Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua
Download 362.96 Kb.
|
Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim sohasi: Ta’lim sohasi
- UNIVERSITY OF ECONOMICS AND PEDAGOGY
- Boshlang’ch ta’lim yo‘nalishi uchun O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
- ISHCHI DASTUR Kirish
- Modulning maqsadi va vazifalari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI UNIVERSITY OF ECONOMICS AND PEDAGOGY MUTAXASISLIKKA KIRISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV– USLUBIY MAJMUA
Andijon – 2022 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI UNIVERSITY OF ECONOMICS AND PEDAGOGY
MUTAXASISLIKKA KIRISH fanidan Boshlang’ch ta’lim yo‘nalishi uchun O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Andijon– 2022 Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Boshlang’ich ta’limda mutaxassislikka kirish fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, unda mazkur fanning o‘quv dasturi, ishchi dasturi, ma’ruza mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyasi jamlangan. Mazkur o‘quv-uslubiy majmua oliy o‘quv yurtlarining bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Tuzuvchilar:
O’quv-uslubiy majmua Iqtisod va pedagogika universitetining o’quv-uslubiy kengashining 2022 yil “_____-” dagi sonly yig’ilishida tasdiqlangan MUNDARIJA I. IShChI DASTUR....................................................................5 II. MODULNI O‘QITIShDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI......................................11 IIINAZARIY MAShG‘ULOT MATERIALLARI....................12 IV. KEYSLAR BANKI...........................................................45 V. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI..............................47 VI. GLOSSARIY....................................................................49 VII. ADABIYoTLAR RO‘YXATI...................................................55 ISHCHI DASTUR Kirish Boshlang’ich ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 10 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida boshlangich tflim tarbiyasi juda - muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bu tizimga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig‘ilish o‘tkazildi, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda. Mazkur dasturda boshlangich ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari. Ta’lim sohasidagi islohotlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Modulning maqsadi va vazifalari Modulning maqsadi: “Boshlangich ta’limning mutaxassislikka kirish” fani talabalarga Boshlangich ta’limning nazariyasi va amaliyoti, o‘ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlari, tarbiyachining kasbiy faoliyati va unga qo‘yiladigan talablar; yosh fuqaroni tarbiyalash ishining murakkabligi, Boshlangich ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi va rivojlanishi, Boshlangich ta’limning mutaxassislikka kirish fanida ilmiy-tadqiqot metodlari Boshlangich sinf yoshdagi bolalarni aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalashda yangi pedagogiktexnologiyalar, bolalarni yukori sinf ta’limiga tayyorlash, Boshlangich ta’limning paydo bo‘lish tarixi, O‘zbekiston Res’ublikasida Boshlangich ta’lim sistemasi, unga rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari haqida bilim, tegishli ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdan iboratdir. Download 362.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling