Mutaxasisligi


O‘zbekiston fosforitlarining tavsifi


Download 62.78 Kb.
bet8/11
Sana05.01.2022
Hajmi62.78 Kb.
#204916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Masobirova D (ITI)

10

O‘zbekiston fosforitlarining tavsifi

Markaziy Qizilqum fosforitlari hozirgi kunda respublikadagi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. Donador fosforitning aniqlangan umumiy zaxirasi 10 mlrd tonnani tashkil qilib, uning faqatgina 10% ni ochiq usulda qazib olish mumkin. Qizilqum havzasidagi Jer (Djeroy), Sardor (Sardara), Toshqo‘ra (Toshkura), Qoraqat (Karatau), Jetimtog‘ (Djetimtau) konlari deyarli to‘liq o‘rganilgan. Yirik konlardan hisoblangan Jer-Sardor fosforit zaxirasi 240 mln tonna (47 mln tonna P2O5) ga teng. Ushbu konning 100 metrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi P2O5 miqdori 100 mln tonnadan ko‘proq ekanligi aniqlangan. Gorizontlarda joylashgan bir necha fosfatli qatlamlar ichida umumiy qalinligi 1,0-1,3 metr bo‘lgan ustki ikkitasi sanoatda katta ahamiyatiga egadir. Ularni o‘zaro 8-12 metrli kuchsiz fosfatlashgan mergelli qatlamlari ajratib turadi. Qatlamlardagi fosforit tarkibidagi fosfat angidrid miqdori birinchi qatlamda 16-19% ni, ikkinchi qatlamda esa 21-23% ni tashkil qiladi.



Download 62.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling