Mustaxkamlik. Elektrokimyoviy teshilish. Elegaz. Suyuq va organik qattiq dielektriklarda teshilish


Download 146.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.12.2022
Hajmi146.38 Kb.
#1043309
  1   2   3
Bog'liq
5-маъруза



5-MA’RUZA 
.Mavzu. 
Dielektriklarda 
teshilish 
turlari. 
Teshilish 
kuchlanishi. 
Elektr 
mustaxkamlik.Elektrokimyoviy teshilish. Elegaz. Suyuq va organik qattiq dielektriklarda 
teshilish. 
Reja: 
1. 
Dielektriklardagi energiya yuqotishlar 
 
2. Dielektrik yukotishning tangens burchagi 
3. Dielektrik teshilish kursatkichlari 
4. Xulosa 
Tayanch iboralar: 
Dipol, dialektrikdagi yukotishlar, tangens burchak, elektr mustaxkamlik 
Dielektriklardagi energiya yo‘qotishlar 
 
 
Biz ko‘rib chiqqan dielektriklardagi qutblanish va elektr o‘tkazuvchanlik jarayonlari 
harorat va berilgan kuchlanish chastotasiga bog‘liq bo‘lgan dielektrik yo‘qotishning tangens 
burchagi tgδ ni xususiyatlarini taxlil qilishga imkon beradi. Harorat ortishi bilan qutbsiz 
dielektriklarda dielektrik yo‘qotishning tangens burchagi tgδ o‘sadi (11-rasm, 1- egri chiziq). 
Bu holat, tok o‘tkazuvchanligining va o‘z navbatida dielektrikdagi quvvatning aktiv yo‘qotishi 
ortishi bilan izohlanadi.
 
 Dielektrik yo‘qotish tangens burchagining haroratga bog‘liqlik grafigi 
Qutbli dielektrikda tgδ ning o‘sishi T
2
va undan yuqori haroratlarda (2 – egri chiziq)
tok o‘tkazuvanligining ortishi bilan tushuntiriladi.
Qutbli va qutbsiz dielektriklarda tgδ ning o‘zgaruvchan kuchlanish chastotasiga 
bog‘liqlik grafigi 12 – rasmda aks ettirilgan.


Dielektrik yo‘qotish tangens burchagining o‘zgaruvchan kuchlanish chastotasiga
bog‘liqlik grafigi 
Dielektriklarning teshilishi
Ayrim elektr kurilmalar qismlarida dielektriklar yuqori kuchlanish ostida ishlashi 
mumkin. Agarda elektr maydonining kuchlanishi Ye, ushbu dielektrik uchun mo‘ljallangan, 
ruxsat etilgan qiymatidan ortsa, dielektriklar teshilishi mumkin. Natijada dielektrik o‘zining 
elektr izolyatsion xususiyatini yo‘qotadi.
Teshilish dielektrik orqali tok o‘tganda qizish natijasida ham yuz berishi mumkin. 
Chunki qizish paytida dielektrikning elektr qarshiligi kamayadi, undan o‘tayotgan tok miqdori 
ortadi. Bu holat, dielektrikda paydo bo‘lgan issiqlikning oshishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon 
kichik kesim va yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan kanallarda kuchayadi. Barcha 
dielektriklar uncha yuqori bo‘lmagan o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligi bois, bu kanallarda 
harorat keskin ko‘tariladi. Kuchlanish ortishi bilan issiqlik miqdori shunchalik yuqori 
bo‘ladiki, natijada keskin oshgan issiqlik miqdori dielektrikning ishdan chiqishi (kuyishi, 
erishi va hokazolar) ga sabab bo‘ladi.

Download 146.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling