Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua
Download 362.96 Kb.
|
Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodni amalga oshirish tartibi
- Tanishuv” treningi Metodning maqsadi
- Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Metodning maqsadi. Bu metod grafik tasvir orqali o‘qitishni tashkil etish shakli bo‘lib, u ikkita o‘zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavvurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko‘rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.
Metodni amalga oshirish tartibi: ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko‘rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o‘ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi; navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o‘z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar; juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko‘rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqini) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar. “Tanishuv” treningi Metodning maqsadi: mazkur metod ta’lim oluvchilarning bir biri bilan yaqindan tanishtirish, nazorat qilish, tekshirishga yo‘naltirilgan. Mazkur trening orqali ta’lim oluvchilarning munosabati, jamoada ishlashi, mahorati, aql-idroki,bilimi bo‘yicha tashxis qilinadi. Metodni amalga oshirish tartibi: “Tanishuv” treningi darsning boshida yangi guruh tashkil etilganda o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek, pedagogning ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha topshiriqlar yoki savollarni kiritish mumkin. Namuna: 1.Siz kim va nima uchun bu yerga to‘plandingiz? 2. Sizning maqsadingiz! 3. Kim bilan hamkorlik qilasiz? 4.Kimga g‘amxo‘rlik qilasiz? 5.Sizning kuchsiz tomonlaringiz! 6.Sizning kuchli tomonlaringiz! 7.Pedagogik texnologiya haqidagi tushunchangiz? 8.Innovatsiyaga ta’rif bering? 9. Fan xakidagi fikringiz! “Kichik guruhlarda ishlash” metodi Ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan. Download 362.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling