Mutaxasisligi


Fosfatli xomashyolarni boyitish


Download 62.78 Kb.
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi62.78 Kb.
#204916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Masobirova D (ITI)

8.

Fosfatli xomashyolarni boyitish: Fosfatli rudalardan tarkibida fosfor tutgan minerallarni va qo‘shimcha jinslarni maksimal darajada ajratish uchun ular ham birlamchi qayta ishlanadi (masalanelanadi va yuviladi), ham asosiy flotatsiyalashda ikkilamchi boyitiladi. Donador toshsimon rudalarda turli miqdordagi fosfatli moddalar tutgan turlicha qattaliqlikdagi donachalar tuproq, qum kabi qo‘shimcha jinslar bilan aralashgan holda bo‘ladi. Tuproq va qum singari qo‘shimcha mayda jinslar elash yoki yuvish orqali ajratiladi. Bunda oz miqdordagi fosfatli moddalar tutgan 0,5 mm dan mayda zarrachalar ajratiladi. Qolgan material tarkibida 22 - 25% gacha P2O5 bo‘ladi. Ko‘p hollarda qoldiq sinflar bo‘yicha ajratiladi va fosfat miqdori eng ko‘p bo‘lgan mahsulotning u yoki bu (masalan, +10 yoki –25 mm li sinfdagi) fraksiyasi olinadi. Bu rudaning donadorlik tarkibi yoki ulardagi P2O5 va qo‘shimchalar miqdori bo‘yicha farqlanadigan bir nechta fraksiyalari (konsentratlar) ga bog‘liqdir. Xuddi shunday tarzda chig‘anoqli fosforit rudalari birlamchi boyitiladi. Masalan, tarkibida hammasi bo‘lib 5 - 10% P2O5 bo‘lgan past navli Maardu rudasini ezish va maydalash asosiy minerallarning amaliy klassifikatsiyasi, tarkibida 26 - 27% P2O5, bo‘lgan –0,5 + 0,25 mm li va tarkibida 25 - 25,5% P2O5, bo‘lgan –0,074 mm li fraksiyalarda fosfatlarning to‘planishi bilan sodir bo‘ladi. Apatit-nefelinli ruda va qatlamli fosforit (masalan, Qoratog‘) rudasi ham turli darajadagi yiriklikdagi zarrachalarda fosfat minerallarining har xil tarkibda bo‘lishi bilan tavsiflanadi. AQSHda tarkibida 15% P2O5 tutgan Florida fosforit rudalari ho‘l elash va gidroseparatsiyalash orqali uchta sinfga ajratiladi. Tarkibida 30 - 40% P2O5 tutgan 1,4 mm o‘lchamli zarrachalardan iborat yirik fraksiya va tarkibida 34 - 35% P2O5 tutgan 0,25 - 1,3 mm zarrachali o‘rta fraksiya mahsulot sifatida olinadi. Qo‘shimchalarning asosiy massasi to‘plangan 0,25 mm

9

dan kichik bo‘lgan mayda fraksiya flotatsiyali boyitiladi va tarkibida 34-35% P2O5 tutgan konsentrat olinadi. Bunda rudadagi 65 - 70% gina P2O5 mahsulotga ajratib olinadi, qolgan fosfatlarning uchdan bir qismi quyqum va chiqindilar shaklida yo‘qotiladi. Respublikamizda Qizilqum fosforit konsentratlari va Qozog‘iston Respublikasidan olinadigan Qoratog‘ fosforit konsentratlari ishlatiladi. MDH mamlakatlarida Xibin apatit konsentratlari; Qoratog‘, Yegorev va Kingisepp flotatsiyali fosforit konsentratlari; Vyatsk, Yegorev, Aktyubinsk, Maardu, Kursk va Bryansklar yuvilgan fosforitlari hamda birlamchi fosforit konsentratlari va boshqalar ishlatiladi




Download 62.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling