Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov
Download 1.03 Mb.
|
Mutal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutal Burhonov
Mutal BURHONOV
(1916-2002) O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasining muallifi, O'zbekiston xalq artisti, Hamza va Berdaq nomidagi Davlat mukofotlari sovrindori Mutal (Muta- vakkil) Burhonov hayoti va ijodiy faoliyati zamonaviy o'zbek professional san'atining rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. Mutal Burhonov 1916-yil 5-mayda Buxoro shahrida tug'ildi. Bolaligidan musiqaga qiziqdi va mehr qo'ydi. Bolalik davrida oldin eski diniy maktabda, so'ngra yangi maktablarda o"qidi. Tanbur chalishni avval amakisidan, so'ngra Ota G'iyos Abdug"anidan o'rgandi. 1928—1932- yillarda Samarqandda O'zbekiston musiqa va xoreografiya institutida ta'lim oldi. O'qishni bitirgach, 1932—1935- yillarda Toshkenida Hamza va Dushanbeda A. Loxutiy nomidagi drama teatrlarida sozanda va musiqa rahbari lavozimlarida ishladi, musiqa bastalashga intildi. 1935-yilda Moskva konservatoriyasi qoshida ochilgan «O"zbek opera studiyasi»da tahsil oldi. 1938-yilda Moskva konservatoriyasida professor S. N. Vasilenko sinfida o'qishni davom ettirdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan ko'ngil- lilar armiyasi safida Moskva shahri himoyasiga otlandi. 1942-yili qattiq betob bo'lib, Toshkentga qaytib davolandi, ijod bilan shug'ullandi. 1946-yildan o'qishini davom ettirib, 1949-yili Moskva konservatoriyasi kompozitorlik fakultetini muvaffaqiyatli tugalladi. U talabalik davridayoq ilk ijodini atoqli shoir A. Loxutiy she'rlariga bastalagan «Ey bulbul» romansi va «Buti nozaninam (Mening go'zalim) qo'shig'idan boshladi. Mutal Burhonov «Maftuningman», «Samolyotlar qo'nolmaydi», «Surayyo», «Boy ila xizmatchi», «Abu AM ibn Sino» kinofilmlariga qo'shiqlar yozdi. U birincliilardan bo'lib romans janrini respubhkamiz musiqiy hayotiga joriy etdi. Ulug' shoir Alisher Navoiy g'azallariga bastalagan «Tabassum qilmading» va Hofiz g'azaliga yakkaxon va simfonik orkestr uchun «Namedonam chi nom dorad» (Ismingni bilmayman) romans-poemasi alohida o'rin tutadi. Yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun «Gullagay O'zbekiston kantatasi, «Bahor qo'shiqlari» vokal-simfonik poemasi. «Oq oltin» vals-qo'shiq poemasini yaratdi. Alisher Navoiyning 525 yilik yubileyiga bag'ishlab Abdulla Oripov bilan hamkorlikda «Alisher Navoiyga qasida» vokal-simfonik poemasini yaratdi. M. Burhonov birinchilardan bo'lib, o'zbek, tojik, uyg'ur, afg'on va eron xalq qo'shiqlarini: «Go'zal qizga», «Sari kuxi baland», «Gulli gandum», «Bibigul» asarlarini xor uchun moslashtirdi. «Alisher Navoiy», «Hikmat», «Oygul va Baxtiyor» spektakllari uchun musiqalar yaratdi. Bolalar xori uchun «Vatan bizga mehribon», «Buxoroyi Sharif», «Ochil pahtajon», «Ey ulug' ustoz» kabi qo'shiqlarga kuy bastaladi. Yakkaxon xor va simfoniya orkestr uchun besh qismli «Abadiy xotira» nomli «Rekviyem» yaratgan. Bu asar qatag'on yillarda qurbon bo"lgan o'zbek xalqining ulug' farzandlari xotirasiga bag'ishlangan. Kompozitor Mutal Burhonov O'zbekiston musiqa madaniyati rivojlanishida buyuk xizmatlari uchun O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, O'zbekiston xalq artisti faxriy unvonlariga sazavor bo'ldi. «Mehnat shuhrati» medali, O'zbekiston, Tojikiston va Beloruss hukumatlari faxriy yorliqlari bilan mukofotlandi. Respublika Kinochilar uyida Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, Vatanimiz madhiyasi muallifi, kompozitor Mutal Burhonov tavalludining 100-yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling