Mutaxasislikka kirish


Tibbiyot tovarlarni saqlanishiga qo‟yiladigan talablar


Download 28.21 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2024
Hajmi28.21 Kb.
#1840477
1   2   3
Bog'liq
8-MI

Tibbiyot tovarlarni saqlanishiga qo‟yiladigan talablar 
Saqlash – tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan to iste'molchigacha yoki 
foydalanishgacha tovar harakatining texnologik bosqichidir, maqsadi – dastlabki xossalarining barqarorligini ta'minlash yoki ularning minimal yo‘qotishlar bilan o‘zgartirishdan iborat. Saqlash vaqtida tibbiy tovarlarning eng muhim iste'mol xossalaridan biri namoyon bo‘ladi – mahsulotni tayyorlovchidan iste'molchigacha etkazish imkoniyati bo‘lgan saqlanishlikdir. 
Tovarlarni samarali saqlashning pirovard natijasi – ularni oldindan 
shartlangan muddat davomida yo‘qotmasdan yoki minimal yo‘qotishlar bilan saqlashdir. Standart mahsulotning chiqishi, yo‘qotish hajmi va saqlash muddatlari saqlanishning ko‘rsatkichlari sifatida xizmat qiladi. 
Standart mahsulot chiqimi va yo‘qotilishi teskari proportsional bog‘liqdir. 
Yo‘qotish qanchalik ko‘p bo‘lsa, standart mahsulot chiqimi shunchalik kam bo‘ladi. Saqlanishning ikkala ko‘rsatkichi saqlanish sharoitlari va muddatlariga bog‘liqdir. 
Saqlash shartlari – saqlash joylarida tovarlarni saqlash va joylashtirish tartibi 
bilan shartlangan atrof-muhitning tashqi ta'sirlari yig‘indisidir. 
DPM larida dori vositalar va tibbiy buyumlarni saqlash shunday mo‘ljal 
bilan tashkil etilishi lozimki, ularni farmakologik guruhlar, dori vositalarga begona shaxslarning yaqinlashuvini mustasno qilish uchun tibbiyot xodimlari ishida qulaylik bo‘lishi uchun dori shakllarning turlari bo‘yicha ularni saqlash tamoyiliga rioya qilish zarur. 
Vositalar va tibbiy buyumlarni saqlash uchun javobgarlik dorixona bo‘lim 
mudiriga Yuklanadi. DPM bo‘limlarida dori preparatlar va tibbiy buyumlarni saqlash va sarflashning bevosita mutasaddisi oliy ma'lumotli tibbiyot hamshirasi hisoblanadi. 
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini saqlashni tashkil etishning asosiy 
qoidalari O‘zbekiston Respublikasi SSV ning 520sonli buyrug‘qida belgilab
qo‘yilgan. Saqlashni tashkil etishda sifatini va tovar ko‘rinishini saqlanishini ta'minlaydigan oqilona sharoitlarini tanlash uchun ularning farmakoterapevtik ta'siri hususiyatlarini hisobga olish juda muhimdir. Dori vosita va tibbiy buyumlarni to‘g‘ri saqlanishi, saqlashning oqilona tashkil etilishi, dori, rezina buyumlar va h.k. yaroqlilik muddatlarini muntazam va o‘z vaqtida qat'iy nazorat qilib borishga asoslangan. Ayni paytda mo‘tadil haroratni va havo namligini ushlab turish, zarur havo almashinuvi, yorug‘likdan himoyalash va boshqalar g‘oyatda muhim ahamiyatga egadir. 
Ma'lumki, masalan, kristallik suvi mavjud moddalarni quruq xonada saqlash 
uning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday moddalardan tayyorlangan dori vositalar, ushbu moddaning kuchli kontsentratsiyasiga ega bo‘ladi, shuning uchun dorilarni saqlashga alohida e'tibor beriladi. Saqlash sharoiti nafaqat buzilishga, balki bemorlarni davolashda ziyon etkazgan hollar Yuz berganligi ma'lum. Qator omillar, masalan, nomutanosib harorat, muzlash va erish, ortiqcha namlik va boshqa omillar dori vositalarga salbiy ta'sir qiladi. Noto‘g‘ri saqlash 
oqibatida ayrim dorilar alanga olishi yoki portlashi, boshqalari gaz ajratishi mumkin. Hatto to‘g‘ri, lekin haddan tashqari uzoq saqlanganda ham ularning aksariyat qismi o‘zgaradi, farmakologik tarkibiga (antibiotiklar, organik preparatlar) salbiy ta'sir qiladi. Shu munosabat bilan bunday dori vositalarni saqlash bo‘yicha belgilangan muddatlariga amal qilish zarur. Ma'lumki, davolash maqsadida ko‘plab kuchli ta'sirli va zaharli moddalar qo‘llanadi. Ularni saqlashda va muomala qilishda ozgina e'tiborsizlik xodimlarning zaharlanishiga olib kelishi mumkin. 
Dorivor o‘simlik xom-ashyosi, rezina buyumlar, bog‘lash va choklash 
ashyolari, tibbiy asbob va apparatlarni ham saqlash shartlari belgilangan. 
Bo‘lim (xona) larda dori vositalarni to‘g‘ri saqlash ularning farmakologik 
xossalariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Shuning uchun ularni ―tomir ichiga, ―ichki, ―ko‘z tomchilari, ―tashqi, ―dezinfektsiyalovchi va boshqalarga bo‘lib saqlash majburiy hisoblanadi. Bundan tashqari, dori-darmonlar saqlanadigan tibbiyot javonining har bir bo‘linmasida agregat holat (kukunlar, hapdorilar, miksturalar, in'ektsion eritmalar va h.k.) bo‘yicha ajratish lozim. B guruhidagi dori vositalar ish tugaganidan keyin qulflanadigan javonlarda boshqa dori vositalardan alohida saqlanadi. 
DPM-lar operatsiya, bog‘lash, muolaja va boshqa bo‘limlarida dori 
vositalarning saqlanishi tibbiy shisha javonlarda va jarrohlik kursilar ustida amalga oshiriladi. Har bir flakon, banka yoki shtanglasda tegishli yozuvlar bo‘lishi kerak (―Spirtdagi asboblar‖, ―5 % li yodning spirt eritmasi‖ va h.k.) 
Bemorlarni parvarish qilish buyumlari, bog‘lash vositalari, jarrohlik ignalari 
va h.k.larni saqlash tegishli javonlarda, anjomlarning turlari bo‘yicha alohida, saqlanishi lozim. Saqlash vaqtida dori vositalarning yaroqlilik muddatiga e'tibor berish zarur. Muddati o‘tgan dorilar olib qo‘yiladi. Damlamalar, qaynatmalar, shilimshiqlar, emulsiyalar, miksturalar, shuningdek vaktsina va zardoblar faqat muzlatgichda yoki yorliqda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq saqlanadi. 
Dori vositalarining buzilish alomatlari (rangi, hidining o‘zgarishi, cho‘kindi 
yoki popuklar paydo bo‘lishi va h.k.) hosil bo‘lganda, shuningdek saqlash muddati o‘tganda bunday dori vositalarni qo‘llash qat'iyan man etiladi. 



Download 28.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling