Mutaxassis fanlarini o’qitish metodikasi” fanini o’qitish texnologiyalari


Download 206.71 Kb.
bet1/18
Sana17.06.2023
Hajmi206.71 Kb.
#1524745
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
10957 маъруза


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


________________________________________________________________


MUTAXASSIS FANLARINI O’QITISh METODIKASI” FANINI
O’QITISh TEXNOLOGIYaLARI
________________________________________________________________


Bilim sohasi : 100 000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Mutaxassisligi: 5A110701-Ta’limda axborot texnologiyalari
M.Mamarajabov


Toshkent-2013
Uslubiy qo’llanmada “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” fanini o’qitish bo’yicha ta’lim texnologiyalari, ularni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. Uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, ta’limda, jumladan, mutaxassislik fanlarini o’qitishda pedagogik axborot texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.

“Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” fanidan ta’lim texnologiyasi dars mashg’ulotlarida yangi texnologiyalarni qo’llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Talabalarga bilim berishda yangi axborot va pedagogik texnologiyala rining ahamiyati to’g’risida so’z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor”1 degan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Uslubiy majmuada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalarni, o’quv mashg’ulotning rejasi, o’qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining texnologik kartasini, ya’ni professor-o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o’z ichiga oladi. Uslubiy majmua tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir mavzu bo’yicha ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o’zlashtirish samaradorligiga erishish uchun koomyuterda bajarib ko’rish va anglab yetishni nazarda tutadi.


Majmuaning konseptual asoslari qismida dastlab “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o’quv fanining tarkibiy tuzilishi, o’qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikasiyalar, axborotlar berilib, so’ngra loyihalashtirilgan, o’qitish texnologiyalari taqdim qilingan.
(1) ma’ruza mashg’ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual–ma’ruza, ma’ruza-munozara, hamkorlikdagi ma’ruza, sharhlovchi ma’ruza berilgan.
(2) amaliy mashg’ulotlarida bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yo’naltirilgan amaliy ishlar, ishbilarmonlik o’yinlariga asoslangan, aniq holatlarning yechimi bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni o’tish texnologiyalari mavjud va h.k.

MUTAXASSISLIK FANLARINI O’QITISh METODIKASI”



Download 206.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling