Mutaxasisligi


Download 62.78 Kb.
bet3/11
Sana05.01.2022
Hajmi62.78 Kb.
#204916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Masobirova D (ITI)

Mavzuning dolzarbligi; Hozirgi kunda dunyo axolisining yildan yilga yuqori suratlarda o’sishi va ekinga yaroqli yerlar, chuchuk suv paxoralari, energiya manbalari kabi resurslarning keskin qishqarishi sharoitida qishloq xo’jalik maxsuloti muommosi ortib bormoqda. Qishloq xo’jalik maxsulotlarini yetishtirishni takomillashtirish uchun, Bugungi kunda jahon miqyosida past navli fosforitlarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Tadqiqot ob’ekti: Farg’ona Politexnika Instituti.

Tadqiqot predmeti: Markaziy Qizilqum fosforit unini sulfat kislotalar bilan parchalanish jarayonlari, Tovar xossalari yangi shaklidagi yuqori konsentrasiyali fosforli o’g’itlar assortimentini ko’paytirish.

Respublikamizda bir necha mineral o‘g‘itlar sanoat korxonalari bo‘lib, ularda azotli fosforli va kaliyli oddiy o‘g‘itlar va azot-fosforli, azot-kaliyli va azot-fosfor kaliyli murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy mahsuloti paxta va dondir va bunda yiliga paxtadan 3 mln.tonna va bug‘doydan 5 mln.tonna hosil olinmoqda. Ma‘lumki, har bir tonna paxta hosili olish uchun yiliga tuproqdan 45 kg azot, 15 kg P2O5 va 45 kg K2O, har bir tonna bug‘doy uchun esa 35 kg azot, 10 kg P2O5, 24 kg K2O o‘zlashtiriladi. Bu esa qishloq xo‘jalik mahsulotlari (paxta va don) yetishtirishda, ekin maydonlaridan yiliga 310 ming tonna azot (N2 hisobida), 115 ming tonna fosfor (P2O5 hisobida) va 255 ming tonna kaliy (K2O hisobida) ozuqa elementlarini o‘zlashtiradi. Bundan tashqari, boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham tuproqdan o‘zi bilan katta miqdordagi ozuqa elementlarini olib chiqadi. Fosfor, azot va kaliy o‘simlik uchun eng zarur ozuqa moddalardir. O‘simlik bu elementlarni tuproqdan oladi. Tuproqda bu moddalarning miqdori yildan-yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi va bu ekinning hosildorligiga salbiy ta‘sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun yerni yetarli darajada o‘g‘itlanishi kerak.

4


Download 62.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling