Mutaxasislikka kirish


Tovarlarni rusumlash (markirovkalash)


Download 28.21 Kb.
bet3/3
Sana03.06.2024
Hajmi28.21 Kb.
#1840477
1   2   3
Bog'liq
8-MI

Tovarlarni rusumlash (markirovkalash) 
Ishlab chiharilayotgan har bir tovar bevosita muayyan bezakka ega bo‘ladi- 
yopishtirilgan yoki bevosita qadoqqa bitilgan yorliqlar. Dori vositalar qo‘llanishi bo‘yicha yo‘riqnomalar va varaqalar, yorliqlar, banderollar grafik bezagi me'yoriy hujjatlar talablariga javob berishi lozim. Tarmoq standartlarida tayyorlangan tovarga talablar belgilangan, qadoqning geometrik shaklda va uning hajmlarida qadoqning har bir turiga nisbatan zarur ma'lumotlar, shuningdek qabul qilish qoidalari, tashish usullari, saqlash shartlari va h.k. ko‘rsatilgan. 
Yorliqda dori vositasini nomi, uning tarkibi, qadoq hajmi, kontsentratsiyasi,
miqdori va ta'sir ko‘rsatuvchi moddaning tarkibi tozaligiga va yaroqlilik muddati belgilanib, saqlash sharoitlari, qo‘llanish usullari va qabul qilish miqdorlari keltiriladi. Yorliqda turkum va ro‘yxatga olish guvohnomasi raqamlari, ogohlantiruvchi yozuvlar ko‘rsatiladi. Dori vositasining nimaga mo‘ljallanganligi mahalliy va lotin tillarida bayon etiladi. 
Iste'mol idishlar (banka,flakon, tuba va h.k.) ga rusumi bevosita idish sathiga 
yoki yorliqga belgilanishi lozim. 
Rusum mazmuni va yozuvlarni rasmiylashtirish me'yoriy hujjatlarda dori-
vositalarning aniq turlari, tibbiy buyumlar bo‘yicha belgilangan talablar darajasida bo‘lishi kerak. 
Qadoqni rusumlash va rasmiylashtirish qadoqlangan dori vositalar va tibbiy 
buyumlarning har bir turkumi bo‘yicha yagona bo‘lishi lozim. 
Har bir iste'mol idishga varaqa solinishi shart; guruhli idishlarga esa dori vositani ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma solinadi. Ishlab chiharuchi korxona har bir tibbiy mahsulotga seriyasini belgilanib 
chiharadi. 
Seriya- bir texnologik jarayon davomida mahsulotni olingan aniq soni. 
Seriya asosan chiqarilayotgan mahsulot sonini va vaqtini belgilaydi. Ishlab chiqaruvchi korxona seriyasi 5 -10ta (ko‘pincha 6-7 ) raqamlar bilan belgilanadi. 
Seriya so‘zi yozilmaydi, oxirgi to‘rta raqam mahsulotni chiqarilish oyi va yilini 
ko‘rsatadi, boshidagi raqamlar ishlab chiqarish raqami hisoblanadi. 
Download 28.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling