Mutaxasislikka kirish fanidan oraliq nazorat savollari Kredit modul tizimi o’zi nima?


Kredit modul tizimiga o’tishdan oldin O’zbekistonda oliy ta’lim olish qay darajada edi?


Download 45.56 Kb.
bet2/6
Sana20.01.2023
Hajmi45.56 Kb.
#1103537
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mutaxasislikka kirish fanidan oraliq nazorat savollari

22.Kredit modul tizimiga o’tishdan oldin O’zbekistonda oliy ta’lim olish qay darajada edi?
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar o‘quv rejalari esa mehnat bozori talabi bilan bog‘lanmagan fanlar bilan to‘ldirilar, asosan, professor-o‘qituvchini ish bilan ta’minlash, unga auditoriya soatini chiqarib berish prinsipi nuqtayi nazaridan, shuningdek, kafedra mudirlarining o‘zaro kelishgan holda fanlarni taqsimlash asosida shakllantirilar edi.
• Talabaga fanlarni hamda professor-o‘qituvchilarni tanlash u yoqda tursin, zerikarli bo‘lgan mashg‘ulotlardan voz kechib, kutubxonada o‘qib-o‘rganishiga ham imkon berilmas edi. Talabaning dars mashg‘ulotlarini qoldirishiga jiddiy talafot sifatida qaralib, bir semestrda 30 soatdan oshsa ogohlantirish, 74 soatdan oshsa, talabalik safidan chiqarishgacha borilardi. Talabaga ushbu fan va o‘qituvchi yoqadimi-yoqmaydimi, berilayotgan bilimlar almisoqdan qolib ketganmi-ketmaganmi,auditoriyada o‘tirishi shart edi!
• Xullas, an’anaviy tizimda talaba kelajakda qanday bilimlarni egallashi, qanaqangi professoro‘qituvchilar dars ¬berishi, yo‘nalish profili, fanlarning qisqacha mazmuni bo‘yicha hech qanday materiallar taqdim etilmasdi.
23. O‘quv rejasida aks etgan fanlarning qisqacha sillabusi qanday qismlardan iborat?
O‘quv rejasida aks etgan fanlarning qisqacha sillabusi (fanning identifikatsiyasi, professor-o‘qituvchi haqida ma’lumot, dars tavsifi,fanning maqsadi, o‘rganish natijalari, o‘qitish metodikasi, fanning rejalari, adabiyotlar, baholash metodikasi)
24. Universitetda bakalavriyat bosqichida bir semestrda o‘qish a va attestatsiya uchun qncha vaqt ajratiladi,4 yil uchun ham sharhlang?
Universitetda bakalavriyat bosqichida bir semestrda o‘qish 15 hafta va attestatsiya uchun 6 (bir semestrda 3 hafta imtihonlar uchun ajratilgan) hafta ajratilmoqda. Shunda 4 yilda o‘qish haftalari soni 144 tani, attestatsiyalar 24 haftani hamda umumiy ta’tillar bilan hisoblaganda jami 204 haftani tashkil etmoqda.
25. ECTS talabidan kelib chiqib, talabaga har yili 60 kreditdan 4 yil ichida jami 240 kreditni to‘playdi.Bu ma’lumotga asosan auditoriya va mustaqil ta’lim mashg’ulotlarini soatlarda ifoda qiling?
Shunda talaba 4 yil davomida ma’ruza, amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlari va imtihon jarayonlarida ishtirok etishiga 2880 soat, mustaqil ta’limga 4320
soat, jami 7200 soat vaqt sarflashi lozim bo‘ladi.

Download 45.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling