Inson — falsafaning bosh mavzusi. Odam, inson va shaxs tushunchalari. Insonning 
yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni falsafiy muammolar tizimida muhim o‘rin tutadi. Turli 
falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo‘lishi tabiiy ham edi
chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy 
sharoitda o‘zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilaveradi. 
Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar 
narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat 
qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida 
mujassamlashgan. Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. Unga turli 
ko‘rinishlarda Sharqda ham, yunon-rim falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin.
Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib 


28 
yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan “O‘z-o‘zingni angla”, degan 
ibora ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach, 
hozir ham bu fikr o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson 
borlig‘ining mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat 
qilayotgan har bir odam uchun o‘z-o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat 
shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va 
falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai nazaridan echishga harakat qiladigan o‘ta 
murakkab, «boqiy» falsafiy masalalardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Xususan, qadimgi xitoy 
faylasufi Lao Szi fikriga ko‘ra, “boshqalarni biluvchi oqil, o‘zini biluvchi donishmanddir”. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling