Mutahassislik fanlarining ishchi o‘quv rejasi va ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish
Download 25.09 Kb.
|
1 2
Bog'liq11-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oquv fani dasturi
- Ochiq ta’lim va uni tashkil etish tamoyillari Zamonaviy ochiq ta’lim.
- Ochiq ta’lim
11-bilet Mutahassislik fanlarining ishchi o‘quv rejasi va ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.O'quv rejasi - ta'limning muayyan yo'nahsh yoki mutaxassis-lik bo'yicha o'quv faoliyati turlari, o'quv fanlari va kurslari tarkibi, ularni o'rganishning izchilligi va soatlardagi hajmi belgilangan normativ hujjat. O'quv fani dasturi - ta'lim mazmuni, talabalar tomonidan o'zlashtirishning maqbul usullari, axborot manbalari ko'rsatilgan normativ hujjat. Dars o’qituvchining darsga tayyorlanishidan boshlanadi. O’qituvchining darsga tayyorlanishi uning O’quv yiliga tayyorlanishidan boshlanadi. O’qituvchi ryeja asosida ishchi dastur tuzadi. Darsliklar topadi, bu darsliklarni umumiy holda urganib chikadi. Har bir soat darsga astoydil tayyorgarlik ko’radi.Buning uchun darslik bilan birga o’quv qo’llanmalari va boshqa qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi.Har bir darsga tayyorgarlik ko’rishda mavzuning maqsadini byelgilaydi va bu maqsadni qay yo’sinda amalga oshirish yo’llarini mo’ljallagan holda dars konspyektini yozadi. Ochiq ta’lim va uni tashkil etish tamoyillari Zamonaviy ochiq ta’lim. Multimediya texnologiyalarini foydalanishning istiqbolli ta’lim sohalaridan biri ochiq ta’lim tizimi hisoblanadi. Zamonaviy ochiq ta’lim tizimi oʻqitishni tashkil etishning yangi shakllarini amaliyotga joriy etilishiga asoslangan boʻlib, ular qatorida ta’lim muassasalariga zamonaviy elektron kommunikatsiya vositalarini joriy etish tufayli paydo boʻlgan ta’lim jarayonining muhim shakllaridan boʻlgan masofali oʻqitishni alohida ajratish lozim. Ochiq ta’limning bir hil ma’nodagi bir necha ta’rifi mavjud. Xususan, ochiq ta’lim – bu dastlabki bilim darajasini tahlilisiz ixtiyoriy kishiga kirish mumkin boʻlgan, masofali oʻqitish texnologiyasi va uslubini foydalaniladigan hamda oʻqitishni oʻquvchiga qulay ritmda ta’minlaydigan ta’lim tizimidir. Ochiq ta’lim (OT) - ochiq tizimlarni yaratishda erishiladigan mobillik, interoparabellik, stabillik, samaradorlik va boshqa ijobiy sifatlarni ta’minlash maqsadida axborot almashinishning interfeyslari, formatlari va bayonnomalariga arxitektura va tuzulishli yechimlar bilan ochiq standartlar ta’minlanadigan tashkiliy, pedagogik va axborotli tizimdir. Ta’lim tizimiga ochiq tizimlar sifatini berish, uning xususiyatlariga oʻqitishni rejalashtirish, joyini, vaqtini va tempini tanlashda, «ta’lim butun umrga» tamoyilidan «butun umr boʻyicha ta’lim» tamoyiliga oʻtishda, oʻquvchining bilimga harakatidan teskari jarayoni-bilimni odamga yetkazilishiga oʻtishda katta erkinlik yoʻnalishida ulkan oʻzgarishlar olib keladi. Ochiq ta’lim - oʻqitish jarayoni amalga oshiriladigan va shaxs tomonidan ta’lim tsenziga erishish va tasdiqlash bajariladigan tizim. OT da ta’lim jarayoni asosini oʻzida oʻqitishning maxsus vositalari majmui boʻlgan va oʻqituvchi bilan telefon, faks, elektron va oddiy pochta, shuningdek, shaxsan uchrashish imkoniyatini kelishgan oʻziga qoʻlay joyda, shaxsiy jadval asosida oʻqishi mumkin boʻlgan oʻquvchining maqsadga yoʻnaltiriladigan, nazorat qilinadigan, jadal mustaqil ishi tashkil etadi. Ta’limning ochiq modeli axborot tsivilizatsiyasi, uning ajratib boʻlmaydigan qismi sifatida ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga bogʻliq boʻlmagan rivojlanish va tiklanishining tarixiy evolyutsion1) yoʻli natijsidir. XX asr boshlarida ta’limning an’anaviy shakli aholining ta’limda oʻsgan talabini qoniqtira olmadi. SHuning uchun, keyinchalik ochiq ta’lim nomini olgan yangi modeli tugʻila boshladi. Ta’limning bu modeli dunyoning, bilish jarayonining va inson ta’limining ochiqligidan boshlanadi. Ta’lim olishning an’anaviy: kunduzgi, sirtqi va eksternat shakllari ochiq ta’lim tizimida bir umumiy ta’lim fazosiga birlashadi. Download 25.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling