Mustaxkamlik. Elektrokimyoviy teshilish. Elegaz. Suyuq va organik qattiq dielektriklarda teshilish
Download 25.93 Kb. Pdf ko'rish
|
5-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dielektrik yo‘qotish tangens burchagining o‘zgaruvchan kuchlanish chastotasiga bog‘liqlik grafigi Dielektriklarning teshilishi
5-MA’RUZA .Mavzu. Dielektriklarda teshilish turlari. Teshilish kuchlanishi. Elektr mustaxkamlik.Elektrokimyoviy teshilish. Elegaz. Suyuq va organik qattiq dielektriklarda teshilish. Reja: 1. Dielektriklardagi energiya yuqotishlar 2. Dielektrik yukotishning tangens burchagi 3. Dielektrik teshilish kursatkichlari 4. Xulosa Tayanch iboralar: Dipol, dialektrikdagi yukotishlar, tangens burchak, elektr mustaxkamlik Dielektriklardagi energiya yo‘qotishlar Biz ko‘rib chiqqan dielektriklardagi qutblanish va elektr o‘tkazuvchanlik jarayonlari harorat va berilgan kuchlanish chastotasiga bog‘liq bo‘lgan dielektrik yo‘qotishning tangens burchagi tgδ ni xususiyatlarini taxlil qilishga imkon beradi. Harorat ortishi bilan qutbsiz dielektriklarda dielektrik yo‘qotishning tangens burchagi tgδ o‘sadi (11-rasm, 1- egri chiziq). Bu holat, tok o‘tkazuvchanligining va o‘z navbatida dielektrikdagi quvvatning aktiv yo‘qotishi ortishi bilan izohlanadi. Dielektrik yo‘qotish tangens burchagining haroratga bog‘liqlik grafigi Qutbli dielektrikda tgδ ning o‘sishi T 2 va undan yuqori haroratlarda (2 – egri chiziq) tok o‘tkazuvanligining ortishi bilan tushuntiriladi. Qutbli va qutbsiz dielektriklarda tgδ ning o‘zgaruvchan kuchlanish chastotasiga bog‘liqlik grafigi 12 – rasmda aks ettirilgan. Dielektrik yo‘qotish tangens burchagining o‘zgaruvchan kuchlanish chastotasiga bog‘liqlik grafigi Dielektriklarning teshilishi Ayrim elektr kurilmalar qismlarida dielektriklar yuqori kuchlanish ostida ishlashi mumkin. Agarda elektr maydonining kuchlanishi Ye, ushbu dielektrik uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan qiymatidan ortsa, dielektriklar teshilishi mumkin. Natijada dielektrik o‘zining elektr izolyatsion xususiyatini yo‘qotadi. Teshilish dielektrik orqali tok o‘tganda qizish natijasida ham yuz berishi mumkin. Chunki qizish paytida dielektrikning elektr qarshiligi kamayadi, undan o‘tayotgan tok miqdori ortadi. Bu holat, dielektrikda paydo bo‘lgan issiqlikning oshishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon kichik kesim va yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan kanallarda kuchayadi. Barcha dielektriklar uncha yuqori bo‘lmagan o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligi bois, bu kanallarda harorat keskin ko‘tariladi. Kuchlanish ortishi bilan issiqlik miqdori shunchalik yuqori bo‘ladiki, natijada keskin oshgan issiqlik miqdori dielektrikning ishdan chiqishi (kuyishi, erishi va hokazolar) ga sabab bo‘ladi. Download 25.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling