Mutaxasislikka kirish


Download 28.21 Kb.
bet1/3
Sana03.06.2024
Hajmi28.21 Kb.
#1840477
  1   2   3
Bog'liq
8-MI


FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI


QAYTA TAYYORLOV KURSI TINGLOVCHISI
JUMANIYOZOV BOBUR FARXODOVICH
MUTAXASISLIKKA KIRISH” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Tekshiruvchi: Shakirov M.


TOSHKENT 2023


Mavzu: Farmatsevtik tovarlarning saqlanishiga qo‘yiladigan talablar.


Dorixona xonalarining tarkibi, jixozlanishi Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun dorixona bino va maxsus jixozlar bilan ta’minlanishi lozim. Dorixona xonalarining tarkibi, maydoni va jixozlanishi, unda amalga oshiriladigan ish hajmiga 183 muvofiq me’yorlanadi. Ushbu me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya qoidalari va ularning gigiyenik me’yorlari va jixozlariga qo‘yiladigan talablar” (SanPin R.Uz № 0337-16)da keltirilgan. Undagi ko‘rsatilgan umumiy nizomga asosan, har qanday dorixona sanitariya tartib qoidalari asosida tashkil etiladi va undagi xonalar va jihozlarga hamda ularni joylashtirishga ma’lum talablar qo‘yiladi. Tayyor dori vositalar bilan savdo qiladigan dorixonalar ko‘p qavatli binolarni birinchi qavatida yoki alohida binolarda tashkillashtirishga ruxsat etiladi. Ko‘p qavatli binolarda, dorixonaning alohida kirish yo‘li, binoning orqa tomonida bo‘lib, undan har xil tovarlar qabul qilish yoki bo‘sh idishlarni chiqarish va ayrim kishilarni qabul qilish uchun xizmat qiladi. Xonalarning pol, devorlari dezinfeksiyalovchi vositalar bilan xo‘l laxtakda artib tozalanishi, oynalarni esa, yoz kunlari alohida quyoshdan saqlovchi parda yoki pardaning o‘rnini bosuvchi quyoshdan ximoyalovchi vositalar bilan jihozlanishi, oynalardagi darchalar unga tutilgan mayda to‘qilgan to‘r tutish bilan birga ochilib yopiladigan bo‘lishi kerak. Dorixonada isitish tizimi mavjud bo‘lib, ko‘p qavatli binolarda joylashgan holatlarda markazlashtirilgan isitish sistemasiga ulangan bo‘lishi kerak. Isituvchi radiatorlarning ustki qismi silliq va tez artib tozalanadigan bo‘lishi kerak. Sanitar tartib qoidalari umumiy tipdagi dorixonalar va shifoxona dorixonalari uchun ishlab chiqilgan va unda dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga, dorixonadagi ishlab chiqaruvchi asbobanjomlar va dorixona uskunalariga qo‘yiladigan talablar ham ko‘rsatilgan. Bu me’yor va talablarga Respublika xududida joylashgan hamma dorixonalar ularni mulkchilik shakli va kimga tegishliligidan qat’iy nazar bu talablarga rioya qilishlari shart. 184 Umumiy va shifoxona dorixonalarining xonalari va ularning hajmi bo‘yicha me’yorlari va jihozlanishi sanitariya tartib qoidalari bo‘yicha beriladi. Shaharda joylashgan dorixonalar markazlashgan qo‘riqlash tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga binoan uzluksiz nazoratga topshiriladi. Dorixonada nogironlar uchun xavfsiz harakatlanish joylari yaratilishi zarur. Qishloq joylarda dorixonalarni davolash-profilaktika muassasalari bilan bir xududda joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir, ammo bunda kirish joylari alohida bo‘lishi shart. Dorixona hududdida boshqa bo‘limlarni joylashtirish man etiladi. Dorixona tashkilotining kirish qismida uning turi, ish vaqti, shuningdek, yaqin orada joylashgan dorixonalar va navbatchi dorixona manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Dorixonaning hududini tanlashda quyidagilar inobatga olinishi zarur: -aholi zichligi va asosiy xarakat oqimi; -xududiy dorixona tashkilotlari bilan ta’minlanganlik darajasi; -tibbiyot va savdo muassasalarining mavjudligi; -transport bekatlari va piyodalar harakati va boshqalar. Dorixona xonalari va ularga qo‘yiladigan talab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya qoidalari va ularning gigiyenik me’yorlari va jixozlariga qo‘yiladigan talablar” (SanPin R.Uz № 0337-16)da keltirilgan. Odatda dorixonada quyidagi xonalar bo‘lishi talab etiladi: • aholiga xizmat ko‘rsatiladigan zal; • ishlab chiqarish xonalari (assistentlar xonasi, qadoqlash, farmatsevtanalitik, konsentrat va yarim fabrikat muhsulotlarini tayyorlash, distillyatsiya (suv haydash) xonalari va aseptik blok); 185 • administrator va xo‘jalik-xizmat xonalari (mudir xonasi, xodimlar xonasi, garderob, xojatxona). Aholiga xizmat ko‘rsatish zali chakana savdoni amalga oshiradigan joy bo‘lib, uni 2 xil turda jixozlash mumkin: -ochiq turdagi savdo zali; -yopiq turdagi savdo zali. Ochiq turdagi savdo zalida aholini o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishi nazarda tutildi (--rasm) Yopiq turdagi savdo zali, bu-an’anaviy savdo zali bo‘lib, peshtaxtalar bilan jixozlanadi. Savdo zalining ko‘rinarli joyida quyidagi axborotlar joylashtirilishi zarur: dorixonada farmatsevtika faoliyatini olib borish huquqi berilgan litsenziya nusxasi, iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun va qonun osti hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar, dori vositalarini saqlash muddatlari, dorixonada bo‘lishi shart bo‘lgan dori vositalar ro‘yxati, narxi chegaralangan dori vositalar va boshqa meyo’riy hujjatlar, dorixona rahbariyati tomonidan aholini qabul qilish vaqti, navbatsiz xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar, navbatchi administrator, dorixonaning ishlash tartibi, hududda joylashgan eng yaqin va navbatchi dorixonalar kabi ma’lumotlar. Shuningdek, savdo zalida “Shikoyatlar va takliflar” daftari bo‘limi kerak. Ishlab-chiqarish xonalar tarkibida albatta, ta’minotchilardan kelgan dori vositalarni qabul qilish va rasmiylashtirish xonasi bo‘lishi kerak. Dori vositalar va boshqa tibbiyot maxsulotlarini saqlash xonalari, tegishli shkaf, javon va shu kabi termolyabil dori vositalarini saqlash, giyoxvand va psixotrop hamda prekursor moddalarni, tez alangalanuvchan, rangli, uchuvchan xossalarini inobatga olgan holda zarur anjomlar bilan jixozlanishi zurur. 186 Hodimlar xonasi-xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish xonalari tarkibiga kirib, xodimlarni dam olishi va ovqatlanishi uchun zarur bo‘lgan jixozlar bilan ta’minlanishi zarur. Garderob-xodimlarni ustki kiymini va ish kiyimlarini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sanitariya tartibiga binoan jixozlanadi. Xonalarni tozalash va dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan vositalar alohida xonalarda saqlanadi.

Download 28.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling